Bitiruv ishining dolzarbligi: Bugungi kunda intirnetning juda yuksak darajada rivojlanishi natijasida turli xil xizmatlar ham rivoj topa boshladi. Bu xizmatlar insonlarning ko‟pgina ishlarini yengillatish uchun xizmat qila boshladi. Shulardan biri bu web saytlar hisoblanadi. Ular orqali bajarilayotgan xizmatlar xam juda ko‟pchilikni tashkil qilmoqda. Bunga misol sifatida biz interaktiv xizmatlarni olishimiz mumkin. Bu xizmat turi hozirgi kunda juda rivojlanib borayotgan xizmat turi bo‟lib, u orqali ko‟plab masalalar onlayn tarzda yechilmoqda.
Biz barcha takliflarga binoan yoshlarimiz uchun kerakli bo‟lgan interaktiv xizmat turini yaratishga harakat qildik. Bu xizmat turi hozirgi kunda bizning UZ zonamizda mavjud bo‟lmaganligi sabali bu xizmat turi yosh dasturchilarimiz uchun kerakli deb hisoblaymiz. Bizning xizmat turimiz Interaktiv redaktor bo‟lib u orqali yosh dasturchilarimiz o‟zlarini onlayn turda sinab ko‟rishlari mumkin. “Barchamizga ma‟lumki, inson qalbiga yo„l avvalo ta‟lim tarbiyadan boshlanadi.Biz mamlakatimizda yangi avlod, yangi tbilim sohiblari tarbiyalash kabimas‟uliyatli vazifani bajarishda birinchi navbatda ana shu mashaqqatlikasblarningegalarigasuyanishimizvatayanishimiz,ertangikundao„zimizgakeladigan kelajak avlodning bilimdarajasini oshirishga dunyoqarashinirivojlantiruvda ularning xizmati ketta ekanini o‟zimiz ham juda yaxshianglaymiz.”3 I.Karimov
Bitiruv ishining maqsadi:
Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi web dasturlashga qiziqadigan yosh dasturchilarning HTML bo‟yicha bilim ko‟nikmalarini onlayn tarzda sinab ko‟rishdan iborat. Bu orqali dasturchilarining o‟zlarining o‟rgangan bilimlarini interaktiv tarzda tekshirib
ko‟rishlari mumkin bo‟ladi. Buni bajarishni esa oddiygina biz yaratgan sayt orqali unga kirib bilimlarni sinab ko‟rish mumkin.
Asosiy qism
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.