Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quydigilarga bo‘linadi:
−
doimiy rekvizitlar;
−
shartli doimiy rekvizitlar;
−
o‘zgaruvchan rekvizitlar.
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doyrasida uzoq vaqt davomida
uzgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlarning
matbaa usulida bosilgan
bo‘ladi. Ularga asosan kuydagilar kiradi:
−
korxonaning nomi va manzili;
−
hisob kitob schyoti;
−
xodimlarning tabel raqamlari va b.
O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik miqdor va
sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga quydagilarni kiritish
mumkin:
−
xo‘jalik muomalalasining sodir bo‘lgan vaqti;
−
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori;
−
xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga ishlov
berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar bilan belgilangan
(kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.
“Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risi”dagi
Qonunda shu narsa alohida
ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z
vaqtida tuzilganligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek
ularni buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi. Barcha
hujjatlar o‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki
muomala tugagach,
sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi hamda
barcha majburiy rikvizitlarga ega bo‘lishi kerak.
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning
mazmunini
tavsiflovchi sarlovha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga
muvofiqligini
tasdiqlovchi
shaxslarning
imzolari
keltiriladi.
Isbotlovchi
hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi
kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida
avtomatik tarzda qayd
etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha
majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki
kompyuterlar yordamida yozib berish ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan
yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini
osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi
kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar,
dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi.
Kirim va chiqim kassa
orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlardagi
ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga
imzo chekkan xodimlar (bo‘lim boshliqlari, omborchilar, kassirlar va boshqalar)
javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida
ulardan ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha
hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: