Qo`shni hujayralar yon yuzasidagi maxsus tuzilmalar. Har xil hujayralar yon qismlarida moddalarni diffuziya qilishga to`sqinlik beruvchi maxsus tuzilmalar joylashadi (8-rasm). Bu tuzilmalar bir necha turga farqlanadi:
1. Oddiy birikish. Hujayra plazmatik membranalari bir-biriga parallel yotib, ular orasi da taxminai 20 nm kenglikdagi hujayra oraliq moddasi joylashadi. Ana shu modda ikki plazmatik membrananing bog`lanishini ta’minlaydi.
2. Zich birikish yoki membranalarning zich jipslashgan zonasi. Bu birlashish epiteliy to`qimasiga xos bo`lib, u hujayrani har tarafdan o`rab turadi. Bu birlashish sohasida umuman hujayra oraliq moddasi bo`lmay, qo`shni membranalarning oqsil molekulalari o`zaro qo`shilib ketadi. Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh qavatli membranani ko`ramiz (har bir plazmatik membrana elektron mikroskop ostida 3 qavat bo`lib ko`rinsa, bu sohada 2 plazmatik membrananing to`q qavatlari birlashib, 5 qavatli bo`lib ko`rinadi). Bu birlashish ichak epiteliy hujayralari sohasida turli moddalarning ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Natijada, zaharli moddalar ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`ta olmaydi. Moddalar faqat epiteliy hujayralariga so`rilish hisobiga ichki muhitga o`tishi mumkin.
Oddiy birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o`rab turadi va natijada o`ziga xos belbog`ni hosil qiladi.
7 – rasm. Jiyakli silindrsimon hujayralar apikal kismidagi mikrovorsinkalarning:
A – kundalang (X60.000) va B – buylama (X70000) kesmasi.Elektron mikrofotogrammalar.
1 - plazmatik membrana; 2-fibrillalar; 3- sitoplazma; 4 -terminal to’r; a- glikokaliks.
8- rasm. Hujayralarning birikish turlari.
1-oddiy birikish; 2- interdigitatsiya; 3- desmosoma; 4- zich birikish; 5-tirqishli birikish.
3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish ham farqlanadi. Elektron mikroskopda ko`rilganda desmosoma sohasida qo`shni hujayralar sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo`nalgan bo`rtmalari ko`zga tashlanadi. Bu bo`rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo`lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o`zaro birlashadi. Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni birlashtiruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi.
4. Tirqishli tutashish - bu tutashishda ikki qo`shni hujayralar plazmatik membranalari orasida 2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. Bo`yovchi moddalar bir hujayra sitoplazmasiga kiritilganda shu soha orqali qo`shni hujayraga o`tadi. Demak, tirqishli tutashish sohasida nozik kanalchalar bo`ladi. Tadqiqotchilar fikricha, ikki qo`shni hujayra plazmatik membranalarining oqsillari silindr shaklida tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon tuzilmalar (kanalchalar) joylashgan (9-rasm). Bu naysimon tuzilmalar orqali ionlar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o`tadi. Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va turli molekulalar almashinuvida muhim o`rin tutadi. Undan tashqari, bu tutashish orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin (masalan, yurak mushak hujayralarida).
5. Sinapslar va sinaptik birikish. Bu bog`lanish nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki nerv hujayrasi orasida - neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo`lmagan tuzilmalar (retseptor va effektorlar) orasida bo`lishi mumkin («Nerv to`qimasi»-ga q.).
6. Hujayra yon yuzasidagn interdigitatsiyalar tez o`zgaruvchan tuzilma bo`lib, bunda bir hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o`siqchalari qo`shni hujayraning xuddi shunday o`siqchalari orasiga kirib birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |