Hujayra ichi signallashtirishda adenilasiklaza va fosfatidilinoza tizimi



Download 0,58 Mb.
bet3/6
Sana18.04.2023
Hajmi0,58 Mb.
#929823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HUJAYRA ICHI SIGNALLASHTIRISHDA ADENILASIKLAZA VA FOSFATIDILINOZA TIZIMI

Signalizatsiya turlari

Hujayradan hujayraga signalni yuborish signal joʻnatuvchi hujayradan qabul qiluvchi hujayraga signal uzatishni oʻz ichiga oladi. Vaholanki, barcha signal uzatuvchi va qabul qiluvchi hujayralar yonma-yon qoʻshnilar emas va barcha hujayra juftlari signallarni bir xil tarzda almashmaydi.


Koʻp hujayrali organizmlarda kimyoviy signallarning toʻrtta asosiy turi mavjud: parakrin signalizatsiya, avtokrin signalizatsiya, endokrin signalizatsiya va toʻgʻridan toʻgʻri signalizatsiya. Signalning ushbu turlari organizm orqali signal nishon hujayraga yetib boradigan masofaga koʻra farqlanadi.


Parakrin signalizatsiya
Koʻpincha, bir-biriga yaqin boʻlgan hujayralar kimyoviy messenjerlarni (hujayralar orasidagi boʻshliq orqali tarqalishi mumkin boʻlgan ligandlar) chiqarish orqali aloqa qilishadi. Hujayralar nisbatan qisqa masofalar orqali aloqa qiladigan signalning bu turi parakrin signalizatsiya deb nomlanadi.
Parakrin signalizatsiya hujayralarga oʻz qoʻshnilari bilan faoliyatlarini mahalliy jihatdan muvofiqlashtirishga imkon beradi. Parakrin signallaridan koʻplab turli toʻqima va muhitlarda foydalaniladi. Shunga qaramasdan, ular, xususan, rivojlanish jarayonida juda muhimdir. Ular bir guruh hujayralarning qoʻshni hujayralar guruhiga hujayraviy jarayonlar haqida maʼlumot tarqatish imkonini beradi. 
Sinaptik signalizatsiya
Parakrin signalizatsiyasining noyob namunasi bu sinaptik signalizatsiya boʻlib, bunda nerv hujayralari orqali signal uzatiladi. Ushbu jarayon signal uzatish sodir boʻladigan ikkita nerv hujayrasi oʻrtasidagi birikish boʻlib, sinaps deb nomlanadi.
Neyron signal joʻnatishga kirishganda hujayradan tezlik bilan elektr impuls chiqib, akson deb nomlanuvchi uzun tola shaklidagi oʻq boʻylab yoʻlga chiqadi. Impuls sinapsga yetib borganida neyromediator deb ataladigan ligandlar ajralib chiqishiga yoʻl ochadi. Neyromediatorlar nerv hujayralari orasidagi kichik boʻshliqni tezda bosib oʻtadi. Neyromediatorlar qabul qiluvchi hujayraga kelganda retseptorlarga bogʻlanadi va hujayra ichidagi (koʻpincha ion kanallarini ochish va membrana boʻylab elektr potensialini oʻzgartirish kabi) kimyoviy oʻzgarishlarga sabab boʻladi.
Sinaptik signalizatsiya. Neyrotransmitter signal uzatuvchi hujayra aksonining oxirida vezikula (pufakcha)lardan chiqariladi. U uzatuvchi va nishon neyronlar orasidagi kichik boʻshliqda tarqaladi va nishon neyronning retseptorlariga bogʻlanadi.



Kimyoviy sinapsga tushadigan neyromediatorlar tezda parchalanadi yoki uzatuvchi hujayra tomonidan qaytarib olinadi. Bu holat tizimni “qayta tiklaydi”, shuning uchun bunday sinaps keyingi signalga tezda javob berishga tayyor boʻladi.

Parakrin signalizatsiya: hujayra yaqin atrofdagi (tirqishli birikish bilan bogʻlanmagan) hujayrani nishonga oladi. Rasmda bitta hujayra tomonidan qoʻshni hujayraga qisqa masofada tarqaladigan signal molekulasi koʻrsatilgan.
Avtokrin signalizatsiya: hujayra oʻzini nishonga oladi va oʻz yuzasidagi retseptorlarni bogʻlashi mumkin boʻlgan signalni chiqaradi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish