Mikronaychalar – sentriola, bazal tanacha hivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. K.A.Zufarov, A.Yuldoshevlar mikronaychalarni hujayrada tayanch funksiyani bajarishi yoki hujayra ichida moddalar almashishida ishtirok etishini e'tirof etganlar. Sentrosoma. Hujayra markazi 1875 yili Gerting tomonidan kashf qilingan. Sentrosoma barcha hayvon hujayralarida topilgan bo'lib, faqat tuxum xujayraning yetilish davrida yo'qoladi va hujaralarning bo'linib ko'payishida muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |