Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nukleinkislotalar, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardir. Yadro tarkibiga oddiy va murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston va globulinlar uchraydi. Murakkab oqsillar tarkibi aminoguruhdan tashqari qo‘shimcha yana nuklein kislotalar, uglevod guruhi uchraydi (nukleoproteidlar, glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko‘rinishida yoki proteidlar bilan qo‘shilib lipoproteidlar ko‘rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o‘zgarib turadi. Ular yadro quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir. Yadro membranasi yoki kariolemma {lemma-qobiq) ikkita suyuq mozaikali tashqi va ichki membranalardan iborat boiib, ular orasida perinuklear bo‘shliq joylashadi.Tashqi membrananing ba’zi joylari donador endoplazmatik to‘rga o‘tib uning yuzasida ribosomalar joylashadi. Yadro membranasi o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo'lib u orqali ionlar, kichik molekulalar: aminokislota va nukleotidlar o‘tadi. DNKaza kabi oqsillar yadroga erkin o‘tadi. Shu tarzda yadrodan tashqariga ham moddalar chiqariladi. Shuningdek yadro qobig‘i orqali moddalar o‘tishining yana bir yo‘li membrana yuzasida o‘simta paydo boiib, u yadro membranasi bilan o‘ralib vakuol ko‘rinishida sitoplazmaga chiqadi. Tashqi va ichki membranalar ba’zi joylarida birikib bu yerlarda yadro poralari joylashadi. - Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nukleinkislotalar, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardir. Yadro tarkibiga oddiy va murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston va globulinlar uchraydi. Murakkab oqsillar tarkibi aminoguruhdan tashqari qo‘shimcha yana nuklein kislotalar, uglevod guruhi uchraydi (nukleoproteidlar, glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko‘rinishida yoki proteidlar bilan qo‘shilib lipoproteidlar ko‘rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o‘zgarib turadi. Ular yadro quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir. Yadro membranasi yoki kariolemma {lemma-qobiq) ikkita suyuq mozaikali tashqi va ichki membranalardan iborat boiib, ular orasida perinuklear bo‘shliq joylashadi.Tashqi membrananing ba’zi joylari donador endoplazmatik to‘rga o‘tib uning yuzasida ribosomalar joylashadi. Yadro membranasi o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo'lib u orqali ionlar, kichik molekulalar: aminokislota va nukleotidlar o‘tadi. DNKaza kabi oqsillar yadroga erkin o‘tadi. Shu tarzda yadrodan tashqariga ham moddalar chiqariladi. Shuningdek yadro qobig‘i orqali moddalar o‘tishining yana bir yo‘li membrana yuzasida o‘simta paydo boiib, u yadro membranasi bilan o‘ralib vakuol ko‘rinishida sitoplazmaga chiqadi. Tashqi va ichki membranalar ba’zi joylarida birikib bu yerlarda yadro poralari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |