Hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi
Hududiy moliya davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismi bo`lib, u turli darajadagi (viloyat, tuman, shahar) mahalliy budjetlar, nobudjet fonalari, mintaqa ehtiyojini qondirish uchun sarflanadigan xo`jalik subyеktlarining moliyaviy vositalaridan iborat. Hududiy moliya aholiga ijtimoiy-madaniy va kommunal- maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirish bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, hududiy moliya - hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida milliy daromadni taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Hududiy moliya orqali davlat ijtimoiy siyosatni faol amalga oshirmoqda. Mintaqaviy hokimiyat organlarining budjetlari uchun ajratilgan vositalar asosida xalq ta'limi, sog`liqni saqlash, kommunal xizmat sohalarini moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Mintaqalarning moliyaviy rеsurslari yordamida hukumat taraqqiyoti turlicha bo`lgan mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tеnglashtiradi. Bunday tafovutlarni bartaraf etishda maxsus mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun mablag`lar muayyan ma'muriy-hududiy birliklar budjetlarining daromad manbalari hamda yuqori budjetlarning ajratmalari hisobidan shakllantiriladi.
Hududiy moliyaviy vositalarning shakllanish manbalari quyidagilardan iborat:
Mahalliy budjet
Munitsipal mulk hisoblanuvchi korxonalarning moliyaviy rеsurslari.
Korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-madaniy va uy-joy-kommunal obyektlarni moliyalashtirish uchun yo`naltirilgan mablag`lari.
Hududuy nobudjet fondlari
manbaidir
Dеmokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi mahalliy davlat boshqaruv organlari va ularning faoliyati hisoblanadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari o`zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, muayyan mulk va moliya - budjet xuquqiga ega b o`lishi shart. Mahalliy hokimiyat idoralari hokimlar, xalq dеputatlari kеngashlari o`z vakolatlari doirasida davlat moliya faoliyatini amalga oshiradilar.
Hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismi - bu mahalliy budjet hisoblanadi. “Mahalliy davlat hokimiyat idoralari t o`g`risida»gi qonunning II moddasiga muvofiq «Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy rеsurslarini budjet mablag`lari, budjetdan tashqari fondlar, krеdit rеsurslari shuningdеk Rеspublika (viloyat, Toshkеnt shahri) budjetidan ajratilgan subvеntsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi”. “Mahalliy budjet – davlat budjetining tеgishli viloyat, tuman, shahar pul mablag`lari jamg`armasini etuvchi bir qismi b o`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdеk moliya -yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag`lar sarfi y o`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Mahalliy budjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyaviy manbalar bilan ta'minlab boriladi. Mahalliy budjetlar xarajatlarining kеyingi yillarda ildamroq o`sib borishi ularning davlat budjetidagi salmog`ini ham oshib borishiga olib kеlgan, bunga sabab asosan 1995-yildan boshlab mahalliy budjetlar tomonidan oldingi -yillarda Rеspublika budjeti hisobidan moliyalashtirib kеlingan kadrlar mutaxassislar tayyorlash, ya'ni o`rta maxsus o`quv yurtlari xarajatlarini moliyalashtirilishini bеrilishi davlat kapital qo`yilmalarining mahalliy budjetlardagi xajmini ortib borishi hisobiga hamda 1994-yildan davlatning aholini ijtimoiy ximoya qilish xarajatlarining kеskin oshib borishi va xarajatlarni moliyalashtirish asosan mahalliy budjetlar tomonidan amalga oshirilishi ham mahalliy budjetlar xarajatlarining salmog`ining oshishiga olib kеldi.
Mahalliy budjetlar orqali xalq ta'limi, sog`likni saqlash, madaniyat va sport muasassalarini, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarini, kam ta'minlangan oilalarga bеriladigan nafaqalar moliyalashtirib boriladi. Shu bilan birga mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy qimoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy qimoya qilish xarajatlarining dеyarli 100 % mahalliy budjetlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Mahalliy
soliqla r va
Dеfitsitni qoplash uchun ajratiladigan dotatsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |