'hujayra biologiyasi I. A. Abdulov


-rasm.  Elektron  mikroskopning  umumiy  ko ‘rinishi



Download 5,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/269
Sana01.01.2022
Hajmi5,77 Mb.
#288592
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   269
Bog'liq
Hujayra biologiyasi

3-rasm.  Elektron  mikroskopning  umumiy  ko ‘rinishi
Sitokimyoviy  tadqiqot  usullari.  Yuqorida  aytib  o ‘tilganidek, 
hozirgi  mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksatsiya qilingan (qotiril- 
gan)  ob’yektlaming  nozik  morfologik  tuzilmalari  har  tomonlama 
o ‘rganilsa  ham,  ammo  ularning  sifat  va  miqdoriy  tarkibi  to ‘la  ochil- 
may  qolaveradi.  Buni,  odatda,  alohida  sitokimyoviy tadqiqot  usullari 
yordamida o ‘rganiladi.
Sifatiy  sitokimyoviy  usullar.  Bu  usullar  sitologik  va  kimyoviy 
tekshirish  usullarini  birga  qo‘llash  natijasida  kelib  chiqqan.  Binoba- 
rin,  sifatiy  sitokimyoviy tekshirish  usullari yordamida organ,  to‘qima 
va  hujayralarning  kimyoviy  tuzilishi,  ularda  boradigan  kimyoviy ja ­
rayonlar  o ‘rganiladi.  Ular  yordamida  hujayralarda  sodir  bo‘lib  tura- 
digan  moddalar  almashinuvi jarayonlari  haqida  aniq  tasavvurga  ega 
bo‘lish  mumkin.  Hozirda  sitokimyoviy  usullar  qoMlab,  hujayralar 
tarkibidagi  aminokislotalar,  oqsillar,  nukleinkislotalar,  uglevodlar  va 
lipidlar  hamda  fermentlar  faolligini  aniqlash  mumkin.  Masalan,  gal- 
losianin  RNKni  binafsharangga  bo‘yaydi  va hokazo.
Miqdoriy  sitokimyoviy  usullar.  Sitologik  usullar  uzluksiz  ta- 
komillashib,  murakkablashib  bormoqda.  Endilikda  shunday  sitoki­
myoviy tekshirish usullari yaratildiki,  ular yordamida faqat hujayralar 
tarkibidagi moddalar,  ya’ni  elementlaming  sifati emas,  balki  ularning 
miqdorini  ham  aniqlash  mumkin.  Bunday  usullar  sitologiyada  miq-
183


doriy  sitokimyoviy  tadqiqot  usullari  deb  nomoldi.  Ular  yordamida 
odatda,  muayyan  to ‘qima va  hujayralar  tuzilmasi  aniqlanadi.
Radioavtografiya usuli.  Bu usul yangi zamonaviy usul  bo‘lib uning 
yordamida hujayra va to‘qimalardagi moddalar almashinuvi o ‘rganiladi. 
Buning  uchun  hayvon  organizmiga  ovqat hazm  qilish  sistemasi  orqali 
yoki in’yeksiya y o ii bilan har xil radioaktiv elementlar yoki nishonlan- 
gan birikmalar yuboriladi.  Radioaktiv  fosfor-P,  uglerod-C,  oltingugurt-
S,  vodorod-H yoki  har xil  izotop,  chunonchi,  radioaktiv  izotop  kabila- 
lar  shular jumlasidandir.  Mazkur  moddalardan  birortasi  eksperemintal 
hayvon  organizmiga  u  yoki  bu  yo‘1  bilan  kiritilgach,  har  xil  muddat- 
larda  ajratib  olingan  a ’zolardan  boiakchalardan  sitologik  preparatlar 
tayyorlanadi.  Preparat  tayyorlash  odatdagi  sitologik  usul  bilan  deyarli 
bir  xil.  Lekin  farqi  shundaki  mikrotom  yordamida  olingan  kesmalar 
alohida  fotoemulsiyaga  solib  qo‘yiladi  (bu  ishlar albatta,  qorongi joy- 
da  bajariladi).  Bu  vaqtda  radioaktiv  moddalar  nuri  hujayralarga  foto- 
emulsiya  orqali  o ‘tib,  kumush  bromid  donachalami  sensibilizatsiyalab 
(sezib)  qabul  qiladi.  Har  xil  muddatlardan  so'ng  shu  qorongi  joyda 
ularni  xuddi  fotografiya  qog‘ozlarini  tayyorlagandek  qilib  yuzaga 
chiqaruvchi  (proyavitel)  va  boshqa  eritmalarga  solib  ishlov  beriladi. 
Shunda  to‘qimada  radioaktiv  to‘plangan  joyida  kumush  donachalari 
ko‘plab  yig ilib   ko‘rinadi.  Binobarin,  ana  shu  kumush  moddalaming 
yigilgan  miqdoriga  qarab,  a’zodagi  moddalar  almashinuvi  tez  yoki 
sekin  borayotgani  haqida xulosa  chiqarish  mumkin.
Sentrifugalash  usuli.  Bu  usul  bilan  hujayraning  turli  tarkibiy 
qismlari  (yadro,  mitoxondriya)  ajratib  olinadi.  Sentrifuga  minutiga 
20000-40000  marta,  ultrasentrafiiga  esa  minutiga  100000  -  150000 
marta aylantiradi.
Mikroxirurgiya  usuli.  Bu  tirik  hujayrada  maxsus  asbob  - 
mikromanipulyator  yordamida  nozik  operatsiyalar  o ‘tkazish  usulidir. 
Bu  usul  bilan  hujayralar  yadrosini  ajratish,  yadro  qobigini  uzish 
yoki  boiinayotgan  hujayra  xromosomalarini  ajratish  mumkin. 
Mikroasboblar  asosan  shishadan  yasaladi.  Bu  usul  yordamida 
hujayra  tuzilmalarining  fizik  xususiyatlarini,  hujayra  yadrosini  va 
organoidlarning  xossalarini,  holatini  o'rganish  mumkin.  Bundan 
tashqari  bu  usul  yordamida  hujayra  yadrosini  biridan  ikkinchisiga 
o ‘tkazib  yadroning  irsiy  belgilarini  avloddan  -  avlodga  o ‘tishi 
o ‘rganiladi.
184


Tirik  hujayralarni  o ‘stirish  usuli.  Hujayralami  organizmdan 
tashqarida  (in  vitro) va organizmda  (in vivo)  o ‘stirib  o ‘rganish  mum­
kin.  Hujayralar  organizmdan  tashqarida  o‘stirilganda  maxsus  muhit 
tayyorlanadi  va  bu  oziq  muhitda  hujayra  harakatlanish,  b o iin ish  va 
differtsiyalanish  qobiliyatini  saqlab  turadi.  O'stiriladigan  hujayra­
lar  oziq  muhitga  solingandan  keyin  termostatda  38-39°  C  haroratda 
saqlanadi.  Bu  hujayralar  har  3-4  kundan  keyin  yangi  oziqa  muhitga 
o ‘tkazilib  turiladi.  Hujayra-  larni  hayvonlarning  hayoti  davrida  ya’ni 
vital  (VITA  -hayot)  bo‘yab  o ‘rganish  mumkin.  Buninng  uchun  litiy, 
karmin,  triptan  kabi  moddalami  hayvon  qoniga,  teri  ostiga yoki  biror 
tana  bo‘shlig‘iga yuborib,  m a’lum  vaqtdan  keyin  hayvon  to ‘qima va 
hujayralari  mikroskop  ostida  o ‘rganiladi.Tirik  hujayraning  faoliyati, 
uning  tuzilishi  mikrosyomka  ya’ni  mikroskop  ostida  fotosur’atga  va 
kinokameraga  olinadi.
Hujayrani  fiksatsiya  qilish  usullari.  Hujayralarni  qotirib  saqlab 
qo‘yish  usulida  fiksator  moddalar  qoilaniladi.  Bu  moddalar  hujayra 
tarkibiga  kirib,  uni  qanday  b o is a   shundayligicha  saqlashga  imkon 
beradi.  Bu jarayon  uchun  quyidagi  fiksator  moddalar  qoilaniladi:

Formalin  4-10%.  2  Etil  spirti  70°;  96°.  3  Sulemaning  suvdagi 
eritmasi.  4.Pikrin  kislotali  eritma  (pikrin  kislotasi  -  15  ml,formalin
5-ml  sirka  kislotasi  -1ml).  5  Sirka  kislotali  eritmalar.  6  Osmiy  erit­
masi.  7  Muzlatish  uchun  tabiiy  muzlar  [1]

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish