Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko



Download 7,38 Mb.
bet217/225
Sana04.11.2022
Hajmi7,38 Mb.
#860624
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   225
Bog'liq
Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kom

Nazorat savollari

    1. Tarmoq qurilmalarini haqida ma’lumot bering
    2. Modem turlarini ajarta olishni o’rganish

    3. SWITCH ni o’rganish



38-Mavzu: O‘tkazgichli tarmoq uskunalari (hub, switch, marshrutizator, ko‘prik). Marshrutizator (router) haqida boshlang’ich ma’lumotlar
Reja:

  1. Marshrutizator va router

  2. HUB

  3. Router marshrutizasiya

Marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi.

Dastur ko’rinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga o’rnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan bo’ladi. Bu ko’rinishdagi marshrutizator bizdan ortiqcha mablag’ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni har doim ham yoqig’ holatda saqlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham qurilma ko’rinishidagi routerlar afzaldir.


Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.
Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga ko’payib bormoqda. Cisco, Tp-link, D-link, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va boshqalar shular jumlasidandir.
Endi routerning ishlash prinsipini ko’rib chiqsak. Siz honadoningizga o’rnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi. Bu modemlar ko’pi bilan 8 Mbit/s tezlikni ko’tarib bera oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni ko’tarmaydi.
Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog’lab beradi, balki sizning lokal tarmog’ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani – firewalllar mavjud bo’lib, ular yordamida sizning tarmog’ingizga ruhsatlarni berishi mumkin.
Shu bilan birga router sotib olayotganingizda, uning Wi-fi router ekanligiga e’tibor bering. Chunki honadoningizda wi-fi bilan ishlay oladigan qurilmalar mavjudligi yoki bo’lmasam kelajakda albatta sotib olishingiz mumkinligini inobatga oling.
Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda bo’ladi: dinamik marshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.
Yuqorida marshrutizator tog’risida umumiy ma’lumot berdim. Sizni qizirtirgan savollar bo’lsa, ushbu maqolaga comment ko’rinishida berishingiz mumkin.
HUB - tarmoqqa ulanishga qobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo`llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo`lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so`ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi.
Eng oddiy qurilma deyilganiga sabab esa, Switch va Routerlardan farqli o`laroq, Hub marshrutizatsiya, IP Address taqsimlash kabilarni amalga oshirolmaydi. Bu uning asosiy kamchiligi - tarmoqda "shovqin"ning oshib ketishiga sababdir. Yana misol - 8 portli Hubga ulangan 5 ta PC mavjud. Shulardan 1-PC 4-PCdan katta hajmli ma`lumot ko`chiryapti. Hub, ma`lumot jo`natilayotgan packetlarni bir yo`la hamma portlarga jo`natadi, o`zini 4-PC deb "tanishtirgan" qurilmagina qabul qilib oladi, qolgan qurilmalar, "men emas" degan signalni Hubga qaytaradi. Bu paytda boshqa PClar ma`lumot almashinuv jarayonida juda katta sekinlik his etishadi.
Switch esa, packetni kerakli portga jo`natib berish xususiyatiga ega - bu bilan, tarmoqdagi (Switchga bog`liq bo`lgan) o`tkazuvchanlik quvvati saqlab qolinadi.
Kompyuterning ichki va tashqi portlari
Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz.

Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar:


Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.
Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1-rasmga qarang). Har bir portning o’ziga yarasha vazifasi bor.
IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya) ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:
SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.
Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda
ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma

Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.


Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash.
Kompyuterning ichiki portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi, xuddi tashqi portlarga o’xshab. Ichiki portlarda ham axborot (signal) lar uzatish uchun qo’llaniladi va har bir portning maxsus raqami mavjuddir. Har qanday ichiki qurilmaning o’zining porti mavjud. Bu portlardan protsessorning buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Agar microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini bersa, shu portdan ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o’lchami 1 yoki 2 bayt bo’lishi mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu portdan axborot o’qilishi lozimligini bildiradi.
Masalan, klaviaturada ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol natijasi namoyon bo’ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o’tadi. Klaviaturanig tugmasi bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN buyrug’ini beradi. Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga uzatiladi.
Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan boshlanadigan bir qancha portlar oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik rejim uchun. 1008 (3F0(16)) dan boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni boshqarish uchun, 1013(3F5(16)) da esa floppy diskka yozish va floppy diskdan o’qish uchun qo’lladinlar.
Agar kopmyuterda tashqi portlar mavjud bo’lmasa u kopmyuterda faqat o’zining ichida bor ma’lumotlar bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab bo’lmaydi. Bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud bo’lmasligi mumkin emas. Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin. Insonning qon tomirlari inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa kopmyuterning qurilmalarini axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki, insonning qon tomirlari bo’lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq portlari bo’lmasa u kopmyuter emas.
3.Interfeys bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog`lanish qurilmasidir.
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit:
Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”.
Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi
4.Kompyuter tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar almashish tarmog`i) – ikki yoki undan ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil fizik hodisalarni qo`llash orqali amalga oshiriladi: elektr signallari yoki elektromagnit nurlanishlarning turli xil ko`rinishlari orqali.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish