Internetning asosiy tushunchalari:
1.
Router
(Yo’naltiruvchi) – internetda ma’lumotlar oqimini qulay va yaqin yo’l
bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi dasturlar majmuidir.
Odatda yo’naltiruvchi sifatida maxsus kompyuterdan foydalanish yaxshi natija
beradi.
2.
Gateway
(Shlyuz) – ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnoma (protokol)larini
internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi
SMTP
ga (Simple
Mail Transfer Protocol – elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi)
aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz – bu dasturlar majmuidir. Bunda shlyuz
maqsadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar qo’yilmaydi. Buning uchun
unda shlyuz vazifasini o’taydigan dasturlar bilan ishlash imkoni bo’lsa bas.
Do'stlaringiz bilan baham: |