Bog'liq Hujayra fiziologiyasi, ta’sirlanishi, shikastlanishi, qo’zg’alishi, o’tkazuvchanligi, harakatlanish xususiyatlari
Qovushqoqlik-hujayraning eng muhim xususiyati bo'lib uning faolligini ko'rsatadi. Qovushqoqlik deganda, eritmaning ushbu eritmadagi zarrachalarning o'zaro aralashishiga to'sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi. Qovushqoqlik sitoplazmani tuzilishini va kolloid zarrachalarning tortishuv kuchini belgilaydi. Qovushqoqlik darajasi o'simlik turiga, naviga qarab o'zgaradi. Ekologik omillar qovushqoqlikka bevosita ta'sir etadi. Masalan, qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar qovushqoqligi, mezofitlarga nisbatan yuqori bo'lsa, suv o'tlari hujayralarida buning teskarisi, ya'ni past bo'ladi.