Membranali hujayra organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastinkasimon kompleks (Goldji kompleksi) lizasoma va peroksisomalar kiradi, chunki, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi.
Membranalar asosan oqsil, lipid va suvdan tashkil topgan bo'lib, bu hujayraning ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o'zgarishi bilangina farqlanmasdan, ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastrukturasi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o'ziga xos tuzilishi ularning funksiyasi bilan bog'liqdir. Membranasi bo'lmagan hujayra organellalariga ribosoma, polisoma, mikronaycha, senrosoma, kiprikchalar, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kirib, turli xil tuzilishga ega va spesifik funksialarni bajaradilar.
Ribosomalar alohida tuzilmalar bo'lib, ular ko'pincha endoplazmatik to'r bilan kompleks hosil qiladilar.
Mitoxondriyalar barcha hayvon va odam hujayralarida bo'lib, uni birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bo'lsada, Fleming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan bu organellani undan ilgariroq ta'riflab berganlar.
Mitoxondriyalarning shakli va razmerlari ularning funksional holatiga, osmatik bosimga, pHga qarab o'zgarib turadilar. Ularning soni hujayra tipiga va funksional holatiga bog'liq bo'lib, jigar gomogenatining 1 gramiga 8, 7*1010 mitoxondriya to'g'ri keladi. Sog' jigar hujayrasida 2500 gacha bo'lishi mumkin.
Mitoxondriyalar uzoq hayot kechirmaydilar, o'rtacha 9-10 kunga teng bo'lib, kurtak otish yo'li bilan yoki ko'ndalangiga ikkiga bo'lininish natijasida ko'payib turadilar.
Mitoxondriyalar ATF sintizida muhum rol o'ynab, energiya manbai hisoblanadi.
Endoplazmatik to'r yoki retekulum elektron mikroskop yordamida1950 yillarda kashf qilingan organella bo'lib, membranasida ribosomalar bo'lishiga qarab donador va donasiz endoplazmatik to'r farqlanadi. Donador endoplazmatik to'rning tashqi membrana qismida ribosomalar bo'ladi.
Endoplazmatik to'r hujayra ichi kanalchalar sistemasidan, vakuolalar va sisternalardan tashkil topgan. Bir qator olimlar endoplazmatik to'rning kanallar va sisternalar sistemasi hujayra qobig'i hamda perenukllar bo'shliq bilan bog'liq deb fikr yuritadilar.
Granulyar endoplazmatik to'r oqsil va fermentlar, silliq endoplazmatik to'r esa asosan ёg' va karbon suvlar sintezida muhim rol o'ynaydilar.
Ribosomalar. Ribosoma zich dumaloq shalda yuo'lib (Pallade donalari) endoplazmatik to'r komponentlaridan biri hisoblanadi. Ribosomalar yadro qobig'ining tashqi membranasida ham joylashadi. Ribosomalar oqsil sintezida faol qatnashadilar. Ribosomalarning bir to'dasi polisomalar deyilib, ularning tarkibida 5-70 ta ribosomalar bo'ladi.
Ko'pgina olimlar zamonaviy dalillarga asoslanib (K.A.Zufarov va b.q.) ribosomalar yadroda-yadrochada sintez bo'ladi. RNP donachaldi holatida sitoplazmaga o'tadi deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |