Mavzuning tayahch iboralari:
Kompyuter. Arxitektura. . IBM. Apple. Super. Katta. Kichik. Stol kompyuterlari.
Ko’chma. Kommunikator. Smartfon.
1. Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari
Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlaydigan har
bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi. Xizmat ko`rsatish
ishlarining ko`pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Aynan
shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo`yicha
faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining uzoq
muddatga sotib olinishini, ulardan foydalanish sharoitlari esa ekstremal holatlarga
yaqinligini etiborga olsak, eng maqul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi
ma’lum bo`ladi.
Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha
intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko`p
maqsadlarda qo`llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o`zining
asosiy vazifalaridan tashqari yana bir necha qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni
ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham
bajarish mumkin. Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi.
Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari
chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda
ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda hafsalaning pir
bo`lishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari
etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning yetarli emasligi
va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor
uning tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv
organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda
chuqurlikni ko`rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So`ngra
elektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini
batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish
aynan mana shularga bogliqdir.
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo`lmagan
ro`yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus vazifalari haqida
malumotlar keltirilgan:
1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami.
2. Yassi jag`li omburlar va h.k.
3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko`chiruvchi) qaychilar.
4. Qirquvchi omburlar.
5. Siquvchi asbob.
6. Izolyatsiyalovchi material.
1. Shurup burovchi asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: |