Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari,unda eksportning ahamiyati va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: O’zbekiston eksport salohiyatining kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va uning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati
Milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgizishni talab qiladi. Bu oʼz navbatida, respublikada chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirishni taʼminlaydi.
“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohatlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qoʼllab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechogʼlik toʼgʼri va samarali amalga oshirishga bogʼliq. Shu boisdan ham, Oʼzbekiston Respublikasi rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamgʼarmalar mablagʼlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni oʼzlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urgʼu berilmoqda”12.
Milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil hisoblanadi.
Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini taʼminlovchi kuch. Investitsiyalar ‒ iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi “asosiy birlamchi” element hisoblanadi.
Investitsiya tushunchasining mazmuni Oʼzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʼgʼrisida”gi qonunning 2-moddasida: “Iqtisodiy va boshqa faoliyat obʼektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy neʼmatlar hamda ularga doir huquklar” sifatida taʼriflangan.
“Investitsiya” tushunchasiga taʼrif berayotganda uning barcha jihatlarini hisobga olmoq lozim. Iqtisodiyotga oid adabiyotlarning turli boʼlimlarida, shuningdek, amaliy faoliyatlarining turli yoʼnalishlariga tadbiqan mablagʼ solish sohalari va obʼektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, bu atamaga turli maʼno berilgan.
Bizning fikrimizcha, bu atamaning barcha jihatlarini umumlashtirgan holda: “Investitsiya iqtisodiy kategoriya sifatida − cheklangan resurslar sharoitida milliy iqtisodiyotning u yoki bu sohasiga (moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklar koʼrinishida) kapitalni jalb etish, joylashtirish va investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari oʼrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni oʼzida aks ettiradi”, deb taʼrif berish maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya mohiyatini ochuvchi ushbu taʼrifga binoan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyoti davrida investor «cheklangan imkoniyat»laridan samarali foydalanib, ishlab chiqarishga «maʼlum miqdordagi» mablagʼ sarflashi natijasida foyda olishi va umumjamiyat miqiyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning barcha jabhalarida qatnashishi natijasida iqtisodiy-moliyaviy va maʼnaviy oʼsishini taʼminlaydi.
Investitsiya toʼgʼrisida berilgan taʼrifga asoslanib hamda uning iqtisodiyotning rivojlanishiga har tomonlama ijobiy taʼsirini hisobga olib, uning qoʼyidagi vazifalarini belgilash maqsadga muvofiqdir:
• iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini optimal joylashtirish bilan keng tarmoqda bozor
infratuzilmalarini shakllantirishga imkon yaratish;
• iqgisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatuvchi barcha yoʼnalishlarni va imkoniyatlarni amaliyotga tadbiq etish;
• mamlakatning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holdagi qonuniy kafolatlangan investorlarni qoniqtiruvchi ulushini yaratadigan va moliyaviy oʼsishni taʼminlovchi infratuzilmalarni faollashtirish;
• iqtisodiyotning barcha sohalarini faollashtirish orqali mamlakatning barqaror oʼsishi va jahon iqgisodiy tizimiga integratsiyalashuvini tezlashtirish.
Iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiya miqdori va uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy oʼsish surʼatlarini belgilovchi asosiy omillardan biri boʼlib, mazkur omil, oʼz navbatida, investitsiya resurslari manbalarining tarkibiy tuzilishiga va uning barqarorligiga bogʼlikdir.
Investitsiya resurslari manbalari makro va mikrodarajada farklanishidan qatʼiy nazar, mamlakat investitsiya bozorida oʼziga xos mavqega va iqtisodiy chegaralariga ega. Hozirgi kunda investitsiya resurslari manbalari ichida kreditlar oʼta muhim strategik ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiyotning yangi zamonaviy shaklida korxonaning oʼz mablagʼ manbalari cheklangan boʼlib, ular, asosan, joriy xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi, qolgan qismi esa cheklangan mablagʼ sifatida investitsiya faoliyatini chegaralab qoʼyadi. Shu bois hozirda investitsiya resurslari bozorida taklifni, nafaqat, barqarorlashtirish, balki yetarli miqdorda oshirish uchun uning manbalari tarkibida davlat ulushini kamaytirgan holda chet el kreditlari va mahalliy banklar kreditlarini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya faoliyati va uning manbalari iqtisodiyot rivojining jadal surʼatlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda koʼp jihatdan hudud va mamlakat iqtisodiyotining barqaror oʼsib borishini va taraqqiy etish darajasini ifoda etishi lozim.
Investitsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini tashkil etar ekan, oʼz navbatida, bu takror ishlab chiqarishga investor (subʼektlar) investitsiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga (obʼektlarga) oʼzi koʼzlagan maqsadni, asosan, daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy (sotsial) samaraga erishish uchun joylashtiradi va investor amalga oshirgan bunday faoliyatni – investitsiya faoliyati, deb ifodalash mumkin.
Shu bois investitsiyani amalga oshiradigan davlat, yuridik yoki jismoniy shaxslarni, shu jumladan, chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarini ham investor degan maqom berish maqsadga muvofiqdir.
Investor investitsiyalashni amalga oshirish uchun maʼlum miqdordagi mablagʼ yoki investitsiya resurslariga ega boʼlishni yoki jamgʼarishni talab etadi. Buning uchun jamgʼarma mablagʼlarini banklarda toʼplash va ular orqali kapital mablagʼlarni iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga yoʼnaltirilishini taʼminlashga erishish mumkin. Bu, avvalo, investitsiya faoliyatida banklar ishtirokini oshirishni talab etadi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Turizm toʼgʼrisida”gi qonunning 9moddasiga koʼra:
“Turistik faoliyat:
• turistik faoliyat subʼektlarining oʼz mablagʼlari;
• yuridik va jismoniy shaxslarning pul badallari;
• zayom mablagʼlari (obligatsiya zayomlari va boshqa zayomlar, bank kreditlari va boshqa kreditlar);
• chet el investitsiyalari;
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi”.
Hozirgi kunda banklar investitsiya jarayonining asosiy boʼgʼiniga, korxonalarning chinakam hamkoriga aylanmoqda va ularning rivojlanishidan manfaatdor boʼlmogʼi kerak. Hozirgi paytda banklar investitsiya faoliyatining eng faol ishtirokchilaridan biriga aylandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ- 3217 sonli qarorining 10bandiga muvofiq “... tadbirkorlik subʼektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratish amaliyoti joriy qilinmoqda, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim qilinmoqda”.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy oʼrinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois Oʼzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida toʼliq aks ettirilishini taqozo etadi.
Oʼzbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda Oʼzbekiston Respublikasining ―Chet el investitsiyalari toʼgʼrisida‖, ―Chet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʼgrisida‖, ―Investitsiya faoliyati toʼgrisida‖gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi boʼlib xizmat qiladi.
Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki boʼldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi oʼzgaruvchanligi, uning oqimi, xududlarga taqsimlanishi tezlashdi.
Chet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obʼektlariga qoʼshadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad Oʼzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb eʼtirof etiladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, qonun bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi molilashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʼbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi manbai boʼlmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda, foiz toʼlovlari bilan qaytarishni talab etadigan chet el kreditlari va qarzlariga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʼtgach asosiy qarz bilan ularga belgilangan foizlarining qaytarilishini talab etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarning oʼziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdaxorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta boʼlib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʼljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import oʼrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yoʼnaltirish va pirovardida aholining meʼyordagi turmush darajasini taʼminlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali oʼsib borayotgan aholini ish joylari bilan taʼminlaydi;
- toʼrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
- beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga koʼmaklashadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |