Bog'liq Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kom
Nazorat savolari Ko’p fungsiyali qurilmalarni qo’llay olish
Universal qurilmalarni ommalashtirishni o’rganish
32- Lazerli MFUni o‘rnatish va sozlash. Purkovchi MFUni o‘rnatish va sozlash Reja: Printerning asosiy hususiyatlari
Printer hotirasining vazifasi
Lazer peinterlarda ishlash jarayoni
Printer Kompyuterning bitta vazifasi-xujjatni pechatlangan ko‘inishini ham boshqacha qilib aytganda qattiq nusxasini yaratishdir.Shuning uchun printer kompyuterni zarur bo‘lgan jihozdan biri hisoblanadi. Bundan har bir kompyuterga bittadan printer bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqmaydi.
Hozirgi kunda bozorlarda printerlarning turli hillari mavjud.Ularni bosmaga chiqarish texnologiyasining asoslari, printer turlari va ularning funksiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bosmaga chiqarishning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Har joyda lokal tarmoqlari joylashgani uchun printerlar bir nechta foydalanuvchini ta’minlash mumkin.
Lazerli. Lazerli printer quyidagicha ishlaydi:lazer nuri yordamida fotosezuvchi baraban betni elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan mahsus bo‘yalgan kukun ”toner” deyiladi.Bu “toner” betlarda mavjud tasvir yoki harflarga yopishadi. Baraban aylanib qog‘oz varag‘iga yopishib tonerni o‘tkazadi. Toner qog‘ozga mahkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo‘ladi. Bunday tehnologiya nusxa ko‘chirish apparatlarida ishlatiladi. Okidata va Lexmark kompaniyalari chiqaradigan yorug‘diod printerlar ham huddi shu tarzda ishlaydi. Faqat lazer o‘rniga ularda yoritishdiodlaridan massiv ishlatiladi.
Siyoh-oqimli. Oqimli printerlarda siyohni yonlangan tomchilari sopl orqali qog‘ozga tarqaladi.Tarqatilish faqat tasvir yoki qaror shakllanishi kerak bo‘lgan joyda sodir bo‘ladi.
Nuqta matritsasi. Matritsali printerlarda bo‘yaladigan tasma orqali qog‘ozga uriladigan yumaloq ignalar guruhi ishlatiladi. Bu ignalar to‘g‘ri to‘rtburchakli setkaga yig‘ilgan. Buni matritsa deymiz. Ma’lum ignalari matritsaga bosilganda turli belgi yoki tasvirlar shakllanadi.
Bosishni eng zo‘r sifatli lazerli so‘ng oqimli, so‘ng esa matritsalilar ta’minlaydi. Lazerli printerlar narxi tushayapti, shuning uchun ular foydalanuvchilarning ko‘ngliga ularni arzon bo‘lib qolgan. Oxirgi paytda oqimli va matritsali printerlar asosan maxsuslashtirilgan bo‘lmoqda: oqimlilar rangli bosish uchun asosiy jihozga, matritsalilar esa asosan tez va arzon bosish uchun (masalan bank yoki magazinlarda cheklarni bosish uchun) ishlatishga aylanaypti.