XULOSA
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda yuqorida keltirilgan omillar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni to’g’ri joylashtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, HICHM larning moddiy texnika asosini, ularning tarkibiy komponentlarini energiya ishlab chiqarish tsikllari (EICHK) tashkil etadi. N.N.Kolosovskiy fikriga ko’ra har bir tsikl O’zbekistonning biron bir iqtisodiy rayonida navbatma-navbat davom etadigan ishlab chiqarish jarayonlari majmuasidan iborat bo’lib, bunda muayyan energiya va xom ashyo turini birlamchi shakl, yangi ularni undirishdan va qulay holga keltirishdan to tayyor mahsulotlarning barcha turlarini olishgacha bo’lgan jarayon uyg’unlashadi; bu maxsulot turlarini o’z joyida ishlab chiqarishni xom ashyo va energiya manbalariga yaqinlashtirish hamda xom ashyo va energiya resurslarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga ishlab chiqarish mumkin: bu fikrni isboti sifatida Buxoro-Qizilqum iqtisodiy rayonidagi rangli metallurgiya sanoati tarmoqlari yoki Qashqadaryo HICHM dagi yoqilg’i energetika manbalari hisobiga vujudga kelgan Sho’rtangaz kompleksi yoki MGQIZ va boshqalar.Xullas, O’zbekistonning iqtisodchi va iqtisodchi-geograf olimlar ham mamlakatlar HICHM larini paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi to’g’risida yirik ilmiy ishlarni amalga oshirganlar, ayniqsa, bu borada Toshkent Davlat Universiteti professorlari Z.M.Akramov, A.S.Soliev, dots.N.G.Tsegenko, Toshkent iqtisodiyot Universitetidan prof.K.Abirqulov, Sh.N.Zokirov, Namangan DU prof.O.Abdullaev, dots.T.Mallaboev va boshqalar .HICHM lari to’g’risida yaratilgan ilmiy g’oyalar mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va ratsional ilmiy izlanishlarning joylashtirishga qaratilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlarning tajribasi bo’lib, uni hududiy ishlab chiqarish komplekslari shaklida tashkil etish progressiv ahamiyatga ega ekanini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
2017 – 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. PF-4947, 2017-yil 7-fevral.
Qayumov A., Safarov I., M.Tillaboyeva., Fedorko V. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoyi geografiyasi. 9-sinf uchun darslik. – T.: 2019.
Nazarova G.G‘. Xaydarov N. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar: О‘quv qо‘llanma. -T.: TDIU, 2005.
Nazarova G.G‘., Xalilov X., Azimov A. Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti (Ilmiy-ommabop risola). –T.: TDIU, 2005.
Максаковский В.П. Экономическая со география мира.- М.: Просвешение, 2009.
Bahritdinov B.A. va boshqalar. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. T.: 2008.
A.S.Soliyev “Mintaqaviy iqtisidiyot “ T Universitet 2003
Elektron ta’lim resurslari
www.stat.uz.
www.ziyonet.uz
www.nuu.uz
www.connect.uz
www.gov.uz
https://info-food.ru
www.wtouno.com
www.lme.com
www.ereport.ru
www.wikipediya.com
Do'stlaringiz bilan baham: |