Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o’quvchilarni baholash.
O'qituvchi darsni tashkillashtirib oladi. O'tgan darsda uyga berilgan topshiriqning bajarilishi tekshiriladi. O'qituvchi topshiriqlarni to'g'ri bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi va o'tilgan mavzuga oid savollar beradi.
III. Yangi mavzuning bayoni: Bo`lim yuzasidan takrorlash
Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi:Hunarmandlar va Ixtirochilar
1-topshiriq:Shu bo’limdagi “Hunarni sev” va “Bordir kulol amakim” She’rlarini yoddan aytib, she’r mazmuniga ta’rif beradilar
Hunarmandlar guruhi:
Hunarni sev. Tolib Yo‘ldosh
1. Shoir yoshlarni nimaga chaqiryapti?
2. She'rda hunarga qanday ta'rif berilgan?
3. Siz kim bo'lmoqchisiz
4.Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz?
5.”Hunarli inson xor bo`lmas” maqolini siz qanday tushunasiz?
Nima uchun bir yigitga qirq hunar ham oz deyishadi? O`z so`zingiz bilan izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |