Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining qonuni metrologiya to‘G‘risida



Download 92,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana01.01.2022
Hajmi92,6 Kb.
#298292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1004-XII-сон 28.12.1993. Metrologiya to‘g‘risida



Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur  Qonun  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  7-apreldagi  O‘RQ-614-sonli  ““Metrologiya

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi Qonuniga

asosan yangi tahrirda qabul qilingan.

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:

“metrologiya”  —  o‘lchovlar,  ularning  yagona  birlikda  bo‘lishini  ta’minlash  usullari  va

vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;

“yagona  o‘lchov  birligi”  —  o‘lchovlarning  natijalari  qonunlashtirilgan  birliklarda  aks

ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;

“o‘lchov  vositasi”  —  o‘lchovlar  uchun  foydalaniladigan  va  normalangan  metrologik

xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;



Oldingi tahrirga qarang.

“birlik etaloni” — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni

qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;

(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

“davlat  etaloni”  —  vakolat  berilgan  milliy  organning  qarori  bilan  O‘zbekiston

Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;

“metrologiya  xizmati”  —  davlat  organlari  va  yuridik  shaxslarning  metrologiya

xizmatlari  tarmog‘i  hamda  ularning  o‘lchovlar  yagona  birlikda  bo‘lishini  ta’minlashga

qaratilgan faoliyati;

“davlat  metrologiya  nazorati”  —  metrologiya  qoidalariga  rioya  etilishini  tekshirish

maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;

“o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish” — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan

texnik  talablarga  muvofiqligini  aniqlash  va  tasdiqlash  maqsadida  davlat  metrologiya  xizmati

organlari  (vakolat  berilgan  boshqa  organlar,  tashkilotlar)  tomonidan  bajariladigan

operatsiyalar majmui;



Oldingi tahrirga qarang.

“o‘lchov  vositalarini  kalibrlash”  —  metrologik  jihatlarning  haqiqiy  qiymatlarini  va

o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash

laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;



(1-moddaning  o‘ninchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  11-dekabrdagi  O‘RQ-381-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son

Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

“o‘lchov  vositalarini  metrologik  attestatsiya  qilish”  —  yagona  namunalarda  ishlab

chiqariladigan  (yoki  O‘zbekiston  hududiga  yagona  namunalarda  olib  kiriladigan)  o‘lchov

vositalarining  xossalarini  sinchiklab  tadqiq  etish  asosida  ular  qo‘llanish  uchun  haqqoniy

ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;

Oldingi tahrirga qarang.

“metrologiya  xizmatlari,  markazlari,  laboratoriyalarini  akkreditatsiya  qilish”  —

metrologiya  xizmatlari,  markazlari,  laboratoriyalarining  belgilangan  akkreditatsiya  qilish



sohasida  o‘lchovlarning  yagona  birligini  ta’minlash  bo‘yicha  ishlarni  bajarishga  vakolatli

ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;

“yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha

kalibrlash  laboratoriyalarini  (markazlarini)  akkreditatsiya  qilish”  —  yuridik  shaxslar

metrologiya  xizmatlarining,  kalibrlash  laboratoriyalarining  (markazlarining)  belgilangan

sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy

jihatdan tasdiqlanishi;

(1-moddaning  o‘n  ikkinchi  va  o‘n  uchinchi  xatboshilari  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  11-

dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

“o‘lchovlarning  bajarilish  uslubiyotlarini  metrologik  attestatsiya  qilish”  —  o‘lchovlarni

bajarish  uslubiyotining  unga  qo‘yilgan  metrologiya  talablariga  mosligini  baholash  hamda

tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;

“o‘lchovlarning  bajarilish  uslubiyoti”  —  operatsiyalar  va  qoidalar  majmui  bo‘lib,

ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.



(1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-

apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

“sinov  vositalarini  metrologik  attestatsiya  qilish”  —  sinov  vositalarining  normalangan

texnik  tavsiflari  texnik  jihatdan  tartibga  solish  sohasidagi  normativ  hujjatlar  talablariga

muvofiqligini aniqlash;

“sinov vositasi” — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari

bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material.



(1-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  11-dekabrdagi  O‘RQ-381-sonli  Qonuniga  asosan

o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

(1-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2000-yil  26-maydagi  82-II-son  Qonuniga  muvofiq  o‘n

ikkinchi—o‘n  oltinchi  xatboshilar  bilan  to‘ldirilgan  —  Oliy  Majlis  Axborotnomasi,  2000-y.,  5-6-son,  153-

modda)


Download 92,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish