64
XULOSA
Qadimgi Xorazm ijtimoiy – xo‗jalik hayoti va madaniyatining rivojlanishi
shaharsozlik rivojiga tabiiy ta‘sir ko‗rsatadi. Mamlakat ichki dehqonchilik
vaholarining ma‘muriy hamda savdo – hunarmandchilik markazi sifatida o‗nlab
yirik shaharlar (Aqchaxonqa‘a, Ayozqal‘a 3, Guldursinqal‘a, Katta Qirqqizqal‘a
va boshqalar), davlat chegaralarida, voha bilan ko‗chmanchi dasht aholisi
tutashgan mintaqada davlatning chegara qal‘a istehkomlari (Qo‗rg‗oshinqal‘a,
Kichik Qirqqiz, Ayozqal‘a 1, Burliqal‘a,Qizilqal‘a) tizmi bunyod etilgan.
CHegara shahar – qal‘alar harbiy – mudofaa maqsadlarida tashqari ko‗chmanchi
chorvador qabilalar bilan qizg‗in savdo – iqtisodiy aloqalarni yo‗lga qo‗yish va
rivojlantirish funksiyasini ham bajarganlar.
Mazkur davrda Xorazmda jamoat inshootlari, shu jumladan mahalliy
aholining eng qadimgi diniy tasavvurlari va ilmiy dunyoqarashlari bilan bog‗liq
bo‗lgan.
Ma‘lumki, qadimda shaharlar va davlatninglar ma‘muriy boshqaruv tizimi
dastlab diniy – harbiy rahnomalar zimmasida bo‗lgan. Ular o‗z davrining diniy
faylasuflari, ilg‗or, ma‘rifatli kishilari sifatida samoviy jisimlarni o‗rganish,
ulardan jamiyatni, iqtisod va xo‗jalikni boshqarishda foydalanish yo‗llari ustida
izlanish olib borganlar. Astronomiya ilmi bilan shug‗ullanish Qo‗yqirilganqa‘a
inshootida o‗z aksini topadi.
Qadimgi Xorazm davlatining qo‗shni o‗lkalar bilan savdo – sotiq aloqalari
ham faol bo‗lgan. Amudaryoning har ikki sohili bo‗ylab Xorazmning janubiy
o‗lkalar bilan bog‗lab turuvchi karvon yo‗llari o‗tgan bo‗lib, bu yo‗llar Buyuk
ipak yo‗lining muhim bo‗g‗inini tashkil etadi
1
. Amudaryoning sohili bo‗ylab
antik davrga oid shahar – qal‘a harobalarining ko‗plab qayd qilinishi va ular
orasidagi masofa bir kunlik yo‗lni tashkil etishi shundan dalolat beradi.
Amudaryo kemachiligi ham uzoq o‗tmishga dahldor. Uzboy suv yo‗li
Xorazmni Kapiy dengizi orqali Gurogon, Parfiya, Midiya, Kavkazorti orqali
1
Мавлонов Ў. Марказий Осиѐнинг қадимги йўллари.Т.,Академия,2008.105-107б.
65
Ikki daryo oralig‗i, Qoradengiz bo‗yi va Old Osiyo mamlakatlari bilan
bog‗langan.
SHunday qilib, mil.avv. V- IV asrlarda tashkil topgan Qadimgi Xorazm
davlatida o‗ziga xos fortifikatsiya tizimiga ega bo‗lgan shaharsozlik madaniyati,
ulkan hududni diniy va dunyoviy hokimiyat ostida birlashtirgan davlat
boshqaruvi, umumaholi uchun yagona davlat mafkurasi sifatida Zardushtiylik
dini har jihatdan mukammallashgan tizimga kirdi. YAgona til va yozuv, mil.avv.
I – II asrdan tanga pul muomalasi, Xorzm mahalliy yil hisobi (kalendar) joriy
etildi. Xorzm moddiy va ma‘naviy madaniyatidagi o‗ziga xoslik va uyg‗unlik
an‘anasi shaharsozlik madaniyati taraqiyotida muhim bo‗g‗inini tashkil etdi.
SHaharlarning ko‗pchiligini umumlashtirib turuvchi bir qator xususiyatlar
mavjud bo‗lib, bular: 1) Tashqi xavfdan himoya qilish maqsadida ichki va tashqi
mudofaa inshootlari bilan o‗ralganligi; 2) Boshqaruvni ta‘minlashga qaratilgan
ark tipidagi, alohida mudofaa tizimiga ega bo‗lgan mustahkamlangan ichki
inshoot majmui; 3) SHaharlarning ijtimoiy tabaqalanishi, mehnat taqsimoti,
savdo – tijorat ehtiyojlari bilan bog‗liq holda ichki shahar aholisi yashaydigan
shahriston qismining bo‗lishi; 4) SHahar atrofida devor tashqarisini o‗rab
turuvchi muhitda yashagan aholi mavzelarining ichki shahar bilan aloqadorligini
t‘minlovchi rabod tizimi hamda tashqi dushmandan asrovchi tashqi devor bilan
o‗rab olinganligi; 5) Mudofaa inshootlarining tarkibiy tuzilishi - paxsa – g‗isht,
tashqi xandaq tizimi, shaharga kirish yo‗llarining tuzilish tamoyillarining
umumiyligi va boshqalar. Bu xususiyatlarning barchasi O‗rta Osiyoning
qadimiy urbanistik jarayonlari kabi Xorazm vohasi shaharsozligiga ham xosdir.
Bu xususiyatlar ayniqsa, asosiy poytaxt shaharlarda to‗la va yaqqol ko‗rinadi.
Yozlik mavsumlarda yoki harbiy holatlar xizmat qiladigan rezidensiyalarda
ba‘zan barcha belgilarga emas, eng muhim funksional xususiyalarga tuzilmalari
alohida e‘tibor berilgan.
Turli ichki va tashqi omillar sababli, saltanat parchalangan, yangi davlat
yuzaga kelgan. Bularning bari o‗lkada shaharsozlik jarayoniga ham ta‘sir
ko‗rsatgan. Poytaxt vazifasi shahardan shaharga ko‗chgan. Ammo tamal toshi
66
salkam 3 ming yil avval qo‗yilgan Xorazm vohasi shaharsozligi sog‗lom va
oqilona taraqqiyot yo‗llarini sobitlik bilan davom ettiravergan yaxlit tarixiy
hodisadir.
Xorazmning shaharlari uzoq davrlar ichida o‗z boshidan murakkab siyosiy
– ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jarayonlarini kechirgan. YUksalish
va rivojlanishning tashkiliy omili, madaniy va ma‘naviy hayot markazlari
sifatida ular har qanday sharoitda ham o‗zlarining siyosiy, madaniy markaz
vazifalarini bajarib kelganlar.