Mashg‘ulot jihozlari: meyoz bo‘linish bosqichlari aks ettirilgan
jadval va rasmlar, “Meyoz bo‘linish fazalari” video lavhasi namoy-
ish etiladi.
Otalanish natijasida ota-ona hujayra yadrolarining qo‘shilishi
zigotadagi DNK va xromosomalar sonining ortishiga olib keladi.
Demak, xromosomalar sonini kamayishiga olib keladigan mexanizm
mavjud bo‘lishi kerak. Bu mexanizm jinsiy hujayralarning yetilish ja
rayonida sodir bo‘ladigan reduksion (reduksiya- kamayish) bo‘linish
- meyozdir.
Bu boiinish natijasida jinsiy jarayonda qatnashuvchi gameta-
lar hosil bo‘ladi. Ikkita gaploid gametalarning qo‘shilishi natijasida
urugianishdan keyin diploid zigota hosil boiadi. Bu boiinishda mi-
tozdan farqli ravishda hujayralarning ikki marta ketma— ket boiinishi
kuzatiladi, xromosomalarning miqdori esa faqat bir marta oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |