Huawey va Oxford Economics



Download 27,54 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi27,54 Kb.
#301077
  1   2
Bog'liq
1 mavzu Raqamliy iqtisod


raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot- kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.


Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan


Yuqoridagi axborotlashgan jamiyat bilan bog'liq bo'lgan masalalarni oydinlashtirgandan so'ng, elektron tijotat va elektron biznes olamiga sayohatimizni boshlaymiz. Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur'atlar bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy qo'llanilish sohalaridan biri -elektron tijorat, elektron biznes hamda blokcheyn va kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar bo'lib, ularda faol va ishning ko'zini bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning ma'no-mohiyatini bilish juda muhimdir.


Tadqiqotlar shuni ko'rsatayaptiki, elektron tijorat sohasidagi information tizimlarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyot rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Misol sifatida shuni ko'rsatish mumkin: 2017 yili Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta'sir) hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir1 AQSH dollarliga teng bo'lgan har bir investitsiya bo'yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil ichida 20 AQSH dollarigacha ko'tarilganini ko'rsatdi. Raqamli texnologiyalar uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROI - return of investment) an'anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko'proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o'rtacha dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o'sdi. Borgan sari ko'proq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog'ston va Qirg'izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo'yicha o'rtacha qiymatdan ancha pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to'liq qondira olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng polosali maishiy aloqa tarmog'ni ko'rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib borishining o'rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o'rtacha 41,1% dan ham kamdir. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir. O'zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni rivojlantirish orqali erishish mumkin.


Mongoliyalik operatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, WTTX texnologiyasiga ega 80 000 ta intellectual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa cho‘ponlarga bozor haqidagi ma'lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda,
Амалда ракамли узгартиришнинг иккита йуналиши мавжуд. Биринчи йуналиш бу - мавжуд бизнес-жараёнларда одамлар иштирокини минималлаштириш учун уларни автоматлаштириш ва роботлаштиришдир. Иккинчи йуналиш - экспоненсиал ташкилот яратиш максадида олинган бошкарув тизимини масштаблаштиришдир. Экспоненсиал ташкилот деганда, биз уларни масштаблаштириш туфайли улар худди шу сохада ишлайдиган бошка ташкилотлар билан таккослаганда камида ун баравар юкори унумдорликка эга булишини тушунамиз.
Айтиш мумкинки, ракамли иктисодиётнинг ривожламиши учта асосий сегментда куриб чикилади:

  • реал товарлар ва хизматлар таъминотчилари ва харидорлари сектори;

  • дастурий таъминот ва технологиялар ишлаб чикувчилар сектори;

3 конунчилик базаси, кадрлар тайёрлаш тизими, барча турдаги маълумотлар узатиш ва саклаш каналлари куринишидаги инфратузилма.


Ва у куйидаги йуналишларни уз ичига камраб олади:

  • Бигдата;

  • сунъий интеллект;

  • блокчейн;

  • квант технологиялари;

  • ишлаб чикариш технологиялари;

  • саноат интернети;

  • робототехника;

  • симсиз алока;

  • виртуал реаллик.

Куплаб ахборот тизимлари оператсияларни инсондан кура яхширок, тезрок ва арзонрок бажаради, бу эса хатолар сонини минималлаштирши туфайло мисли курилмаган даражада тезкор харакат килишга эришиш имконини беради. Хозирги пайтда талабаларга ёрдам бериш учун робот- ёрдамчилар, робот-журналистлар ва хатто вазифаларни одамлардан кура самаралирок таксимлайдиган робот-рахбарларга мисоллар мавжуд.У ёки бу жараён давомида бир-бири билан узаро алока киладиган ахборот сервислари туплами сервис бизнес-жараёнларини ракамли узгартиришнинг натижаси хисобланади. Куплаб банклар хозирда карз олувчини бахолаш жараёнларини инсон иштироисиз амалга оширмокда. Янги шаклаги компанияларда такси чаки

Download 27,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish