I. O’quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o’rni
Hujayra va gen injeneriyasi fani tabiiy ekologik muvozanatni saqlab turuvchi faktorlarga zarar keltirmagan holda gen injenerligi metodlarini qo`llab, magistrlarga biologik aktiv moddalar va transgen organizmlar olish yo`llarini bilishi uchun hujayra strukturasi va funktsiyasi, genetik rekombinatsiya, transduktsiya, transpiratsiya, transpazonlar, plazmidalar, restriktsion endonukleazalar haqidagi bilimlarni magistrlarga o`rgatishdan iborat.
Hujayra va gen injeneriyasi fanining ta’limdagi o`rni - magistrlarning bakalavriatda o`zlashtirgan bilimlariga tayanib, xozirgi vaqtda eng zamonaviy gen injeneriyasi metodlari yordamida, ya’ni, foydali belgilarni bir organizmdan ikkinchisiga ko`chirish va shu yo`l bilan yangi xossalarga ega organizmlarni hosil qilish; klonlash usuli bilan foydali transgen o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarni ko`paytirish texnologiyalarini mukammal o`zlashtirishlaridadir.
II. O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Hujayra va gen injenerliyasi fanini o`qitishdanmaqsad: –magistrlarga organizmlardagi foydali belgilarni bir organizmdan ikkinchisiga ko`chirish va shu yo`l bilan yangi organizmlarni yaratish metodlari va yo`llari bilan tanishtirishdan iborat.
Fanningvazifasi:
- magistrlarni hujayra va gen injenerligi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish;
- plazmida va faglarga belgilarnio`tkazish, klonlash, rekombinant DNK olish usullari bilan tanishtirish;
- magistrlarga hujayra va gen injenerligining asosiy yo`nalishlari, o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar gen injenerligining o`ziga xos tomonlarini tushuntirish;
- magistrlarnni o`quv qo`llanmalar va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o`rgatish.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakasiga quyidagi talablar qo’yiladi.
“Hujayra va gen injeneryasi” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalari doirasida magistr:
- hujayra va gen injeneryasi, gibridomalar olish texnologiyasi, sun’iy hujayralarni yaratish, monoklonal anti tanachalarini ishlab chiqarish, protaplastlarni gibridlash usullari haqida bilimga;
-eukariot hayvon hujarlarini ekmalari (kulturasi), o’simliklarni klonlash yo’li bilan ko’paytirish, yadroviy va sitoplazmatik genlar, genlarni ajratib olishda ishtirok etuvchi fermentlar, gen injenerligi fermentlari: restriktazalar, ligazalar, DNK-polimerazalar, gen injenerligida qo’llaniladigan vektorlar, genetik modifikatsiya qilingan o’simlik va hayvonlar haqida bilishi va ulardan foydalana olishi kо‘nikmasiga;
- protoplastlarni olish, ekmalarni ko’paytirish va gibridlash, rekombinant DNK olish texnologiyasi, genlarni hujayraga kiritish usullari, o’zining ilmiy metodik va ilmiy tadqiqot faoliyatida hujayra va gen injeneryasi fani bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olishi, hujayra injeneryasi tadqiqotlaridan foydalana olish malakalariga ega bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |