Televizion axborot oqimlari.
Televidenie hayotga uzoqdan kirish sifatida kirib keldi va ommaviy hodisaga aylanib koldi. Dunyoda 4 mlrd.dan ortiq telepriyomniklar ishlatiladi. Televizor bu juda murakkab ahborot kurilmasidir. Televizorni kurish goyasi quyidagicha:
• tasvir elementlarini o’zgartirish yo’li bilan elektr signallar ketma ketligiga aylantiradi (tasvir analizi);
• ularni aloqa kanallari orqali nuqtalardan kimirlaydigan rasmga teskari aylantirish (tasvir sintezi) amalga oshiriladigan qabul qilish punktiga uzatiladi.
Bu nazariya XX asr ohirida portugaliyalik olim A. Di. Payva va rus olimi P. N. Behmetvev tomonidan ishlab chiqilgan. Amaliy qarorlarni ishlab chiqish va foydalanishni boshlash V. q Zvorkin va F. Fransuorti (AÙP) bilan bog’liq. Televidenie orqali siyosiy, madaniy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahborotlar beriladi. Televideniening keyingi bosqichi raqamli televizion tehnologiyalar asosidagi interaktiv televideniedir.
«Telematn» ahborot tizimi.
«Telematn» ahborot tizimi foydalanuvchilarning ko’p guruhlari uchun doimo kizikarli bo’lgan dolzarb ahborotni uzatish uchun yaratilgandir. «Telematn» - bu gazeta, jurnal, agentlik hizmatlaridan olingan matn varaqlarini uzluksiz o’tkazib beradigan «elektron gazeta» yoki «elektron byulleten».
Bu tizimning hususiyatlari:
• ahborot varaklarini uzluksiz va ketma - ket ravishda o’tqazuvchi stansiya tomonidan to’planadi, efirga oddiy televizor signallari bilan yoki kabel orqali uzatiladi;
• «telematn» ahboroti uzluksiz yangilanib boriladi;
• kerakli ahborotning varagini belgilash uchun televizorga kushimcha kurilma keraq
• foydalanuvchi elektron gazeta varaklarini varaklash, bulimlardan sakrab o’tishi, ukigan varaklarga kaytib borish, videomagnitofonga yozib olishi mumkin. Lekin u matn mazmunini o’zgartira olmaydi.
«Videomatn» ahborot tizimi.
Bu ahborot tizimi ahborot qabul qilish va tanlash erkinligi imkoniyatini kengaytiradi, hamda telefon, kompyuter, televizor imkoniyatlarini birlashtiradi.
Telefon chakirigi tufayli telefon tarmog’iga ulangan kompyuter va televizor orasida aloqa o’rnatiladi.
Ma’lumotlar bazasi menyusi va bu ma’lumotlarni ishlov berish algoritmlari orqali foydalanuvchi (boshqa kompyuterga) birovning ahborotini shakllantirish, o’zining telepristavkasi hotirasiga kuchirish buyrugini beradi. Foydalanuvchilar telematn menyusiga bog’lab quyilgan emas.
Videokonferens aloqa va videokonferensiyalar.
Insoniyat jamiyati ba’zi bir murakkab masalalarni echish, odamlarni ma’lum bir jamoaga to’planishini talab etadi. Bu maqsadda mukammalrok tizimlar inson muloqotining o’rnini bosa olmaydi, lekin ular ishtirokining samarasini tashkil qilishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Videokonferensiyalar masofadagi vizual guruh muloqotini tashkil etishda, majlis, ta’lim o’tqazishlarning eng yangi ahborot tehnologiyasidir. Bu tehnologiya muassasa devorlari va masofalar bilan bir - biridan bulingan ko’plab shahslarni bir vaqtning o’zida muloqotiga imkon beradi.
XULOSA
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni muhofaza qilishi deganda, uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda. Ushbu ma’ruzalar kursi tinglovchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy bilimlarni, axborot tizimlarida axborotni muhofaza qilishni tashkil etishning tashkiliy, huquqiy, texnik, kriptografik, apparat-dasturiy usullarini qo‘llashga oid zarur bilimlarni egallash imkonini beradi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |