Geografik mehnat taqsimotining omillari
Har bir iqtisodiy rayon mumkin qadar o’zining elektroenergetika qurilish ba‘zasiga ega bo’lishi kerak. Elektroenergetika tizimi Toshkent, Mirzacho’l va qisman Zarafshon iqtisodiy rayonlarida yaxshiroq shakllangan, qolgan rayonlarda esa u bo’shroq. Qurilish ba‘zasi Toshkent, Farg’ona va Zarafshon rayonlarida mavjud. Bu soha ayniqsa Quyi Amudaryo, Farg’ona hamda Mirzacho’l rayonlarida muammodir.
O’zbekiston uchun uning barcha rayonlarida paxta tozalash sanoati va to’qimachilik rivojlanishi xosdir. To’qimachilik hozirgi kunda ko’pgina iqtisodiy rayonlarda mavjud, u faqat janubiy va xususan Mirzacho’lda rivojlanmagan xolos.
Jadvaldagi rayonlar (tumanlar emas) asosiy iqtisodiy rayonlar hisoblanadi. Undan yuqori va quyi bosqichlarni ham ajratish mumkin. Masalan, katta ko’lamda Respublikada Markaziy (Toshkent va Mirzacho’l iqtisodiy rayonlari), janubi – g’arbiy (Zarafshon va janubiy – iqtisodiy rayonlar) hamda asosiy iqtisodiy rayonlarga mos holda janubi – sharqiy (Farg’ona) va shimoli – g’arbiy (Quyi Amudaryo) mintaqalar ajratiladi.
Quyi darajadagi iqtisodiy rayonlar faqat hududi kattaroq ichki tafovutlari sezilarli bo’lgan viloyatlarda shakllangan. Jumlandan, Toshkent mintaqasida Toshkent – Chirchiq, Angren – Olmaliq, Bekabod – Namangan viloyatida Namangan va Chust – Pop, Farg’ona viloyatida Farg’ona va Qo’qon, Samarqand viloyatida Samarqand va Kattaqo’rg’on rayonlari («okruglari») ajratilish mumkin.
Ta‘kidlash zarurki, HMT mintaqalarning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga yordam beradi. Ammo, shu bilan birga hududlararo iqtisodiy aloqalar ham kerak. Zero, hududlarning xo’jalik ixtisoslashuvi bo’yicha turlanishi ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi.
HMT va integratsiya natijasida turli miqyosdagi bozorlar vujudga keladi. Ular mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy va xalqaro darajada bo’ladi. mamlakatlar doirasidagi bozorlar esa amaldagi iqtisodiy rayonlar chegarasini belgilaydi, chunki har bir bosqichdagi bozor o’zining ta‘sir doirasiga, makoniga ega. Nemis olimi A. Lyosh ham o’z vaqtida iqtisodiy landshaftlar (rayonlar)-ni bozorlar makoni, ta‘sir radiusi yoki hududi bilan aniqlangan edi, hozirgi kunda esa ixtisoslashgan tarmoqlarni bozorga ixtisoslashgan tarmoqlar, deb ham aytishadi.
Har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining barkamolligi mustahkamligi bosqichma – bosqich turli darajadagi bozorlarni o’z mahsuloti bilan to’yintirilishi, import mahsulotlarining o’rnini qoplovchi imkoniyatlarni yaratish negizida amalga oshiriladi. Huddi shu maqsadda xalq iste‘mol mollarini ko’proq yetishtirish ayni muddaodir.
Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan bir – respublika ichida hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish, iqtisodiy rayonlar va viloyatlar xo’jalik tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu o’rinda barcha hududlarning faqat yoki asosan paxtachilikka ixtisoslashuvi aslo shart emas; u bilan birga xo’jalikning yana boshqa sohalari ham rivojlanishi zarur. Masalan, Farg’ona iqtisodiy rayonida (paxtachilikdan tashqari) pillachilik, bog’dorchilik, to’qimachilik va mashinasozlik (avtomobilsozlik), Qashqadaryo – neft va gaz sanoati, Qoraqalpog’istonda – ximiya rivojlanishi va h.k. Ana shundagina mintaqalar mamlakat tashqarsidagi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa ochiq, erkin iqtisodiyot, bozor munosabatlariga mos keladi, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga sharoit yaratadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakatlarning alohida, «berk», ya‘ni eksport – importsiz rivojlanishi yaxshi iqtisodiy natijalar bermaydi. Shuning uchun ilg’or mamlakatlarda ochiq savdo, ya‘ni fritreder printsiri mavjud. Bizning mustaqil mamlakatimiz ham xalqaro geografik mehnat taqsimotida, jahon bozori va xo’jalik tizimida o’ziga munosib va nufuzli o’ringa ega bo’lishi kerak. Respublikaning bunday faolligi esa mintaqalar – iqtisodiy rayonlar va viloyatlar salohiyati orqali amalga oshiriladi.
Hududiy mehnat taqsimotining yuqori bosqichida ham jiddiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Eng muhimi jahon xo’jalik tizimi yanada rivojlanib bormoqda. Bunga sabab bu tizimning globallashuvi, mamlakat va regionlararo mehnat taqsimotining takomillashuvi, iqtisodiy integratsiya jarayonlarining faollashuvi, yirik Trans – milliy kompaniya va korporatsiyalarning butun dunyoni o’rgimchakdek o’rab olishi va boshqalardir.
E‘tiborga olish joizki, avvallari jahon mamlakatlari u yoki bu mahsulot yetishtirishga moslashgan bo’lsalar (Braziliya - kofe, Kuba – shakar, Mo’g’iliston – teri, jun), endigi kunda ular mahsulotlarning turli xillariga ixtisoslashishmoqdalar. Ayni vaqtda yetuk mamlakatlar ilmiy – texnika taraqqiyotining oldingi saflarida bori, zamonaviy, ilm talab ishlab chiqarish tarmoqlariga, yangi texnologiyalarga (nou-xau) ixtisoslashib bormoqdalar. Ulardagi mavjud ishlab chiqarish sohalari boshqa mamlakatlarga ko’chmoqda. Natijada mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi farq, notekis holda kuchaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |