Tonerni mustahkamlash
Fotosezuvchi barabandan qog‘ozga o‘tkazilgandan keyin qog‘oz o‘z harakatini davom etadi va yana bir korotron ustidan, razryadli korotrondan o‘tadi. U zaryadni yechadi. Bu printerni boshqa qismlari bilan to‘qnashmasidan oldin qog‘ozni varag‘ini elektrli neytrallashtirish uchun zarur. Shunday qilib varag‘ida qandaydir tasvirga ega bo‘lgan toner sepilgan. Toner kukun ko‘rinishida bo‘ladi, va arzimagan ta’sir tasvirni buzadi. Qog‘ozda toner qotishi uchun 200°Cgacha qizigan 2valik orasidan yumalatib o‘tkaziladi. (8.13-rasm ) Bunday isitish tonyerdagi zarrachalarini erishiga va qog‘ozga yopishib qolishiga olib keladi. Muhr jarayoni tugaganda qog‘oz printerdan chiqib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |