HTMLda grafika bilan ishlash
Xozirgi paytda rasmlar va grafik tasvirlar HTML-xujjatlarning ajralmas qismi bo’lib qoldi. Rasmlarni xilma-xil usullar orqali grafik programma paketlarini ishlatib, turli xil fayl formatlarida xosil qilish mumkin. Lekin bu barcha formatlardagi rasm va grafik tasvirlarni Internet uchun standart bo’lgan formatlardan biriga aylantirish kerak bo’ladi. Bu ishni bajarish juda xam oson, rasmni kerakli grafik redaktorda ochish va uning Soxranit kak (Save as) buyrug’ini bajarish kifoya. Yangi faylga GIF, JPG yoki PNG formatini berish kerak bo’ladi. Grafik tasvirlarni qayta ishlashga mo’ljallangan programmalardan Adobe firmasining Photoshop va Microsoft Photo Editor dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. HTML- xujjatlardagi grafik fayllar uchun eng keng tarqalgan format GIF (Graphic Interexchange Format) bo’lib, unda rangni kodlashtirish uchun 8 bit ishlatiladi, ya’ni unda 256 xil rang jilvasi ishlatish mumkin bo’ladi. GIF fayllarning iki xil turi mavjud: siqilgan va oddiy, ya’ni siqilmagan. Ushbu format uchun bir qancha spetsifikatsiyalar ishlab chiqilgan. GIF89a spetsifikatsiyasiga asosan grafik fayl quyidagi bir necha bloklardan tashkil topgan bo’lishi mumkin:
Sarlavxa bloki HEADER ekran o’lchami va palitra xaqidagi ma’lumotni saqlaydi.
Matn bloki PLAIN TEXT rasmga simvolli ma’lumotlarni qo’shishga imkon beradi.
Tasvir bloki IMAGE bitta tasvirni o’z ichiga olib, uning importi bir qancha
formatlarda amalga oshishi mumkin. Xarakatlanuvchi tasvirlar xosil qilinganida bir faylga bunday bir necha blok qo’shiladi.
Boshqaruv bloki CONTROL shaffoflik va kutish bayroqchalarini joylashtirish xamda tasvir yangi bloki chiqarilganida vaqt to’xtalishini (zaderjka vremeni) aniqlash uchun ishlatiladi.
Ilova bloki APPLICATION xizmatchi ma’lumotlarni joylashtirish uchun ishlatiladi.
Izox bloki COMMENT ixtiyoriy ma’lumotlarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar ekranga chiqarilmaydi.
Tsikl bloki LOOP xarakatlanuvchi tasvirni ko’p martalab qaytarish uchun zarurdir. Ushbu blokda «rolik» ko’rsatilayotgan chog’dagi qaytarishlar soni beriladi.
Internet uchun yana bir yaxshi formatlardan biri JPEG (JPG- Join Photographic Experts Group) bo’lib, bu format ranglarni 24 bitli kodlashtirishini ta’minlab beradi va fotosuratlarni saqlash uchun juda xam mos keladi. Uning kamchiligi shundan iboratki, u ma’lumotlar siqishtirilgan paytda ranglarning o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
PNG (Portable Network Graphics) formati xam Internet uchun ishlab chiqilgan bo’lib, u GIF formatini almashtirish uchun mo’ljallangan edi. Ushbu format rangni 8 bitli va 24 bitli kodlashtirish usullarini qqllash imkonini beradi. Endi HTML- xujjatning fonini xosil qilish xaqida ma’lumot berib qtamiz. Matn yoki tasvir foni yoqimli bo’lishi, psixologik va estetik jixatdan ko’rkam bo’lshi xamda saxifadagi asosiy matnni o’qishga va tasvirni ko’rishga xalaqit bermasligi lozim. Fon fragmentlari sifatida bulutlar, yog’och releflari, toshlar rasmlari, suv yuzasi va xakozolarning tasvirlari yoki tasvir bo’lakchalari ishlatilishi mumkin. Bunday va juda ko’p xil shunga o’xshash tasvirlarni Internetdan osonlik bilan topish mumkin.
Shuning uchun xam Internetda ishlayotganingizda biror bir chiroyli tasvir yoki fon ko’rib qolsangiz, uni biror bir faylda saqlab qo’ysangiz, foydadan xoli bo’lmaydi. Fonga ikkitagina asosiy talab qo’yiladi – uning fayli juda katta bo’lmasligi kerak va fon xujjatni o’qishga xalaqit bermasligi zarur. Yong’oq yog’ochi relefi rasmli chiroyli fonni olish mumkin bo’lgan programma kodini quyida ko’rishingiz mumkin:
Grafik tasvir
Rasm fonini o’zgartirish
Shaffof emas
fon |
Shaffof
fon |
|
WIDTH="120" HEIGHT="120"> |
Belgi
WIDTH="35" HEIGHT="35">
Chiziqli kontur
Tugmacha quyidagicha xam bo’lishi mumkin
ALT="Tugmacha" BORDER=0 WIDTH=152 HEIGHT=44
onMouseover="this.src='knopka2a.gif' " onMouseout="this.src='knopka2.gif' ">
Pochta qutilari
Siz ma’lumot yuborishingiz xam mumkin
mailto:unutma@rambler.ru">
| WIDTH="150">
mailto:unutma@rambler.ru">
| WIDTH="150">
mailto:unutma@rambler.ru">
WIDTH="205" HEIGHT="113">
|
WordArt yordamida olingan tasvirlar
|