Sabzi-yovvoyi sabzi o‘simliklari o‘rtasida hosil qilingan kallus to‘qima yarim yildan keyin anomal o‘simlik sifatida regeneratsiyalanishi qayd qilingan. Ulardan biri gullagan, biroq gullarida changchi va urug‘chilar mavjud emasligi aniqlangan.
Ushbu tadqiqotlar amalga oshirilgan laboratoriyada xlorofill tarkibi bo‘yicha nuqsonga ega bo‘lgan tamaki va belladonna o‘simlik turi o‘rtasida gibrid olish yo‘nalishida qiziqarli tajribalar amalga oshirilgan. Qo‘shishdan keyin fotosintezni amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan 40 dona koloniyalar hosil qilingan va ulardan 4 ta liniya belladonna bo‘yicha me’yoriy holatdagi hujayralar liniyasini hosil qilishi aniqlangan, 4 tasi esa tamaki-belladonna bo‘yicha anomal gibrid morfologik xossalariga egaligi kuzatilgan, qolganlari esa–yashil tusda, ayrim holatda ola–chipor tusdagi barglarga ega o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, tamakiga o‘xshashligi qayd qilingan, ular gul va urug‘ hosil qilgan. Ularning tarkibida tamaki xromosomalari va belladonnaga tegishli bo‘lgan plastidalar mavjudligi qayd qilingan. Bu dastlabki triblar o‘rtasidagi fertil (urug‘ hosil qiluvchi) gibridlar sifatida qayd qilingan.
O‘simlik avlodlari o‘rtasida gibridlar olish yo‘nalishida dastlabki tadqiqot ishlari 1976– 1977–yillarda K.Kao va V.Vetter tomonidan amalga oshirilgan (soya-tamaki). Keyinroq esa– Y.Y.Gleba tomonidan laboratoriya sharoitida Ituzumdoshlar, Dukkakdoshlar va Lolaguldoshlar o‘rtasida shunga o‘xshash tajribalarni amalga oshirilgan (no‘xot, tamaki va piyoz, tamaki). I.F.Kanevskiy tomonidan N.tabacum, Vicia faba o‘simliklari o‘rtasida avlodlararo gibrid kulturasini o‘stirishda poyasimon terat morfogenezini hosil qilishga erishilgan.
Amaliy jihatdan barcha holatlarda ota–onalarning bittasiga tegishli bo‘lgan xromosomalarning eliminatsiyasi kuzatilgan. Avlodlararo gibridlar kulturalarida ko‘p sondagi ko‘p yadroli, shuningdek kichik o‘lchamdagi yadroga ega bo‘lgan hujayralar yuzaga kelishi, bundan tashqari bo‘linish metafazalarida gigant xromosomalar shakllanishi qayd qilingan. Ota–ona hujayralar xromasomalarining anafazada taqsimlanishida uyg‘unlik kuzatilmasligi aniqlangan. Bu ko‘rinishdagi materialda morfogenez kuzatilmagan.
Ajratilgan holatda gibridlar uchun quyidagi xususiyatlar xos hisoblanadi:
Gibrid holatining nisbatan barqarorligi, bunda ota–ona hujayralar materialida genetik jihatdan to‘liq holatda eliminatsiya kuzatilmasligi qayd qilinadi.
Genetik jihatdan qayta tashkillanish (xromosomalarning rekonstruksiyasi va qisman eliminatsiyasi) kuzatiladi.
Gibrid hujayralar klonlarining genetik jihatdan turli xil sifatga ega bo‘lishi qayd qilinadi.
Morfogenetik xususiyatlarning cheklanishi amalga oshadi.
Tiriklik olamlari o‘rtasidagi gibrid hujayralar, ya’ni «hayvon, o‘simlik» yo‘nalishida qo‘shilish jarayonida turga oid spesifiklik namoyon bo‘lmaydi, shu sababli hatto o‘simlik va hayvon hujayralarini o‘zaro qo‘shish mumkin. Bu ko‘rinishdagi farqlanishlar ontogenezning nisbatan kechki davrlarida o‘zini namoyon qiladi, bu holat tajribalarda arabidopsis va tamakining odam limfotsitlari bilan qo‘shilishida kuzatilgan. Bunda sitoplazmaning o‘zaro qo‘shilishi amalga oshadi, yadro esa–qo‘shilmasigi qayd qilingan.
Edvard Kokking tomonidan suvda ham quruqlikda yashovchilar va sabzi hujayralari protoplastlarini o‘zaro qo‘shish jarayonida parallel holatda bu ko‘rinishdagi gibridlarda ultrastruktura xususiyatlari o‘rganilgan. Suvda ham quruqlikda yashovchilar hujayralarining yadrosi qo‘shilganidan keyin yupqa ko‘rinishda o‘zining sitoplazmasi bilan o‘ralishi kuzatiladi, biroq 48 soatdan keyin sitoplazmaning to‘liq holatda aralashib ketishi va geterokarion atrofida hujayra devori regeneratsiyalanishi aniqlangan.Shuningdek, Kao va Michayluk tomonidan (1974–yil) katta molekulyar massaga ega bo‘lgan polietilenglikol ta’sirida ham nospesifik tarzdagi yopishish va keyin o‘simlik protoplastlarining qo‘shilishi amalga oshishi aniqlangan.
Oldin tavsiflangan ko‘rinishdagi, aniqroq aytganda konyugatsiya, transduksiya va transformatsiya jarayoni davomida DNKning uzatilishi mexanizmidan farq qilib, protoplastlarning qo‘shilishi jarayonida genetik axborotlarning uzatilishi bir xil yo‘nalishda tavsifga ega holatda amalga oshirilmaydi.
Shunday qilib, protoplastlarning qo‘shilishi asosidagi usullar ikkita to‘liq holatdagi ota– ona hujayralar genomlari kombinatsiyasini olish imkonini beradi.
Ikkita tajribada o‘simlik protoplastlariga begona DNK kiritilgan bo‘lib, ekspressiyalanishi kuzatilgan va protoklonlardan uchtasidan mutant o‘simliklar hosil qilingan. Protoplastlarning qo‘shilishi usullaridan foydalanish juda turli xilda namoyon bo‘ladi.
O‘simlik va sut emizuvchilarning hujayralari genetikasi rivojlanishida hujayralarning qo‘shilishi usulining tadbiq etilishi ma’lum bir aniq rol o‘ynaydi. Streptomyces turlarida protoplastlarning qo‘shilishi odatdagi chatishtirish usuli sifatida qaror topgan, biroq ushbu usulning zambrug‘lar bilan ishlashda ahamiyati ikkilamchi darajada o‘rin tutadi. Zambrug‘larda yadrolar o‘rtasida genlarning ochiq holatda uzatilishi protoplastlarning qo‘shilishi usulidan nisbatan ongli ravishda foydalanish imkonini beradi. Genetik injeneriyaning tibbiyotda va qishloq xo‘jaligida muhim hisoblangan o‘zgarishlarga olib kelishini tahmin qilishga asoslar mavjud hisoblanadi va bunda rekombinat DNK olish texnologiyasi bizga o‘simlik va hayvonlar hujayralarining o‘ziga xos molekulyar–biologik xususiyatlarini yanada chuqurroq bilish imkoniyatini beradi.