Hujayra nazariyasi



Download 59,87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.01.2022
Hajmi59,87 Kb.
#388696
Bog'liq
Hujayra nazariyasi - Vikipediya



Hujayra nazariyasi

Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi

umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra

bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra

nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion

tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning

oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk

kashfiyotdan biridir.

Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri

kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan

tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikro-skop orqali kuzatgan va

tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asa-rida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu

hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin

qilgan.

18-asr falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla

boshladi. K.Volf oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga

harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va "pu-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek,

nemis olimi L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan,

degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan.

19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida erishilgan yutuqlar

tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining boʻshliq qismi emas, balki oʻz

qobigʻiga ega boʻlgan va bir-biridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi.

19-asrning 30-yillari oxirida oʻsimliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega

ekanligi aniklandi va nemis olimi F.Meyenning "Botani-ka" (1830) kitobida hujayra oʻsimlik

toʻqimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida eʼtirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra

bu bir boʻshliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali



ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Oʻsimlik hujayrasi

yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden

yadroni hujayrani hosil qiluvchi, yaʼni sitoblast deb hisoblagan. Shleyden taʼbiricha donador

substansiyadan yadrocha hosil boʻlib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik

hujayraning hosil boʻlishi jarayonida yadro yoʻq boʻlib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida

chex olimi Ya.Pur-kine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi toʻqimalarining

mikroskopik tuzilishi boʻyicha juda koʻp maʼlumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine oʻzining

"donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va

boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda

T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U oʻzi olgan maʼlumotlar, Shleyden va Ya. Purkine

maktabi va boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; oʻsimlik

va hayvon toʻqimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish

tamoyillarini koʻrsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari hujayraning asosiy

qismi uning poʻsti va hujayra strukturasiz shiradan hosil boʻladi, deb hisoblagan. Hujayra

nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va hujayra boʻlinishining kashf etilishi

bilan bogʻliq. Nemis olimi R.Virxov (1958) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra nazariyasini

patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor

qaratdi va hujayraning boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan

hosil boʻladi) asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega

boʻlgan organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning boʻlinish usuli. yaʼni mitoz, asr

oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy yigʻindisi

emasligi tan olinadi.

Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra

bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo boʻlgan. Bu muammoning yechimi

2 yoʻnalishda rivojlandi. mexanistik tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz

vazifasini bajaruvchi hujayralar yigʻindisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa

organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning

yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tushuntirilgan.

Hujayraning mitotik boʻlinishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi, keyinchalik esa

biokimyo va molekulyar biol.ning rivojlanishi tufayli hujayraning strukturasi va funksiyasi tirik

tabiat iyerarxiyasida hujayraviy pogʻonaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning

shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi koʻp hujayrali organizmlarni muayyan

vazifani bajaradigan va bir-biriga taʼsir koʻrsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan

murakkab, integ-ratsiyalashgan sistema sifatida eʼti-rof etadi.

Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon

boʻladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega boʻlgan eukariot




organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga

moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning

hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi. Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining

mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan

ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning

hosil boʻlishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal

xarakterga ega.

Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani oʻrganish yanada chuqurlashib bordi.

Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning maʼlum vazifani bajarishga moslashganligi

aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning yanada nozikroq boʻlgan

ultrastrukturalari oʻrganildi; ularning molekulyar tuzilishi ochib berildi.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Hujayra_

nazariyasi&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Hujayra_nazariyasi&oldid=2



285040

" dan olindi 




 

Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi  

Download 59,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish