Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko


-Mavzu: Amaliy ish: Kompyuter qismlarining quv-vat sarfini hisoblash. Elektr ta’minotini shaxsiy kompyuterga o‘rnatish



Download 7,38 Mb.
bet149/225
Sana25.11.2022
Hajmi7,38 Mb.
#872310
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   225
Bog'liq
zil

12-Mavzu: Amaliy ish: Kompyuter qismlarining quv-vat sarfini hisoblash. Elektr ta’minotini shaxsiy kompyuterga o‘rnatish.
Reja

  1. UPS haqida tushincha

  2. UPS asosiy funksiyalari

  3. UPS turlari

Kompyuter nima uchun kerak? Axborot yaratish va saqlash uchun. Axborot yaratishga yaratdingiz-u, lekin u o‘chib ketsa, kompyuterdan nima naf!? UPS qurilmasi ana shunday noxushliklarning oldini olish uchun ishlatiladi.

Keling, gapni bir boshdan boshlaylik. Tasavvur qiling, siz Word da matn teryapsiz. Ishga berilib ketib, ora-orada saqlab turishni unutib qo‘ydingiz. Tergan matningiz ikki betcha bo‘lib qolganida birdan tok ketib qoldi... Kompyuter o‘chib qolgani-ku, mayliga, lekin kompyuter bilan birga undagi sizning ikki betli matningiz ham o‘chib ketadi.


Maslahat. Matn terayotganingizda, jadvalda ishlayotganingizda yoki grafik dasturda rasm tahrir qilayotganingizda ora-orada Ctrl+S ni bosib, kelgan joyingizgacha bo‘lgan barcha ma’lumotni vinchesterga saqlab qo‘ying.

Ikkinchi holat. Internetdan hajmi ancha katta bo‘lgan, deylik 100 Mb miqdordagi ma’lumotni yuklayapsiz. Yuklab olish yarmiga keldi. Birdan tok ketdi. Nima bo‘ladi? Kompyuter o‘chadi va yuklash qoq o‘rtasida to‘xtab qoladi. Tok kelganidan keyin esa yuklashni yana qaytadan boshlashingiz kerak bo‘ladi.


Maslahat. Internetdan ma’lumotlarni RAM ga emas, to‘g‘ridan-tog‘ri vinchesterga saqlab boradigan brauzerni tanlang. Shunda, uzilish ro‘y berib qolsa, keyingi safar yuklashni kelgan joyingizdan davom ettiraverasiz. Masalan, Opera brauzeri shunday qila oladi.

Ana shunday holatlarda jonimizga oro kiruvchi qurilma UPS – barqaror ozuqa manbai (BOM) bo‘ladi. Bu qurilma kompyuter olamida aynan UPS deb mashhur bo‘lgani uchun, biz ham shunday ataymiz.

UPS ning uchta asosiy funksiyasi bor:

1) Uzluksiz elektr ta’minotini saqlab berish;

2) Ozuqa blokiga keladigan kuchlanishni filtrlash;

3) Kuchlanishning qiymatini barqaror ushlab turish.

Xo‘sh, bu funksiyalardan qanday holatlarda foydalanamiz? UPSning ahamiyatini baholash uchun avvalo unga qaysi hollarda muhtoj bo‘lishimizni bilib olaylik. Buning uchun elektr energiyasi ta’minotida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz:

* Tokning umuman yo‘q bo‘lib qolishi;

* Kuchlanish shaklining buzilib, o‘zgarib ketishi;

* Kuchlanishning nominal qiymatdan ortib ketishi (U>220 V);

* Kuchlanishning nominal qiymatdan kamayib ketishi (U<220 V);

* Elektrmagnit va radiochastotalarning halaqiti;

* Yuqori voltli impulslarning kelib qolishi;

* Yuqori chastotali impulslarning kelishi va hokazo.



Mana shu o‘zgarishlarning kompyuterga ta’sirini bartaraf etishda UPSdan foydalanamiz. Lekin, bozordagi hamma UPSlar ham birdek foydali emas. Bugungi kunda do‘konlarda sotilayotgan UPS qurilmalarini uchta sinfga ajratish mumkin.


Passiv UPS (Standby UPS, Off-line UPS yoki Back UPS deyiladi). Bular UPSlarning eng oddiy va eng arzon xili bo‘lib, ko‘pchilik o‘z uyiga mana shunday turdagi qurilmalarni xarid qiladi. Bunday UPSlar kuchlanishni barqarorlashtirib bermaydi, ya’ni, u tarmoqdan qanday tokni qabul qilib olsa, xuddi shunday amplituda va chastotali tokni ozuqa blokiga uzatib beradi. Normal rejimda o‘zgaruvchan kuchlanishni passiv elementlar yordamida filtrlaydi. Masalan, agar tarmoqdagi kuchlanish 180 V dan pasayib ketsa, UPS akkumulyator rejimida ishlashni boshlaydi. Demak, UPSning ichida 5-10 daqiqaga yetadigan tokni yig‘ishga mo‘ljallangan akkumulyatori bo‘ladi.
Chiziqli-interaktiv UPS (Line-interactive UPS yoki Smart UPS deyiladi). Bunday turdagi UPSlar tarmoq bilan «hamkorlikda» ishlaydi. Narxi passiv UPSnikidan yuqori, lekin ofis sharoiti uchun eng keng tarqalgan xilidir. Chiziqli-interaktiv UPS avtotransformator (buster) yordamida o‘zgaruvchan kuchlanishni uning miqdoriga qarab barqarorlashtirib turadi. Masalan, agar tarmoqdagi kuchlanish 220 V bo‘lsa, UPS ozuqa blokiga 220 V kuchlanishni uzatib beradi, tarmoqda 210 V bo‘lsa o‘zuqa blokiga 210 V uzatadi. Agar tarmoqdagi kuchlanish 200 V gacha tushib ketsa, kuchlanishni 20 V ga kuchaytirib, ozuqa blokiga 220 V kuchlanishni yetkazib beradi. Bunday UPSlar keng diapazonda o‘zgaradigan kuchlanishli tarmoqlarda ishlay olishi mumkin. Tashqi tarmoqda tok ketib qolsa, qo‘shimcha batareyalari bo‘lganligi uchun u ozuqa blokiga uzilishsiz 1-1,5 soatcha tok yetkazib berishi mumkin.
Sanoat UPSlari (On-line UPS yoki Double conversion UPS deyiladi). Bunday UPSlar maksimal darajadagi himoya vositasi bo‘la oladi. U kuchlanishni ketma-ket ikki marta o‘zgartiradi. Ya’ni, tarmoqdan kelayotgan o‘zgarivchan kuchlanishni 100% o‘zgarmas kuchlanishga aylantiradi. Bunda tashqi tarmoqdan kelishi mumkin bo‘lgan barcha buzilish va halaqitlar yo‘qoladi. Keyin esa o‘zgarmas kuchlanishni qaytadan o‘zgaruvchan kuchlanishga aylantiradi va ozuqa blokiga uzatib yuboradi. Bunday UPS lar eng qimmat hisoblanadi, hajmi ham katta bo‘ladi.
…Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib, UPS xarid qildingiz, deylik. Endi undan foydalanish qoidalarini o‘rganaylik. Chunki, har bir texnik qurilmada bo‘lgani kabi, UPSlardan ham unumli foydalanishning o‘z tartib-taomillari mavjud. Xarid qilingan UPS sizga uzoq vaqt davomida xizmat qilishi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling.
1) UPSning texnik pasportini va foydalanish yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘qib chiqing.
2) UPSdan foydalanishga kirishishdan oldin uni u keyinchalik ishlatiladigan joyga, masalan xonaga olib kirib 3-5 soatga shundayligicha qoyib qo‘ying. Chunki u mana shu vaqt ichida xona haroratiga moslashib oladi: agar UPS sovuqdan olib kirilgan bo‘lsa u «isinib» oladi, issiqdan olib kirilgan bo‘lsa biroz «salqinlab» oladi. Bundan maqsad – u ishlayotgan paytda uning harorati juda katta qiymatga o‘zgarmasligi kerak. Yaxshisi, ishlashidan oldin o‘zgarib olaversin.
3) Yangi UPSni kompyuterga ulashdan oldin uning akkumulyator batareyalarini to‘liq zaryadlab oling. Chunki har qanday yangi elektron qurilmaning akkumulyatori zaryadlanmagan, bo‘sh bo‘ladi. Agar UPSdan uni zaryadlab olmay turib foydalanishni boshlasangiz, u o‘zining filtrlash, to‘g‘rilash va barqarorlashtirish funksiyalarini to‘laqonli bajara olmaydi. Foydalanish yo‘riqnomasini o‘qigan holda, uni 12-14 soat zaryadlashga qo‘yib qo‘ying.
4) Ish stolidagi dinamiklar, printer, skaner, kserokopiya kabi qurilmalarni elektr toki tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulang, UPS orqali emas. Chunki bunday qurilmalar ko‘p tok iste’mol qilgani uchun zarur hollarda UPS barcha qurilmalarga yetarli tok yetkazib berolmay qolishi mumkin. Demak, UPSni faqat eng kerakli qurilmaga ulash kerak. Masalan, tizim bloki, serverlar, hab, svich, marshrutizator, tashqi modemlar, strimer, diskovod kabilarga.
5) UPSga haddan tashqari ko‘p yuk tushirmang. Ya’ni, UPSning quvvati unga ulanadigan qurilmalarning yig‘indi quvvatidan katta bo‘lishi kerak. Agar fizika darsida vatt bilan volt-amperning farqini bilib olgan bo‘lsangiz, bu ish sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
6) Yerga ulash, yani «zazemleniya» qilishga harakat qiling. Agar UPS yerga ulanmasa, samaradorligi kamayib ketadi.
7) UPSdan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qiling: UPS o‘zining texnik xarakteristikasida yozilgan sharoitlardagina ishlatilishi mumkin. Undan 0OC dan past va 40OC dan yuqori haroratli joyda foydalanib bo‘lmaydi.
8) UPS dan namligi yuqori joyda foydalanish mumkin emas.
Shuni ham unutmangki, UPS tashqi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan bo‘lsa ham, akkumulyatorining qisqichlarida hayot uchun xavfli bo‘gan 220 V kuchlanishli tok mavjud bo‘ladi.
UPS haqida aytmoqchi bo‘lganlarimiz – shular. Bu qurilma kompyuteringiz umrini uzaytirib, asablaringizni ancha asrashi tayin.
Savol va topshiriqlar

  1. Elektr tarmoqdagi tok xususiyatlarini ayting

  2. Doimiy tok bilan taminlovchi qurilma nima?

  3. UPS turlarini ayting

  4. UPS funksiyasini ayting

13-Kompyuterni yig‘ish tartibi. Komponentlarni o‘rnatish qoidalari


Reja:

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish