qarilik pigmenti - lipofussin” to„planadi.
Ba‟zan, qoldiq tanachalar ekzotsitoz yo„li bilan hujayradan chiqarib tashlanadi yoki ayrimlari hujayra o„lguncha saqlanadi. Lizosomalar barcha eukariot hujayralarda uchraydi. Ular bir hujayrali tuban o„simliklarda, zamburug„larda va sodda hayvonlarda ham topilgan. Ammo, ularning uchrash tezligi har xil hujayralar va to„qimalar uchun turlicha. Hayvon hujayralaridan leykotsitlar, jigar va buyrak hujayralarida lizosomalar ko„p uchraydi. Autolizosomalar (autofagosoma) ko„pchilik hujayralarda doimo uchraydi. Morfologiyasi jihatidan ular ikkilamchi lizosomalarga kiradi. Ammo, bularning vakuolalarida sitoplazmatik strukturalar va ularning fragmentlari, mitoxondriyalar, plastidlar, endoplazmatik to„r elementlari, ribosomalar, glikogen donachalari v.b. uchraydi. Autofagosomalarning hosil bo„lishi to„liq o„rganilmagan. Hujayra ichiga kirgan moddalarning hazm qilinishidan tashqari, hujayrada sitoplazmaning ma‟lum bir qismini qurshab o„rab olinishi natijasida autofagosomalar yoki autofagosomal vakuolalar hosil bo„ladi.
Bular birlamchi lizosomalar bilan qo„shilib, ikkilamchi lizosoma autofagolizosomani hosil qiladi va ularning ichida qolgan sitoplazma qismlari (mitoxondriya, plastid, endoplazmatik to„r qismlari va boshqalar) asta-sekin hazm bo„lib ketadi. Tekshirishlarning ko„rsatishicha, autofagosomalar faqat birlamchi lizosomalar bilan qo„shilib qolmay, ular autofagolizosomalar, geterofagolizosomalar, qoldiq tanachalar va geterofagosomalar bilan ham qo„shila olar ekan. Autofagotsitoz jarayoni sifatida hujayra och qolganda, uning qismlarini metabolizmga jalb qilib, hujayra hayotini ma‟lum vaqtgacha ushlab turadi.
Autofagotsitozning funksional ahamiyati ham yaxshi o„rganilmagan. Lekin, taxmin qilinishicha ular buzilgan hujayra komponentlarini o„ziga biriktirib olib, ularni yo„q qiladi. Bunda ular hujayraichi tozalovchilari rolini o„ynaydi. Hujayralar zararlanganda autofagosomalarning soni ortadi. Lizosomalarning fermentlari o„lgan hujayralarni avtolizida qatnashadi. Turli patologik jarayonlarda lizosomalar sonining ko„payishi odatdagi hol hisoblanadi. Tuxumning otalanishi jarayonida spermatozoidning akrosomasi lizosomaga o„xshash vakuol bo„lib, gidrolitik fermentlardan gialuronidaza va proteazalarni ushlaydi, ular spermatozoidning plazmatik membranasi bilan quyilib ketib, tuxumning yuzasiga to„kiladi. Vakuoladan ajralgan fermentlar tuxumning polisaxarid va oqsil qobiqlarini parchalaydi va spermatozoid yadrosini tuxum sitoplazmasiga kirishiga imkon yaratadi. Lizosomalar hujayrada mustaqil struktura emas, ular endoplazmatik to„r va Golji apparati faoliyati orqali paydo bo’ladi va sekretor vakuolalarini eslatadi. Ularning asosiy vazifasi ekzogen va endogen makromolekulalarni hujayraichi parchalanishida qatnashadi.
Nazorat savollari
1. Ribosoma nima?
2. Sitoplazmaning mikrotubullyar va fibrillyar tuzilmalari qanday faoliyat yuritadi?
3. Bazal tanacha, kiprikcha, xivchin nima funksiyani bajaradi?
4.Hujayraning tayanch-harakat tizimiga nimalar kiradi?
5. Silliq endoplazmatik to‘r tuzilishi va vazifasini ta’riflang.
6.Donador endoplazmatik to‘r tuzilishi va vazifasi. Ergastoplazma nima?
7.Golji apparatida qanday sintetik jarayonlar boradi?
8.Lizosomalar tuzilishi va vazifalariga ko‘ra necha xil boiadi?
9.Hujayraning ichki ovqat hazm qilishda lizosomalarning o‘rni
qanday
10.Hujayra shakli va oichamlari.
11. Prokariot hujayra qanday tuzilgan?
12. Prokariot va eukariot hujayralarni solishtiring.
13. Hujayra biologiyasi fani oldida turgan qanday muammolar bor?
14. Hujayraning mitotik va hayotiy sikli nima?
15. Hujayraning interfaza davri va mitotik davri nima?
16. Hujayraning boiinish va o‘sishini boshqaruvchi mexanizmi
haqida gapiring.
17. Mitozning biologik va genetik ahamiyati qanday?
18. Amitoz va uning xususiyatlari va mitozdan farqini ayting.
19. Meyoz davrlari va uning mohiyati haqida gapiring.
20. Xromosomalar konyugatsiyasi va krossingover jarayonlarining
ahamiyati qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |