Rangli oqimli printer.
Ignali printerlar yordamida rangli bosish, kerakli sifatni bermaydi. Bu maqsadda boshqa printerlarning qo‘llanilishi ko‘p foydalanuvchilarning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmaydi. Turli rangli siyohlarni ishlatish deyarli sifatli va qimmat bo‘lmaganligi uchun oqimli printerlarni ishlatishga olib keldi.
Odatda rangli tasvir bosish paytida uchta asosiy ranglarni ustma-ust tushirishda shakllanadi: suan (cyan), to‘q qizil (magenta) va sariq (yellow). Nazariya bo‘yicha bu uchta ranglarni aralashmasi qora qangni berishi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda kulrang yoki jigarrang hosil bo‘ladi, shuning uchun, to‘rtinchi asosiy rang sifatida qora (black) rang qo‘shiladi.
Yo‘qorida ko‘rib chiqilgan sabablarga ko‘ra oqimli printerli yangi rusumlarda rang hosil qilish uchun uchta emas, balki to‘rtta rang ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |