Sentrifugalab differensiyalash orqali yadro, sitoplazma, mitoxondriyalar va hujayraning boshqa organoidlari ajratib olinadi. Bu jarayonda juda katta tezlikda aylanadigan ultramikroskopdan foydalaniladi.
Mikrurgiya metodimikropriborlar bilan jihozlangan m ikroskop yordamida hujayra yadrosi ni chiqarib olib, boshqa hujayraga o‘tkazish, hujayraichidagi biotoklar va haroratni olchashdan iborat.
Hujayralar kulturasi metodi tirik organizmdagi sharoitga yaqin sharoitda hujayrani maxsus oziq muhitida o ‘stirib, uning tuzilishi va funksiyasini o‘rganishga imkon beradi. Maxsus mikroskop yordamida hujayraning o‘sishi, rivojlanishi, harakatlanishi va bolinishini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |