Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi. Reja



Download 44,5 Kb.
bet2/2
Sana31.03.2022
Hajmi44,5 Kb.
#520843
1   2
Bog'liq
hujayra markazi va mikronaychalar pl

3. Hujayra yadrosi
Yadro (yunon. karuon lat. nucleus) termini 1833 yilda Broun tarafidan kiritilgan bo‘lib, u o‘simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan.
Yadro hamma eukariot hujayralarida bo‘ladi. Yadro faqat eritrotsitlarda bo‘lmaydi. Eritrotsitlar – yuqori ixtisoslangan hujayra bo‘lib, differensirovka vaqtida o‘z yad­rosini yo‘qotadi. Yadro­ning shakli hujayra shaklini qaytaradi, le­kin noto‘g‘ri formada ham bo‘lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon va ko‘p qirrali hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon, duksimon hujayralarda yadro uzun ellips, yassi hujayralarda esa duksimon bo‘ladi. Noto‘g‘ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir leykotsitlariing yadrosi misol bo‘ladi (taqasimon va parraksimon). Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayra) yoki ikkita (ikki yadroli hujayra) bo‘ladi. Ko‘p yadroli hujayralar va simplastlar ham mavjuddir.
Yadroning kattaligi turlicha bo‘lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra) boradi. Yadro o‘lchami sitoplazma o‘lchamiga ko‘pincha to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro-sitoplazma nisbati deb ataladi. Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo‘lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Bez hujayralarida yadro hujayraning bazal qismida joylashib, apikal qismi sekret bilan banddir. Differensiallashmagan hujayrada yadro geometrik markazda joylashadi. Yadro quyidagi asosiy struktur komponentlardan iborat
1. Yadro kobig‘i. 2. Xromatin strukturalari (xromatin, xromo­soma). 3. Bir yoki bir necha yadrocha. 4. Karioplazma (yadro shirasi).
Yadroning asosiy komponent xromosomalar DNK dan iborat bo‘lib, o‘zida genetik informatsiyami saqlaydi. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida yana giston tipidagi oqsillar bo‘lib, DNK bilan tuzlar tipidagi birikmalar hosil qiladi. Shuniig bilan birga nogiston tipidagi oqsillar ham mavjud. Yadroda bir qancha fermentlar – ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi. Gistoximiyaviy va bioximiyaviy usullar orqali yadro oqsillar bilan lipoproteid va liponukleonroteidlar holida birikkan lipidlar topilgan. Ular yadro quruq og‘irligining 10–20% ni tashkil kiladi.
Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, ko­balt va boshqa elementlar ham topilgan.
Yadro qobig‘i (kariolemma). Yadro qobig‘ining mavjudligi oddiy (yorug‘lik) mikroskop ostida ko‘rilgan edi. Elektron mikroskop yadro qobig‘i murakkab tuzilishga egaligini ko‘rsatdi. U ikki membranadan tashkil topgan bulib, har birining qalinligi 10 nm va aniq 3 qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig‘i orasida 10–30 ba’zan 100 nm ga teng perinuklear bo‘shliq bo‘ladi Yadroning tashqi qobig‘i endoplazmatik to‘r membranasiga o‘tadi. Yadro qobig‘ining har bir membra­nasi boshqa hujayra membranalari singari oqsil va lipiddan tashkil topgan. Yadro qobigining o‘ziga xos xususiyati ko‘p miqdorda yadro teshiklarining bo‘lishidir.
Teshiklarning diametri o‘rtacha 80–90 nm. Teshiklar atrofida yadro qobig‘p membranalari o‘zaro birlashadi. Teshiklar mu­rakkab tuzilishga ega bo‘lgai globulyar va fibrillyar tuzilmalar bilan to‘lgan.
Yadro teshiklari bilan bu tuzilmalarni qo‘shib yadro te­shiklari kompleksi deb yuritiladi. Bu kompleks oktogonal tuzilishga ega bo‘ladi. Yadro teshigi devorini hosil qiluvchi yadro qobig‘ida uch qator donachalar joylashadi. Har bir qatori 8 tadan donacha tutadi Biriichi qator donachalar yadro shirasi tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida, uchinchi qator donachalar esa teshikning markazida yotadi. Donachalar kattaligi 25 nm ga teng. Bu donachalardan fibrillyar tortmalar chiqib teshik markazida joylashgan markaziy granulaga kelib birlashadi. Bir yadroda taxminan 12000 teshik bor yoki 1 mm2 ga 45 ta teshik to‘g‘ri keladi. Teshiklar soni hujayraning funksional aktivligiga bog‘liq.
Sitoplazma bilan yadro aloqasi oddiy emas. Hatto mayda ionlar K+, Na+, Sa++ yadro qobig‘idan erkin o‘tolmaydi. Na +, K+ ionlarining miqdori bo‘yicha yadro hujayra oraliq moddasiga yaqin. Yadro qobig‘ining endoplazmatik to‘r membranalariga qadar davom etishi, yadro bilan sitoplazmaning o‘zaro ionlar bi­lan almashinishiga imkon yaratadi. Endoplazmatik to‘rning ba’zi bir bo‘limlari plazmatik membrana bilan aloqa qiladi, degan dalillar ham bor. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zi bir bo‘yoq moddalari yadroga hujayrani bo‘yamasdan o‘ta oladi.
Yadro qobig‘ining o‘tkazuvchailigi tufayli nasl informatsiyasining yadrodan sitoplazmaga yuqori polimer RNK orqali o‘tishi to‘g‘risidagi zamonaviy bilimlar alohida ahamiyatga ega. Bir tomonidan, ionlarning mayda molekulalari uchun bu teshiklar o‘tib bo‘lmas chegara bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, katta molekula informatsion RNK yadrodan sitoplazmaga o‘ta oladi. Sitoplazmadan yadroga sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan ta’minlashda kerak bo‘lgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari o‘tadi.
Aminokislotalar, purin va pirimidin asoslar, ATF yadroga aktiv transport yo‘li bilan o‘tadi. Ba’zan yadrodan sitoplazma­ga yadro moddasining ajralib o‘tishi mumkin degan fikr bor. O‘z navbatida yadro qobig‘ida botiqlar paydo bo‘lib, xuddi fagotsi­toz kabi sitoplazma moddasini qamrab oladi.
Yadro qobig‘i endoplazmatik to‘r hosil bo‘lishida ishtirok etadi, degan fikr ham bor. Profazada yadro qobig‘i fragmentatsiyaga uchrab, donador endoplazmatik to‘r bilan birlashadi. Telefazada esa qobiqlar qaytadan endoplazmatik to‘r elementlaridan hosil bo‘ladi.
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish