Kurs ishining predmeti bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobini uslubiy asoslari, moliyaviy hisobni, jumladan, tovar-moddiy zaxiralar hisobini yaxshilash yo’llarini aniqlash, hamda milliy va xalqaro tajribalari asosida bozor iqtisodiyotiga moslashtirish hisoblanadi. ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, asarlari va ko’rsatmalari hisoblanadi.
I.Bob Hujjatlashtirish va invertarizatsiya
1.1 Hujjatlashtiri, uning moxiyati va axamiyati. Hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar. Хo’jalik muammolarini hujjatlashtirish. Hujjatlar aylanishi.
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlari o’zida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning bo’lishi juda qulaydir. Kolmbinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma’lumot bilan birga pulning to’lanishi zarur ekanligini ko’rsatuvchi farmoyish ham mavjuddir.Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma’lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi.Axborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish keng yo’lga qo’yilmoqda Bu, o’z navbatida, xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga ko’tarmoqda. Хo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yo’li bilan amalga oshirish istiqbolli yo’llardan biri hisoblanadi. Хo’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish va hisob registrlarida qayd etishda xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin.Yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilash uchun bir nechta usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilardir:
1. Тuzatish buxgalteriya yozuvlari;
2. Qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari;
3. Qizil storno usuli;
4. Korrektura usuli.
Yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish va to’g’ri moliyaviy hisobotlarni tuzish maqsadida BHMSlariga asosan schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldiqlarini ko’rib chiqib, tuzatish buxgalteriya yozuvlari tuziladi. Buning uchun esa «Ishchi jadval» tuziladi.Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan xo’jalik mablag’larining haqiqiy mavjud miqdori va summasi o’rtasidagi farq inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi.O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari 19-son BХMS asosida tartibga solinadi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini ro’yxatga olish va bu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiridir.Inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining bir elementi bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, xo’jalik yurituvchi sub’ektining boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy mavjud miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi. Inventarizatsiya qilish yordami bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanadi. Shunday qilib, inventarizatsiya qilishning asosiy vazifasi haqiqatda bor bo’lgan asosiy vositalar, mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini naturada aniqlash; haqiqatda bor bo’lgan moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish va shu yo’l bilan ularning butligi ustidan nazorat olib borish; o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan, eskirgan fason va modelli mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; sotish maqsadida me’yordan ortiqcha va ishlatilmayotgan mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini saqlash qoida va shartlari hamda mashina, asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini tekshirish; balansda ko’rsatilgan mol-moddiy qiymatlik, kassa, bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’i va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’larining summasi, yo’ldagi pul mablag’lari, debitor va kreditor qarzlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi hamda buxgalteriya balansining boshqa moddalari summalarining realligini tekshirishdir. Yillik hisobot tuzishdan avval xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobot bo’yicha me’yoriy hujjatlarga ko’ra asosiy vosita, tugallanmagan kapital qurilish va tuzatish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, hisob-kitob va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lmagan (saqlashga qabul qilingan, aredaga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan) moddiy qiymatliklar va ba’zi bir sabablarga ko’ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasi har yili kamida bir marta to’la inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya qilish yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladi. Bu bo’lsa balansda ko’rsatilgan xo’jalik mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarning realligini ta’minlaydi. Тo’la inventarizatsiya qilishni yanvarda o’tkazish yillik hisobot tuzishni bir qancha muddatga kechiktirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektiga tegishli mol-mulkning ayrim qismlarini inventarizatsiya qilish 1 yanvargacha tugatiladi. Shuni aytib o’tmoq kerakki, to’la inventarizatsiya qilish o’tkazilgan vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hamma moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, boshqa ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob-kitoblarning holati va balansining hamma moddalari inventarizatsiya qilinadi.
Buxgalteriya balansi va hisobotlari to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash uchun ba’zi bir xo’jalik mablag’lari bir yilda bir necha martda inventarizatsiya qilinadi. Хo’jalik mablag’larining ayrim turlarini inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning qismini ro’yxatga olish deb ataladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari har oyda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Biror ombor mudiri ishdan bo’shab, boshqa kishiga topshiradigan bo’lganda ham uning javobgarligida bo’lgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinadi. Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1 oktabrida inventarizatsiya qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o’tkazilishi shartdir. Moddiy zaxiralar yiliga eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar ikki yilda eng kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag’lari, pul hujjatlari,qiymatliklari va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, yoqilg’i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tegishli tarmoq me’yoriy hujjatlariga ko’ra inventarizatsiya kilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar va qiymatliklar qayta baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o’g’irlash yoki suiste’mol hamda qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda, tabiy ofatlar, yong’in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo’lish) balansini tuzish oldidan va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya o’tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari almashganda ham inventarizatsiya o’tkaziladi.Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi. Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib briladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart. Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdan ham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi. Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida ko’rsatilgan muddatlarda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda; o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin; asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi. Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi. Joylarda qiymatlik va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan ortiqchaliklarni o’zaro berkitish hamda tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, inventarizatsiya qilishni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, xatlashga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash va inventarizatsiya qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda qiymatliklarni inventarizatsiya qiluvchi ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyaning raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili bo’ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassis, muhandis, texnolog, mexanik, ishni amalga oshiruvchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni inventarizatsiya qilish, baholarni va boshlang’ich hujjatlarni yaxshi biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Bir moddiy javobgar shaxsni inventarizatsiya qilish uchun bir shaxsni birin-ketin ikki marta ishchi inventarizatsiya qilish kosissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas. Yil davomida inventarizatsiya qilishlar o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda muntazam ravishda tovar-moddiy qiymatliklarni ularni saqlanish joylarida tekshirish turish va saralab inventarizatsiya qilish kerak. Buning uchun xo’jalik brituvchi sub’ektlarda tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.Doimiy harakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalari, tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyalarining tarkibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyruhi bilan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya qilish boshlanishi oldidan ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining a’zolariga inventarizatsiya qilishni o’tkazish haqida chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i, komissiyalarning raislariga esa nazorat plombasi ham beriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’ida inventarizatsiya qilishni o’tkazish bo’yicha ishlarni boshlash va tamomlash muddatlari ko’rsatiladi. Agar inventarizatsiya qilish komissiyasi a’zolarining hammasi bo’lmasa qiymatliklarni inventarizatsiya qilish mumkin emas. Ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada inventarizatsiya qilish natijalari, ombor xo’jaligining holati va tovar-moddiy qiymatliklar butligining ta’minlanishini tekshirish natijalari qayd qilinadi.Rejali inventarizatsiya qilish o’tkazilganda moddiy qiymatliklar saqlanadigan omborlar inventarizatsiya qilishga tayyorlanadi. Ombordagi har bir moddiy qiymatlik alohida qilib qo’yiladi va ularning oldiga yorliqlar osiladi. Yorliqlarda moddiy qiymatliklarning nomi, nomenklatura raqami, boshqa rekvizit va ko’rsatkichlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Inventarizatsiya qilish asosan oyning birinchi kuniga to’g’rilanadi. Agarda biror sabablarga ko’ra inventarizatsiya qilish oyning o’rtalarida boshlab yuborilsa, u holda buxgalteriya hisobining shu oyning boshidagi ma’lumotlari olinadi va inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari hisobda aks ettirilib olinadi.Inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar hamma hujjatlar rasmiylashtirilgan va buxgalteriya hisobining daftarlariga o’tkazilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham moddiy javobgar shaxslar o’zlarining qo’llaridagi barcha boshlang’ich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya qilish komissiyasi moddiy javobgar shaxsdan “Hamma xujjatlarni buxgalteriyaga topshirdim va menda hech qanday isbotlovchi hujjat qolmadi ” degan tilxat oladi.Inventarizatsiya qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijasi inventarizatsiya qilish xatlashiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinayotgan bo’lsa, inventarizatsiya qilish tugashi bilan inventarizatsiya qilish xatlashi oxiriga komissiya a’zolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs “Ushbu inventarizatsiya qilish xatlashida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiyqiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya qilish komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q” deb imzo chekadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |