Huawei U128 Mahsulot sharhi



Download 218 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi218 Kb.
#1573

Huawei U128

Mahsulot sharhi

    1. Kirish


U1280 HUAWEI tomonidan ishlab chiqarilgan ikki 3G ishlash rejimili, o’rta va kenja model mobil telefonidir. U Qualcomm 6240 mikrosxemalar to’plamiga asoslangan. Ham WCDMA, ham GSM/GPRS chastota doirasini qo’llaydi.

U1280 bir nechta vazifalar va ko’plab multimediaga ishlov berish uchun quyidagi funktsional imkoniyatlariga ega:



  • Videotelefon va oqimni aks ettirish kabi multimedia xizmatlari

  • MMS, electron pochta va Internetga ulanish kabi tijorat vazifalari

  • MP3/MP4 aks ettirish, Bluetooth, audio/video lavhani aks ettirish, FM radio va Java o’yinlar kabi ko’ngilochar vazifalar

Bundan tashqari, U1280 sizga katta hajmdagi xotirani taqdim etadi. MicroSD kartasi uning xotirasini kattalashtirish sifatida foydalanilishi mumkin.

U1280 istagan paytda, har yerda mobil xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi:



  • Ham WCDMA tarmog’ida, ham GSM/GPRS tarmog’ida MMS, Internetga ulanish, ovozli aloqa, elektron pochta, va taqvimiy rejani tuzish kabi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

  • WCDMA tarmog’ida video qo’ng’iroqlar, trafik oqimi bo’yicha xizmatlar, Internet-MTV va filmlarning e’lon lavhalari kabi ko’plab xizmatlarni sinab ko’rishingiz mumkin.

Balandroq tezlik, ishonchliroq ish va telefonning osonroq ishlashi radio tarmoqdan ko’proq foydalanish imkoniyatini beradi.

U1280 MOBILE TV, SyncML 1.1.2 ni qo’llaydi.


Xizmatlar va ilovalar

0.1 Video telefon


  • Video qo’ng’iroq paytida boshqa tomonnning video tasvirini sinxron aks aks ettirish.

  • Ovozli qo’ng’iroqning avtomatik boshlanishi: Video qo’ng’iroqni amalgam oshirish imkoniyati bo’lmaganda, U1280 uning o’rniga avtomatik tarzda ovozli qo’ng’iroqni ishga tushiradi.

  • Audio qabul qilishning uch rejimi: radio karnay, simli quloq uchun moslamalar, va quloq uchun Bluetooth moslamalari (istak bo’yicha).

  • Video qo’ng’iroq paytida multimedia lavhalarini aks ettirish.

0.2 Oqimli aks ettirish vazifalari


  • Noreal vaqt rejimida multimedia oqimlarini uzatishda tez oldinga o’tish, tez orqaga o’tish va pauza qilish

  • Multimedia oqimlarini to’liq ekranda ko’rsatish va to’liq ekranli rejimda tez oldinga o’tish, tez orqaga o’tish va ovoz balandligini sozlash

  • To’liq ekranli rejimda tasvirlarni aylantirish

  • To’liq ekranli bo'rtib turadigan tasvir shaklidagi yo’riqnomalar

0.3 FM Radio


HUAWEI U1280 quyidagi FM radio vazifalarini qo’llaydi:

  • To’rtta sozlash rejimlari: avtomatik sozlash, qo’lda sozlash, qadamma-qadam yurgizishni sozlash, yoki aniq chastotani o’rnatish

  • Radio karnaydan quloq uchun moslamaga o ‘tish.

  • Kanallar ro’yxati.

0.4 WAP brauzer


  • PUSH: xizmat haqida ma’lumot (SI) va xizmatni yuklash (SL)

  • Ro’yxatdan o’tish: WAP ro’yxatdan o’tish/ OTA brauzerining sozlamalari va zakladkalari

  • Radio telefon ilovasi (WTA): tonal raqam terish/yuborish/telefon raqamlarini telefon ma’lumotnomasida saqlash

  • Internetdan yuklangan fayllarni saralash: U1280 fayllarni ularning turlariga qarab saralashi va ularni tasvir, musiqa, video va Java kabi muvofiq papkalarda saqlashi mumkin

0.5 MMS xizmati


  • Yetkazilganlik haqida hisobot

  • Amal qilish muddati

  • Foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan papkalar

  • Guruhga MMS xabarni yuborish

0.6 SMS xizmati


GSM/GPRS, WCDMA CS va PS U1280 domeni asosida U1280 qisqa xabarlar xizmati (SMS) qo’llaydi. Xabarlarni tahrirlash, yuborish va qabul qilish.

  • Ham SIM kartada, ham telefon xotirasida saqlash

  • Xabarlarni guruhga yuborish

  • Uzun xabarlar

  • Qabul qilingan xabardan to’ppa-to’g’ri video qo’ng’iroqni yoki ovozli qo’ng’iroqni amalga oshirish

0.7 Elekrton pochta


  • Imzo

  • Orqaga yo’naltirilgan xabar

  • Ilovalarning cheksiz formatlari

  • Foydalanuvchining ro’yxat yozuvlari

  • Foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan papkalar

  • Telefon ma’lumotnomasini guruhga yuborish

  • Katta ilovalar (ilovaning o’lchami faqat telefonning bo’sh xotirasiga bog’liq.)

0.8 Java ilovalar va yuklash


  • Mobil aloqa orqali yuklash: har xil Java o’yinlarini radio aloqa yordamida yuklab olishingiz mumkin

  • Bajarishga ruxsatni saralash, saralangan boshqaruv, yangilash, o’chirish va o’rnatishni o’z ichiga olgan Java ilovalarining hayot tsikllarini boshqarish

  • MIDP2.0 tomonidan talab qilinadigan xavfsizlik siyosati

  • PUSH vazifasi: Java ilovalari PUSH xabarlari yordamida avtomatik tarzda ishga tushirishlari mumkin

  • Raqamli mualliflik huquqlari himoyalangan Java ilovalari

  • Java ilovalarini Bluetooth, electron pochta orqali uzatish (DRM (nusxa olinganda raqamli huquqlarni boshqarish tizimi) talab qilinadi)

0.9 Telefon ma’lumotnomasi


  • Kontaktning piktografik tasviri sifatida papkadan tasvirni tanlash: Ushbu kontaktdan qo’ng’iroq qabul qilinganda displeyga tasvir chiqariladi.

  • Telefonda, SIM/USIM kartada kontaktlarni tezkor qidirish.

  • Kontaktlarni SIM/USIM karta va telefon o’rtasida nusxalash.

  • Kontaktlarni telefondan MicroSD kartaga rezervlash: kontaktlar vCARD2.1 rejimida kodlanadilar va zichlanadilar

0.10 Qo’ng’iroqlar jurnali


  • Har bir yozuv qo’ng’iroq statusini ko’rsatadi. Video qo’ng’iroqlarning yozuvlari ovozli qo’ng’iroqlarning yozuvlaridan farqlidir.

  • Davomiylik bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish

  • Telefon ma’lumotnomasida qo’ng’iroqlar yozuvidagi telefon raqamlarini saqlash va qo’ng’iroqlar jurnalidan xabarlarni yuborish/qo’ng’iroqlarni amalga oshirish

0.11 Elektron kitob va Wordview


U1280 quyidagi electron kitob vazifalarini qo’llaydi:

  • WAP brauzeri yordamida tarmoqda/tarmoqdan tashqarida electron kitoblarni ko’rib chiqish

  • Telefonda tillarni qo’llash

Doc yoki txt formatida fayllarni ko’rib chiqish uchun U1280 Word viewer dan foydalanishni qo’llaydi

0.12 Sozlamalar va profillar


Quyidagilardan iborat bo’lgan U1280 ning lokal xususiyatlarini sozlashingiz mumkin:

  • Displey tili

  • Kiritish usullarining tili

  • Sana va vaqt

  • Sana formati

  • Buyruqlarni tez tanlash klavishalari

  • Fondagi tasvir

  • Yorqinlik

  • Klaviaturaning ichki chirog’i

  • Tarmoq

  • Xavfsizlik

  • Tokni yoqish/o’chirish

  • Qo’ng’iroqlarning maxsus tovushlari

  • U1280 quyidagilardan iborat sakkizta profilni taqdim etadi: oddiy, tovushsiz, uchrashuvda, aktiv, mashinada, quloq uchun moslama, tarmoqdan tashqarida, mening profilim.

0.13 Qo’shimcha xizmatlar (USSD ni o’z ichiga oladi)


U1280 quyidagi qo’shimcha xizmatlarni qo’llaydi:

  • Avtomatik qayta qo’ng’iroq qilish

  • Javob berish rejimlari: har qanday klavisha va yuborish klavishasi bilan qo’ng’iroqlarni qabul qilish

  • Qo’ng’iroqni kutish: qo’ng’iroqni kutishni yoqish, qo’ng’iroqni kutishni o’chirish va status haqida so’rov (faqat ovozli xizmat uchun foydalanish mumkin)

  • Qo’ng’iroqlarni avtomatik qabul qilish: qo’ng’iroqlarni darhol qabul qilish, matnli xabar, yozib olingan xabar, va qo’ng’iroqlarni avtomatik qabul qilishni o’chirish

  • Qo’ng’iroq uchun liniyani tanlash: Liniya 1 va Liniya 2

  • Qo’ng’iroqlarni man qilish

  • Sizning telefon raqamingizni ko’rsatish: tarmoqqa bog’liq (xizmatning statusini tarmoq hal qiladi), sizning telefon raqamingizni ko’rsatish, raqamni aniqlashga qarshi xizmat

  • Qo’ng’iroqlarni man etish uchun parolni o’zgartirish

  • Qo’ng’iroqlarni qayta yo’naltirish

  • USSD xizmati

  • Har xil qo’shimcha xizmatlarning ish kodlari haqida so’rov

0.14 SIM asboblar to’plami


U1280 quyidagi SIM asboblar to’plamini qo’llaydi (SIM karta asboblar to’plamining tarkibi operatorga bog’liq):

  • Displeydagi xabar

  • Get Inkey

  • Get Input

  • Ko’proq vaqt

  • Musiqani aks ettirish

  • Yangilash

  • O’rnatish menyusi

  • Elementni tanlash

  • Qisqa xabarni yuborish

  • SS ni yuborish

  • O’rnatish qo’ng’irog’i

  • Lokal ma’lumotni taqdim etish

  • USIM qo’ng’irog’ini boshqarish

  • Aloqa kanallari orqali uzatishni tartibga solish intervali va POLLING OFF

  • ISHLAMAYDIGAN rejimning xabarini o’rnatish

  • TAYMERNI BOSHQARISH, TAYMERNING VAQTI TUGASHI

  • Ikki nuqtali SMS xabarining ma’lumotlarini yuklash

  • Brauzerni ishga tushirish

0.15 PC Assistant


PC Assistant quyidagi boshqaruv vazifalarini taqdim etadi:

  • Xabarlarni tezkor tahriri va guruhli yuborish, xabarlarni telefondan SKga saqlash, va SK yordamida xabarlarni yuborish/qabul qilish

  • Telefon ma’lumotnomasini va telefonda kontaktlarni boshqarish, va muhim va kontakt haqidagi ma’lumotni rezervlash

  • Fayllarni boshqarish vazifalarini taqdim etish Windows fayllarining brauzeri va telefonda fayllarning rezervlashlarini qo’llashga o’xshashdir

  • Telefon va shaxsiy ma’lumotni boshqarish moslamalari o’rtasida sinxronlangan ma’lumotlar

  • Tasvirlar va qo’shiqlar kabi fayllarni SKdan ko’rsatilgan telefon papkalariga nusxalash

0.16 Telefon modemi yordamida Internetga ulanish


Telefoningizdan modem sifatida foydalanib, Internetga ulanishingiz mumkin. WCDMA tarmog’ida pastlovchi aloqa tezligi va ko’tariluvchi aloqa tezligi –384 Kbit/s gacha. Internet sahifasini ko’rib chiqayotganingizda hali ham ovozli qo’ng’iroqlar va qabul qilishingiz va xabarlarni qabul qilishingiz/yuborishingiz mumkin. Yuqorida zikr etilgan tezlikka erishish uchun USIM ni muvofiq 384 Kbit/s xizmatlariga ulashingiz kerak.

0.17 Suratga olish va video lavhalarni yozish


U1280 yordamida suratga olishingiz va video lavhalarni yozishingiz mumkin.

U1280 quyidagi suratga olish vazifalarini qo’llaydi:



  • Sifat, effect va oq tasvirning balansini sozlash

  • Vaqt bo’yicha sozlanadigan suratga olish va to’xtovsiz suratga olish

  • Suratga olish jarayonida ovozli yo’riqnomalar

  • Suratlarni fayl sifatida saqlash

  • Suratga olishdan video lavhani yozishga o’tish

  • Suratlarni saqlash uchun joyni belgilash (MicroSD kartani o’z ichiga oladi)

  • Avtomatik tarzda belgilanadigan papkaga suratlarni saqlash

  • Suratlarni MMS, Bluetooth yoki electron pochta orqali yuborish.

U1280 quyidagi video lavhalarni yozish vazifalarini qo’llaydi:

  • Sifat, kadrlar chastotasi yoki video tovushini yoqish/o’chirishni sozlash

  • Video lavhalarni fayllar sifatida saqlash va ularni displeyga to’g’ridan-to’g’ri chiqarish

  • Suratga olishdan video lavhalarni yozishga o’tish

  • Video lavhalarni saqlash uchun joyni belgilash (MicroSD kartani o’z ichiga oladi)

  • Video lavhalarni avtomatik tarzda belgilanadigan papkaga saqlash

  • Video lavhalarni MMS, Bluetooth yoki electron pochta orqali yuborish.

0.18 Audio lavhalarni yozish


U1280 ning umumiy xotirasi yordamida audio lavhalarni uzoq mudat mobaynida tinimsiz yozib olish mumkin.

U1280 quyidagi audio lavhalarni yozish vazifalarini qo’llaydi:



  • Ovozli qo’ng’iroq paytida boshqa tarafning tovushini yozib olish

  • Umumiy epizodlarning tovushini yozib olish: Yozishning davomiyligini belgilashingiz mumkin

  • Audio lavhalarni avtomatik tarzda belgilanadigan papkaga saqlash

  • Yozib olingan audio faylni displeyga chiqarish

0.19 Multimedia fayllarini aks ettirish


U1280 bir nechta multimedia fayllarining formatlarini qo’llaydi:

  • Bir nechta fayllarni tinimsiz va aylanma aks ettirish

  • Ovoz balandligini sozlash

  • Tez oldinga o'tish va tez orqaga o’tish, vaqt va olg’a siljishni ko’rsatish

  • To’liq ekran rejimi

  • Suratlarni kesish va tahrirlash

  • Vaqt bo’yicha sozlanadigan yozuvni qo’llash, umumiy epizodlarni yozish, va davomiylikni belgilash

  • Tembrni sozlash rejimi

  • MP3 fayllarni aks ettirish va muvofiq boshqaruvchi ma’lumotni displeyga chiqarish

  • So’rov bo’yicha video va MP3 и MP4 ni lokal aks ettirish

0.20 Papkalar va fayllarni boshqarish


U1280 ning fayllarni boshqarish usuli qulay va foydalidir. Tezda so’rov berishingiz va multimedianing har xil vositalaridan foydalanishingiz mumkin.

U1280 quyidagi papkalarni boshqarish vazifalarini qo’llaydi:



  • Avtomatik tarzda belgilanadigan papkalarni o’rnatish: Ushbu avtomatik tarzda belgilanadigan papkalarni o’chirish mumkin emas. Ular video lavhalar, fotosuratlar va audio lavhalar kabi muvofiq ilovalarni saqlash uchun avtomatik tarzda belgilangan joylari hisoblanadilar.

  • Belgilangan papkalarda papkalarni yaratish

  • Nusxalash, kiritish, kesish, bir nechta elementni tanlash, o’chirish va yuborish kabi fayllarning asosiy operatsiyalari.

  • Formatlash va fayylarning operatsiyalari kabi MicroSD kartasidagi operatsiyalar

  • Tasvirlarni oldindan ko’rib chiqish va tahrirlash

  • MicroSD kartani yoqilgan liniyaga ulash

0.21 Tasvirlarni tahrirlash va ko’rib chiqish


U1280 yordamida tasvirlarni JPG/BMP/PNG formatlarida tahrirlashingiz mumkin.

U1280 quyidagi tasvirlarni tahrirlash va ko’rib chiqish vazifalarini qo’llaydi:



  • Tasvirlarning masshtabini o’zgartirish, kesish, qayiltirish, va ko’zguli aks ettirish

  • Matn, ramka, yoki maxsus effektni (kontrast sozlamasi va keskinlik sozlamasini o’z ichiga oladi) tasvirlarga qo’shish

  • Tahrirlangan tasvirlarni saqlash

0.22 Raqamli huquqlarni boshqarish (DRM)


U1280 ning raqamli huquqlarni boshqarishi (DRM) OMA DRM 1.0 ni qo’llaydi. U OMA DRM 1.0 ning qayta yuborish, kombinatsiyalangan yetkazish va alohida yetkazishning man qilinishini qo’llaydi.

U1280 quyidagi raqamli huquqlarni boshqarish vazifalarini qo’llaydi:



  • DRM faylni brauzer, Java MIDP Download, va OMA Download orqali ishga tushirish va belgilash

  • DRM faylni belgilash, unga kirish, qayta jo’natish, nusxalash va o’chirish, va DRM faylni SD-kartaga saqlash kabi DRM faylni boshqarish

  • DRM fayl haqida ma’lumot olish uchun so’rovni amalga oshirish, mualliflik huquqini o’chirish, amaldagi mualliflik huquqini almashtirish, telefoningizdan barcha mualliflik huquqlarini o’chirish, mualliflik huquqini yangilash, va bir nechta muallik huquqlarini boshqarish kabi mualliflik huquqlarini boshqarish

  • Fondagi tasvir yoki qo’ng’iroq tovushi sifatida belgilash kabi DRM faylni avtomatik qo’llash

DRM muallik huquqlari bilan himoyalangan multimedia fayllarini boshqarish uchun ma’suldir.

0.23 Vositalar


U1280 quyidagi amaliy vositalarni taqdim etadi:

  • SIM karta asboblar komplekti

  • Trevoga signali

  • Taqvim

  • Kalkulyator

  • O’lchamlar konvertyori

  • Valyuta konvertyori

  • SyncML

  • Topshiriqlar

  • Diktofon

  • Yon daftarcha

  • Vaqt mintaqasi

  • Sekundomer

  • Orqaga sanaydigan taymer

  • Xizmat raqami

0.24 Kiritish usuli va qo’llanadigan tillar


U1280 quyidagi matnni kiritish xususiyatlarini qo’llaydi:

  • T9 kiritishi, ABC kiritishi, va belgilarni kiritish

  • T9 taxminli kiritish: ushbu kiritish usuli eng ko’p kiritiladigan so’zlarni eslab qolishi mumkin

  • Kiritish usullarini buyruqlarni tez tanlash klavishasi yordamida almashtirish

  • Buyruqlarni tez tanlash klavishasi yordamida betdan betga o’tish

  • Smayliklar

  • Bir nechta tillarda kiritish: ingliz, nemis, frantsuz, ispan, italyan, portugal, grek, golland, va shved tillarida

U1280 quyidagi biriktirilgan shriftlar dasturini qo’llaydi:

  • ISO 8859-1 belgilar to’plami va 0x80-0x9F boshqaruvchi belgilarining qismi (Yevro belgisini o’z ichiga oladi)

  • ISO8859-1 8859-15

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish