2.3 Amudaryo o‘ng sohili antik davri moddiy madaniyati.
Qadimgi madaniyat va ma‘naviyat markazi bo‗lgan Ko‗hna Xorazm
necha ming yillik tarixi davomida o‗ziga xos madaniyat yaratgan.
Amudaryoning o‗ng sohilida joylashgan Bozorqal‘a, Qo‗yqirilganqal‘a,
Jonbosqal‘a kabi shahar qal‘alarning mustahkam mudofaaga egaligi, yirik
sug‗orish inshootlarining mavjudligi, olib borilgan arxeologik izlanishlar
natijasida topilgan hunarmandchilik buyumlari, amaliy san‘at namunalari
qadimgi Xorazmning naqadar gullab– yashnagani va taraqqiy topganidan
guvohlik beradi.
Xorazm moddiy madaniyati hamda binokorligidagi yangi o‗zgarishlar
va bu viloyatda oldingi davrlarda noma‘lum bo‗lgan moddiy an‘analar
52
miloddan avvalgi VI-V asrlar bilan sanaladi. SHu davrga oid Xorazmda
g‗isht va paxsadan qurilgan uy-joylar qazib ochilgan. Qurilish va
hunarmandchilik ancha rivoj topgan. Xorazm sopol idishlari Marg‗iyona,
Baqtriya va So‗g‗diyona kulolchilik buyumlariga o‗xshab, ulardan uncha
farq qilmaydi. Sopol idishlari va boshqa moddiy manbalarning hammasi
bitta asosiy xususiyati bilan umumiy madaniyatga mansubdir. Bu haqda
qurilish, uy-joylarning tuzilishi va mudofaa binokorligi ham dalolat beradi.
Bu davrda Xorazm tuprog‗ida Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarida juda
qadimgi zamonlardayoq rivojlanib ma‘lum bo‗lgan xususiyatlar va
an‘analarning keng tarqalishi, mahalliy aholining moddiy madaniyatiga joriy
qilinishi qiziqarli ilmiy muammodir. SHu muammoni o‗rganish va aniqlash
jarayonida tadqiqotchilar turli xil xulosa-fikrlarga keldilar.
Markaziy Osiyo viloyatlarining madaniy o‗xshashliklariga sabab
xalqlarning qo‗shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari,tili, savdo-sotiq,
madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivojlangan madaniyatning
ta‘siri, janubiy aholining bir qismining Xorazm chegaralari yonida va
aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi.
Bozorqal‘a yodgorligida ya‘ni mil.avv. IV asrdan charxda(qo‗l charxida)
yasalgan kulolchilik idishlar asosan katta hajmdagi xumlardan iborat bo‗lib,
ularning devorchalari deyarli to‗g‗r ichiziq bo‗ylab gorizontal kungiralar
tushirilgan, og‗zi keng va chambari jim-jimador va yassidir. Kulolchilikning bu
tipi shahar ichida ham juda ko‗p uchray-di, ular bilan bir xildagi yorg‗uchoklar
ham topiladi
1
. Arxeologik qazishmalar vaqtida qal‘adan Amirobod madaniyati
uslubiga va undan ham ilgarigi kulolchilikka oid sopol idishlari, uning atrofidagi
ikki kilometrdan ortiq keladigan katta maydondan ko‗plab sopol siniqlari
topilgan. Bular kulolchilik charxisiz ishlangan ancha kam uchraydigan och qizil
rangli yuqori sifatli va rang-barang shaklda bo‗lgan.
1
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнингсуғорилиш тарихи.Т.,1959,81б.
53
Bozorqal‘adan topilgan idishlar boshqa qal‘alarda juda ko‗p uchraydigan
qoramtir kulrang tusli qo‗lida ishlangan har xil kulolchilik idishlaridan keskin
farq qiladi.
Jonbosqal‘adan kulolchilik buyumlarini pishiradigan maxsus o‗choqlar,
juda ko‗p sopol idishlar, buyumlar va ular orasidagi san‘at asarlari ham topilgan.
SHuningdek, bu qal‘adan otashparaslik dini xudolari Anaxita va Mitralarning
haykallari topilishi otashparastlik dini ta‘sirini nihoyatda kuchayganligini
ko‗rsatadi. Demak, Jonbosqal‘a otashparaslik dini markazi bo‗lgan, deb ayta
olamiz
1
. Qo‗yqirilganqal‘a, Jonbosqal‘ada topilgan buyumlar mil.avv. IV-I
asrlarda qadimgi Xorazmda zardushtiylik dini keng tarqalganidan darak beradi.
Jonbosqal‘a markaziy ko‗chasi oxirida joylashgan imorat xarobalarini tekshirish
natijasida otash ibodatxonasi bo‗lganligi aniqlandi. Imorat o‗rtasidagi supachaga
qurilgan o‗choqda muqqadas olov doim yonib turgan. Ibodatxonaning ichki
devori tagida uzun supa, otashxona yonida esa ibodat qiluvchilarning diniy
marosimlarni o‗tkazishlari uchun ayrim xona ham mavjud bo‗lgan. Bu xonada
topilgan ko‗plab suyak qoldiqlari, unda diniy marosimlar uchun tayyorlangan
taomlar iste‘mol qilinganligidan darak beradi.
Arxeologik qazishmalar shuni ta‘kidlaydiki, Jonbosqal‘a Xorazm
vohasining sharqiy tomondagi harbiy chegara shaharlaridan biri bo‗lgan, u o‗sha
davrda harbiy strategik va iqtisodiy – madaniy va diniy markaz vazifasini
bajargan.
Arxeologiya–etnografiya
ekspeditsiya
rahbari
S.P.Tolstov
Qo‗yqirilganqal‘a
2
yodgorltgida (1952-1955) olib borgan tadqiqotlari natijasida
qazib olingan sopol idishlarini ikki guruhga: ilk va so‗nggi kangyuy davri
idishlariga ajratadi. Ilk kangyuy davri mil.avv. IV-II asr, so‗nggi kangyuy davri
mil.avv. II-I asrlarni o‗z ichiga oladi. Ilk kangyuy davriga oid sopol idishlari
xilma-xil bo‗lib, ular turli ko‗rinishdagi xum va xumchalar, dastasi arslon
boshini eslatuvchi uzun boyli ko‗zalar, tasviriy sa‘nat namunalari tushirilgan
1
Исмоилов С. Қадимги Хоразм қалъалари.Т.,2007,34б.
2
Толстов С.П. Работы Хорезмской экспедиции АН Уз по раскопкам памятника IV-IIIвв до н.э. Кой-
Крылган кала (март-май 1952г.) ВДИ. 1953.№1.С.160.
54
suvdon (flyaga)lar, pastki qismi ot, tuya boshini yoki grifon obrazini aks
ettiruvchi sopol riton (qadah)lardan iborat.
Qo‗yqirilganqal‘adan qo‗sh parrakli ilk skifkamon o‗qining uchi ham
birinchi marta shu erda topilgan edi. Xuddi shu erning o‗zida kulolchilik
hunarining ma‘lum punktlarda to‗planishi va ixtisoslanishning yuzaga kelishi
ochiq ko‗rinib turadi, idishlarni qo‗lda tayyorlash bilan bir qatorda, kulolchilik
charxi keng qo‗llaniladi. CHiroyli ishlangan bu-yumlarning ko‗pligiga qarab
yaxshi-yomonni ajratadigan nozik didli xaridorlarning butun bir tabaqasi paydo
bo‗lgan deb taxmin qilish mumkin. SHu vaqtning o‗zida (mil.avv. IV—III
asrlar) Xorazm janubdan oyoq charxi bilan ishlash, idishlarni bir rangli bo‗yoq
bilan bezash usullarini o‗rganib oladi shu vaqtning o‗zida qizil yoki to‗q jigar
rang angob bilan idishlar sirtini quyuq va silliq qilib bo‗yash bilan birga,
qadimgi mahalliy usul idish sirtini yaltiratish usuli yana keng qo‗llanila
boshlanadi.
Bu davrda sirti lak bilan yoki qalin angob qatlami bilan qoplangan,
oyoqchali yoki oyoqchasiz qadahsimon kosalar va katta qalin xumlar ishlab
chiqarish rasm bo‗ladi. Kulolchilikning bu yangi tipi asosan qal‘ada va katta
uylarda uchraydi, taxminan bularda hukmron sinfga tegishli aholi yashagan
bo‗lsa kerak. Bu buyumlarni ishlashda antik davrning yuqori hunarmandchilik
texnikasi qo‗llanganligi shubhasizdir
1
.
Bundan ko‗rinadiki, Qo‗yqirilganqal‘a antik davrda yirik hunarmandchilik
markazlaridan biri bo‗lgan. Qo‗yqirilganqal‘a qo‗lda va qo‗l charxida ishlangan,
shuningdek yangi texnikani qo‗llab, oyoq charxi bilan tayorlangan kulolchilik
tiplarining rivojlanishini juda aniq ko‗rsatib beruvchi o‗ziga xos yodgorlik
ekanligini arxeolog YA.G‗ulomov ham o‗z asarlarida ta‘kidlab o‗tadi.
Antik davrda kundalik hayotda qo‗llaniladigan har qanday sopol idishning
sirti qizil yoki to‗q jigar rang angob bilan bo‗yalgan, shuningdek idish sirtini
yaltiratish maqsadida uni lak bilan sirlash jihatiga ham keng ahamiyat bergan.
1
Ғуломов Я.Ғ.Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959.83б.
55
Angob- tayyorlangan sopol mahsulotining namligida sirtini qoplash uchun
mo‗ljallangan keramik massa bo‗lib, sopol idishlarining ba‘zan yuqori yoki
butunlay hamma qismi angoblangan. SHuningdek, sopol idishlariga tushirilgan
turli mazmundagi syujetlar qadimiy Xorazm aholisining tasviriy san‘atdan
boxabar bo‗lganligidan dalolat beradi.
Qo‗yqrilganqal‘aning markaziy gumbazi ostidan, sharq tomonidan
kiraverishdagi yo‗l ustidan topilgan ikkita flyagaga ayniqsa katta qiziqish
bo‗lgan. Ulardan biri relefli kompozitsiya bilan bezatilgan, kompazitsiyaning
markazida soqolli bosh bo‗lib, o‗ngdan va chapdan ko‗rinib turadi, chetda esa
grifon degan bahaybat afsonaviy mahluqning tasviri bo‗lgan. Boshqa flyagaga
markazi olti qirrali yulduzdan iborat bo‗lgan o‗simlik naqshi tasvirlangan.
Bunday relefli kompozitsiyalarning juda ko‗p fragmentlari topilgan. 1950 yilda
Qo‗yqirilganqal‘adan skiflarning bosh kiyimini kiygan, qiya holda nayza tutib
turgan chavandoz tasvirlangan relef diqqatga sazovor edi.
Tekshiruv vaqtida Qo‗yqirilganqal‘adan topilgan ashyolar Xorazm terrokot
skulpturalari kolleksiyasini ajoyib bebaho namunalardan desak bo‗ladi
1
.
Qo‗yqirilganqal‘a stratigrafik qatlamlarining o‗rta gorizontidan (mil.avv.
III-II asrlarga mansub) metallga o‗xshash ashyodan ishlangan, tubi va gardishi
ikki qator bo‗ylib darajalangan tova topilgan. Tova tubining o‗lchamlari 18,
og‗iz diametri 24, balandligi 6, qo‗chqor suratli sopining uzunligi 10 sm qilib
ishlangan. Idishning tubi, sopi va gardishi doirachali chuqurchalar bilan, ma‘lum
tartibda naqshlangan.
Natijada tovaning og‗zi gardishi bo‗ylab 88, tub yuzasida 4, 8,11 kabi 90,
45S. lardan iborat darajalangan sohalar shkalalar yuzaga kelgan
2
. Tekshiruvlar
topilmani quyosh soati, kalendar, olam tomonlarini ko‗rsatkichi, oshxona idish
sifatida esa undan quyosh ramzi tushirilgan non, yog‗ kulchalar tayyorlanishda
chuqurchalar bo‗rtiq pishiriqlarni ortiqcha kuyib ketishdan saqlash maqsadida
qilinganligini ko‗rsatadi.
1
С.П.Толстов. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,1964,371б.
2
Абдримов К., Авезмуротов О. Қадимги Хоразм археологик ѐдгорликларнинг баъзи бир хусусиятлари://
Илм сарчашмалари //2004,№1,55-56б.
56
Arxeologlar tomonidan milodiy III asrga oid dastlabki kalendar hujjatlar
topildi. Bu topilmalar qadimgi Xorazmda o‗zlarining yil va oy o‗tishini hisobga
olgan kalendari bo‗lganligidan dalolat beradi.
1
Qo‗yqirilal‘aning tashqi
doirasidagi xonalarning biriga o‗rnatilgan, balandligi 1- 1,5 metrcha keladigan
hamda ustalik bilan ishlangan vino idishlar – xumlar, qal‘a tevarak atrofida
uchraydigan tokzor izlari S.P.Tolstovning fikricha, qadimgi xorazmliklarda
uzumchilik ancha taraqqiy qilganligining namunasidir.
Qo‗yqirilganqal‘a tashqi halqasining vino saqlanadigan katta-katta xumlar
bilan to‗la xonalarining biridan topilgan qisqa bir yozuvni qayd qilib o‗tish
lozim, bu yozuv faqat Xorazmdagina emas, balki umuman butun O‗rta Osiyodan
topilgan yozuvlar ichida ham eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. YOzuv
xumga, uning chambari ostiga arameychadan kelib chiqqan, osonlikcha
o‗qiladigan xat bilan o‗yib yozilgan edi. U: ‗SPB R/DK – ―Aspabarak‖ yoki
―Aspabadak‖ deb o‗qiladi. S.P.Tolstovning fikricha, bu so‗z eronchadir –
so‗zning ot o‗zagi ham, uning oxiridagi affiks ham eronchadir. So‗zni ―Otda
ketayotgan‖ yoki ―Ot minib turgan‖ deb tarjima qilish mumkin; har ikki holda
ham u atoqli nom bo‗lib, xum egasini va unga qarashli otni ifodalashini qayd
qilib o‗tgan
2
.
YU.A.Rapoportning
ma‘lumotlariga ko‗ra arxeologik kuzatishlar
jarayonida birinchi bor Qo‗yqirilganqal‘adan topilgan oynalar nihoyatda katta
qiziqish tug‗dirgan, quyi devori qalin qavatning xonalariga yorug‗lik tushishiga
imkon bergan bu oynalar shimoliy gumbazdan boshqa hamma gumbazlarning
g‗o‗lchalari terilgan devorlarida o‗rnatilgan. Demak, qayd qilinayotgan davrda
boshqa qal‘alarda yorug‗lik tushishi uchun tuynuklar qo‗yilgan paytda
Qo‗yqirilganqal‘ada oynadan foydalanish juda katta yutuq desa bo‗ladi. YAna
YU.A.Rapoport olib borgan kuzatishlari natijasida Qo‗yqirilganqal‘adan
miloddan avvalgi dastlabki asrlarga oid birinchi ossuariylar topilgan
3
.
1
Машарипов О. Хоразмнома 1-том. ―Қадимги Хоразм‖. Урганч, 2005. 63б.
2
Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Кой-Крылган-Кала. М., Наука, С.1967. 17.
3
Ю. А. Рапопорт. ―Из истории религии древнего Хорезма‖. М.,Наука,1971.С.39-5.
57
Xorazmning Qo‗yqirilganqal‘a tevarigida ko‗p uchraydigan ossuariylari
o‗zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu ossuariylar qopqoqlarining
ko‗pchiligida haykalchalar qilingan. Qo‗yqirilganqal‘adan taxminan bir yarim
chaqirim shimolda qum tepalar orasida topilgan kvadrat shakldagi
ossuariylarning qopqog‗idagi chordona qurib o‗tirgan erkakning haykali juda
ajoyibdir. SHunisi qiziqki, kalta mo‗ylovli, soqoli xorazmcha qilib qo‗yilgan,
kiyimi naqshdor qilib to‗qilib, kamari uchida qo‗y boshini tasvirlovchi bezak
borligi haykalda ko‗rinib turibdi. Ossuariylar ichida otga o‗xshatib qilinganlari
ham bor. YU.A.Rapoportning bu fikriga S.P.Tolstov ham qo‗shilib o‗zining ―Po
drevnim deltam Oksa i YAksarta‖ nomli asarida shunday degan: ―Bu davrdagi
boshqa qal‘alarda tuya, qo‗y, qushlar va boshqa hayvonlar ko‗plab kuzatilsa
Qo‗yqirilganqal‘ada ot ko‗proq uchraydi‖.
1
YU.A.Rapoport va S.P.Tolstov ot
haykalchalarining ko‗p uchraganligini qayd qilib o‗tgan bo‗lsa, undan keyin olib
borilgan tadqiqotlarga ko‗ra (Iso Jabborov) ot haykalchasining ko‗p uchrashi
shu davrda yashagan kishilarning diniy e‘tiqodi bilan bog‗liq ekanligi ko‗rsatib
o‗tilgan.
2
Bundan xulasa chiqarishimiz mumkinki, ma‘lum bir davrda qal‘ada
yashagan kishilar zardushtiylik dini bilan birga otni ham muqaddas
hisoblaganlar.
SHuni alohida ta‘kidlash joizki, butun O‗rta Osiyoda ayniqsa, Xorazm
vohasida boshqa hududlarga qaraganda ko‗p ossuariylar topilgan. Masalan,
Qo‗yqirilganqal‘ada yuzlab dafn qutilar topilgan. Dafn marosimlarining
modddiy yodgorliklarda ta‘svirlanishi antik davrda mil.avv. IV asr –milodiy
IVasrlarda odamlarning diniy e‘tiqotlartda zardushtiylik, buddizim va boshqa
dinlarga sig‗inganliklaridan dalolat beradi. Moddiy yodgorliklar misolida dafn
marosimlarini yuksak darajada tasvirlangani o‗sha paytda aholining bilimi asta-
sekinlik bilan rivojlana borganligini ko‗rsatadi.
1
Толстов С. П. По древним дельтам Окса и Яксарта. М.,1962.С.117-136.
2
Жабборов И. Юксак маданият ва ноѐб маънавият маскани. Т.,Ўзбекистон,2012. 45-56 б.
58
Amudaryo o‗ng sohilidagi Qirqqizqal‘a yodgorligi kangyuy davri ya‘ni
mil.avv. IVasr milodiy I asrga tegishli. Qo‗rg‗ondagi qazish ishlari natijasiga
ko‗ra topilgan kulolchilik buyumlari ikki guruhga ajratiladi:
- Birinchi guruh, juda ko‗plab topilgan, xumchalar, tuvak, devorga
osiladiga xumlar, katta quloqli xumlar nok va tuvaksimon ko‗rinishda usti angob
bilan qoplangan. Og‗zininga atrofii uchburchakli naqishlar bo‗lgan, xumlar
vertikaliga
manjetli
bo‗lib
qizg‗ish
rangda
angoplangan.
Qo‗yqirilganqal‘atopilmalarigayaqin.
- Ikkinchi guruh, dumoloq, to‗rta quloqli xumlar bo‗lib ya‘ni
Qo‗yqirilganqal‘aning mil.avv. I-III asr kulolchiligiga yaqin, kulrang
marmarlarlardan laganlar juda keng tarqalgan mil.avv. IV milodiy I
asrlargacha
1
.
Ayozqal‘a haqidagi arxeologik ma‘lumotlarda bu joyda birinchi marta non
yopiladigan tandir topilgani tilga olinadi. SHuningdek, bu qal‘adagi xonalardan
doimiy yonib turadigan muqaddas o‗choq bilan birga xonalarni isitish uchun
mo‗ljallab qurilgan pech o‗rinlari topilgan
2
.
Govurqal‘aning shimoli-g‗arb burchagida to‗rt burchak qurilgan zal alohida
ajralib turadi. Zal devorlari suvoq qilingan va unga naqish berilganligi bilinib
turibdi. To‗rt devorda to‗rt tokcha bo‗lib, o‗rtada toshdan ustalik bilan yasalgan
ikkita tagkursi qo‗yilgan. Zalni qazib tekshirganda haykal topilgan. Loydan
yasalib, erkak kishining boshini tasvirlovchi bu haykal alohida diqqatga sazovor.
Bugungi kunda Xorazmdagi so‗nggi izlanishlar Oqchaxonqal‘ada olib
borilgan bo‗lib, qal‘a antik davrga (mil.avv.IV mil.III-IV asrlar) tegishli ekanligi
topilgan arxeologik materiallarga tayanib, arxeologlarimiz V.YAgodin, A.Betts
va G‗.Xodjaniyazovlar asoslab berdi. Aqchaxonqal‘adan sopol buyumlaridan
tashqari ―Portretlar‖galereyasi topilgan bo‗lib, uzun yo‗lak bo‗ylab tasvirlangan
ya‘ni qandaydir marosimlarni anglatadi, ularda qora hayvon, ehtimol ot bo‗lsa
kerak, u marosimni boshqarib bormoqda. Uning ortida juda yomon saqlangan
1
Ғ.Ходжаниязов.‘Кырккыз-кала-городище раннеантичного Хорезма‖,Археология
Приаралья.вып.IV.С.82-90.
2
Исмолилов С. Қадимги Хоразм қалъалари.Т.,2007.39б.
59
qizil hayovon, ko‗kimtir-kulrang hayovon, pushtirang-qizil hayvon va yana bir
qora ot bormoqda, oldida ehtimol, pastak etikda, qizil-qora shalvardagi odam
oyoqlarining tasviri saqlangan. Bundan tashqari portretlar devorda to‗rt undan
ziyod qatorda, qora qo‗sh chizilgan ramkaga olinib, ostin-ustun joylashtirilgan.
Jami 30 nafar kishining kichik parchalardan to to‗liq portretgacha bo‗lgan
tasvirlari topilgan. Tsvirlar ko‗krak baravar bo‗lib, boshi yonlama ifodalangan,
gavdasi o‗ng qaragan holda. Boshining o‗ngga yonlama tasviri hamda
gavdaning ko‗krak baravar burilishi so‗nggi davr Xorazm tangalaridagi shohlar
portreti uchun xosdir
1
. Ayrim portretlarda toj ham, toj ustida qush ham
tasvirlangan, Xorazm shohlarda qush ya‘ni xumo qushi davlat ramzi
bo‗lib,ehtimol, podsho portreti tasvirlangandir.
Qal‘ani qazish vaqtida ichki qal‘adan bosh otashkada qoldiqlari, 43x43 m
hajmdagi ilk xorazmshohlar saroyi va ―100 kolonnalli ibodatxona‖ topidi. Saroy
devorlari rangli rasmlar, shoh va uning yaqinlari suratlari bilan bezatilgan.
Rasimlar orasida qadimgi xorazm yozuvi namunalari ham uchraydi. Odamlar
orasida shohona kiyimda boshiga toj kiygan shoh surati ayniqsa ahamiyatlidir
2
.
Ibodatxona atrofidagi yo‗lak devorlari odamlar va hayvonlar, aniqrog‗i
qandaydir bir marosimda ishtrok etayotgan chavondozlar tasvirlangan
hashamatli rango-rang syujetli bezaklar bilan qoplangan. Ibodatxonaning
qurilgan sanasi mil. avv. IV-III asrlarga oid bo‗lganligidan u Markaziy Osiyo
uchun eng qadimgi monumental rassomchilik va haykaltaroshlik namunasi
hisoblanadi.
Tuproqqal‘a yodgorligidan 8 ta saroy topilgan bo‗lib, butun topilgan
tantanavor saroylar guruhi, ilgari barchasi hashamatli ―SHahanshohlar zali‖ ga
taalluqli bo‗lgan. Ayrim bo‗lingan panjarasimon ravoqlar, baland devorlarga
birlashtirib ishlangan haykalchalar guruhi, Xorazm shohlari atrofida ayollari
bilan tasvirlangan. Bu erda haykaltaroshning ajoyib mahorati tasvirlangan.
Haykalchalar devorning ravoqlarida saqlanib qolgan. YAna bir joyda, saroy
1
Ягодин В.,Беттс А. //Хоразмнинг номаълум ҳукумдорларининг суратлари.// Фан ва Турмуш.//№3-4-
5.2008.113б.
2
Ягодин В.Н.,Беттс Г.Ташкырманский древни оазис: Казаклы-яткан, Тошкырман-тепе. Тез. Докл.
Международ. Симпозиум. Нукус-Бостон-Беруний.2007.. С.109-110. .
60
binosiga yorqin havorang tus berilib, qizil va oq lola gullari naqshi tushirilgan,
bundan tashqari odamlar, qushlar, hayvonlar tasviri rassomlik san‘ati darajasiga
chiqarilgan.
1
Binoning ―Zafarlar zali‖ devorida taxtda o‗tirgan shoh va g‗alaba ilohasi
tasviri bo‗rtib chiqqan, bu tasvirlar bizga fors va ilk Xorazm tangalari tasvirlarni
eslatadi. O‗ng tomonda ―O‗ymakorganch zali‖ dan chiqishda ―qora tanli
jangchilar zali‖ bo‗lgan. Bu saroyning ravoqida shoh tik turgan holda, ular
orasida esa qora tanli harbiylar temir tangachali sovut kiygan, qamishdan
to‗qilgan qadimgi sharq podsholari bosh kiyimiga o‗xshash bosh kiyim
kiyishgan. Bu turdagi harbiylar kelib chiqishiga ko‗ra, S.P.Tolsovning fikricha
janubiy Hindistonda yashovchi tili va madaniyati bir-biriga yaqin xalqlar turiga
kiradi
2
. Manbalarning guvohlik berishicha, so‗nggi Kushon davrida Xorazm
qo‗shinida hind harbiylari ham xizmat qilgan. SHu joyda Qo‗yqirilganqal‘adan
topilgan qora tanli jangchilar haykalchalarini ham eslatib o‗tish joiz. Balki bu
qora tanli jangchilar Xorazmni o‗z tasarrufida ushlab turish uchun keltirilgan
qo‗shin bo‗lishi ham mumkin.
Saroyning janubiy qismida ―Haramxona‖ joylashgan. Xona devoriga
hashamatli kiyingan ayol kishining yon tomondan tushirilgan surati
tasvirlangan. Haramxonaning sharqida ―Qurol-aslaha xonasi‖ joylashgan.
Sababi bu joydan harbiy asbob – anjomlar, qurollar, o‗q – yoy topilgan. Bu
binoning ikkinchi qavati saqlanib qolmagan. YUqori qavat arxiv bo‗lganligi
aniq. YUqori qavat qulab tushganligini sababli, qurol aslahalar uyumiga
qadimgi Xorazm hujjatlari aralashib ketgan
3
.
1948-1949 yillarda qilingan eng ajoyib kashfiyot, saroyning yuqori
qavatidagi xonalarning biridan qadimgi xorazmliklarning teri va yog‗ochga
yozilgan arxivining topilishidir. Hammasi bo‗lib 140 ta hujjat topilgan, shundan
122 tasi teriga yozilgan, ularning ko‗pi chirib ketgan. Ulardan 18 tasi yog‗ochga
yozilgan bo‗lib, juda yaxshi saqlangan. Teriga yozilganlarning faqat 8 tasigina
1
С. П. Толстов «Древний Хорезм». М.,Наука,1948. с 119-124.
2
С. П. Толстов. ―Қадимги Хоразм маданиятини излаб‖. М.,Наука, 1948. 180 б.
3
С.П.Толстов. По Древним дельтам Окса и Яксарта. М., 1962. С 204-227.
61
omon qolgan, Qolganlari loyga qorishib qatlamlar orasida chirigan holda topildi.
Bu hujjatlarning asosiy qismi ma‘muriy ho‗jalik masalalariga doir bo‗lib,
oromiy tipidagi alifbeda yozilgan. Demak, Tuproqqal‘adan topilgan arxiv
hujjatlarini ikki guruhga ajratsa bo‗ladi:
a) YOg‗ochga yozilgan tekstlar bo‗lib, dona –dona qilib yozilgan hattotlik
yozuvi bo‗lib, qo‗shaloq harflar yo‗q hisobi. Qator qilib yozilgan, hujjatda
belgilar deyarli takrorlanib kelgan. Matnning xarakterli tomoni shundaki, yangi
gap abzatsdan boshlab yozib ketilgan. Mulkdorning ismidan keyin katta
miqdordagi sonning yozilish usuli erondan kirib kelgan bo‗lishi mumkin. Bu
aftidan soliqqa oid majburiyatlar daftari bo‗lsa kerak.
b) Teriga yozilgan matnlar bo‗lib, bu yozuvning xususiyati shundaki,
ko‗makchi predloglar takrorlangan. Raqamli belgilar bo‗lib, belgilar hisoblab
chiqilganiga qaraganda bu yozuvlar oziq – ovqatni hisob – kitob qiluvchi daftar
bo‗lsa kerak.
1
Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Tuproqqal‘adan Kushon
tangalari talaygina topilgan bo‗lib, yangi eraning III-V asrlariga oid ilk Xorazm
tangalari esa ulardan ham ko‗proq topilgan. Mazkur qalin tangalarning bir
tomoniga tamg‗a tushirilgan, tamg‗adan tashqari, ba‘zi tangalarda Arsamuxning,
boshqalarida Vazamarning, yana bir xillarida esa qadimgi Xorazmda hukm
surgan,biroq nomi bizga ma‘lum bo‗lmagan boshqa podsholarning tasvirlari
tushirilgan.
Xorazm xududida Kadfiz II Kanishka, Xuvishka, Vasudeva nomli
podsholarning ismlari zarb qilingan 60 ga yaqin tangalar topilgan. Ko‗p
tangalarda ilgari mahalliy sulola – siyovushlarga oid tamg‗a mavjud bo‗lgan. Bu
esa Kushon davrida ham Xorazm o‗zining mustaqilligini saqlab qolishga intilib
kelayotganligini ko‗rsatadi.
2
Demak, topilgan tangalar asosida Kushon hukmronligi o‗rnatilgandan
boshlab, to afrig‗iylar davrigacha Xorazmda zo‗r tarixiy hodisalar ro‗y
1
Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. ―Топрак-кала. Дворец.‖ XIV
том.М.,Наука,1984. С. 21-22.
2
Жабборов И. Буюк Хоразмшоҳлар давлати.Т.,Шарқ.1999. 81-96 б.
62
berganligini, hokimlik bir necha marta bir qo‗ldan ikkinchisiga o‗tganligini
isbotlash mumkin. Tanga namunalari, xo‗jalikka oid arxiv hujjatlari, afrig‗iylar
davlatida boshqarish va soliq sistemasi takomillashgan va muayyan tartibga
solinganligini tasdiqlaydi.
Xorazmning antik davr yodgorliklaridan Ayozqal‘adan
1
topilgan qishloq
xarobalari kompleksi ayniqsa xarakterlidir. Dehqonchilik bilan shug‗ullangan
qo‗rg‗ondagilardan biridagi qazib ochilgan uyning madaniy qatlamida topilgan,
ikkita Kanishka tangasi milodiy I asri oxirlari va II asr boshlariga mansub
ekanligini aniqlangan. Tevarak – atrofdagi taqirlardan ham II asrga oid
ko‗pgina tangalar topilgan, bu tangalardan ba‘zilari Xorazm tangalariga
o‗xshatib zarb qilingan bo‗lib, siyovushlar tamg‗asining latincha S harfi
shaklida.
Milodiy II asrdayoq xorazmshoxlar Kushon tangalarining har ikki
tomoniga o‗zlarining S simon tamg‗alarini tushiradilar. II asrning oxiri va III
asrning boshlariga kelib podsho Arsamux I va uning xotini zarb qildirgan
tangalar paydo bo‗ladi; bu ayol o‗z tangalariga qallig‗ining ismini yozdirgan.
Bular xorazmda xat tushirilgan eng dastlabki tangalar bo‗lib. Xorazm
yozuvining eng qadimiy yodgorligidir
2
.
So‗nggi kushon davriga tegishli bo‗lgan Anqaqal‘adan eramizning III
asriga oid bo‗lgan boshiga burgutsimon temir qalpoq kiygan shohning rasmi
solingan Xorazm mis tangalaridan ikkitasi topilgan, shuningdek boshiga toj,
qo‗lida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va bu
tangalarning shu joyda zarb qilinganligi – mahalliy sulola xokimiyati
o‗rnatilganligidan guvohlik beradi
3
.
Qadimgi Xorazmda dastlabki tangalar mil.avv. II-I asrlarda paydo bo‗lgan.
Ular mil.avv. 171-155 yillarda hukmronlik qilgan YUnon-Baqtriya podshosi
Evkratid tangalari nusxalarini ifoda etadi. Qadimgi Xorazm tangalari qariyb
ming yillik davri davomida (mil.avv. II-I asrlar – milodiy VIII asr) aynan bir xil
1
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,Наука,С. 102 – 111.
2
С. П. Толстов , Монеты шахов древнего Хорезма и древнехорезмский алфавит ВДИ, 1938,№ 4.
3
ИсоЖоборов.Антикмаданиятвамаънавият хазинаси.Т.,1999,90-93б.
63
ikonografik turda: oldi tomonda – hukmdor va orqa tomonda –chavandoz. Bu
omil Xorazmning ma‘naviy madaniyatida muqaddas chavandoz obrazi ulka
ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi, bu hol tadqiqotchilar tomonidan O‗rta
Osiyoning ana shu qadimiy davlatining mustaqilligi va yuksak qudratliligiga
dalil ekan necha bor ta‘kidlab o‗tilgan
1
.
Xulosa o‗rnida shuni aytish lozimki, Xorazm antik davri moddiy
madaniyati uning uzoq o‗tmishidagi aholining yashash tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy hayoti haqida ma‘lumotlar beradi. YOdgorliklardan topilgan sopol
parchalari, tangalar, chetdan keltirilgan marjon toshlari hamda qal‘alarning katta
kanallar bo‗ylab joylashishi, strukturasidagi murakkab mudofaa devorlari va
boshqalar Xorazmning antik davrda mustaqil davlat sifatida faoliyat
ko‗rsatganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |