Tizim yunoncha “systeme” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “yaxlit”, “qismlardan iborat” degan ma’nolarni anglatadi.
Huquqshunos olim Saydullayevning fikricha, “Huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
normativ xususiyatga ega bo’lgan tarkibiy elementlar: a) huquq; b) huquq tizimi; d) huquqiy prinsiplar; e) huquqning manbalari;
harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar: a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo’llash jarayoni; d) huquqiy munosabatlar; e) huquqiy tartibga solish mexanizmi;
g’oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo’lgan elementlar: a) huquqiy ong, b) huquqiy madaniyat; d) huquqiy maíku ra; e) huquqiy siyosat; f) yuridik fan; g) qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi:
tashkiliy-tarkibiy elementlar: a) yuridik muassasalar, ya’ni huquqiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar”1
Huquq tizimi – bu huquqning botiniy tuzilishi, uning ichki arxitekturasi, tarkibi bo’lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligi va qismlari o'rtasidagi munosabat, aloqadorlik hamda nisbatni ifodalaydi. Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning ma'nosi shuki. mavjud ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning oʻzgarishi, yangilanishi huquq tizimida o'zining aynan aksini, ifodasini topadi. Shu jihatdan har bir davlat ning huquq tizimi mazkur jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning in'ikosi, ifodasi hisoblanadi.
Ma'lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o'rnatilgan va bajarilishu hokimiyat vositalari bilan ta'minlanadigan normalar majmuidan iborat. Ayni vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo'lmay, balki uning qismlari o'zaro muvofiqlik, bog'liqlik asosida birlashadi. Bu tizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bogʻliqlik, o'xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyliga va birligi ularda ifodalangan davlat irodasining yagonaligi, huquqiy normalar amal qilib turgan huquqiy zaminning, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan umumiy qoidalarning yaxlitligi, shuningdek vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgilanadi.
Tahlillar ko'rsatishicha, huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqit obyektiv ravishda shakllanadi;
ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya'ni tizim qanday ichki qurilmadan iboratligini ko'rsatadi;
uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi;
to'rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o'zaro farqlanishini ko'rsatadi;
beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o'ziga xosligi yuridik normalarning ham ma'lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo'ladi.
Huquqshunos olim Odilqoriyev “huquq tizimi” tushunchasiga quyidagicha taʼrif bergan:
“Huquq tizimi – huquqning obyektiv ravishda shakllangan ichki tuzilishi boʻlib, u harakatdagi, o’zaro bir-biri bilan bog’langan barcha yuridik normalar, institutlar va huquq tarmoqlarini o’z ichiga oladi, ichki uzviylik va ayni paytda, tartibga soladigan munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farqlar bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |