HTML ning avvalgi talqinlarida har bir joylashuvni aniqlovchi teg bo‘lmagan, shuning uchun dasturlovchilar div tegni turlicha hususiyatlar bilan hamma yerda qo‘llashga majbur bo‘lishgan.
5-talqinida joylashtirishni qulaylashtiruvchi va yagona qolipga soluvchi maxsus teglar kiritilgan. Yuqoridagi ko‘rinishga ega web-saytimizni mavjud teglar asosida chizib chiqamiz. Qaysi qism kerak bo‘lmasa, uni hosil qiluvchi teglar yozilmasligi kifoya.
Saytning bosh sarlavhasi, kichik mavzusi, sohasi va boshqa hususiyatlarning nomlanishlari odatda h1, h2, h3, h4, h5 va h6 teglari ichida yozilishi tavsiya etiladi.
Ularning quyidagi ko‘rinishdagi atributlari mavjud:
Reft – odatiy qiymat, chap tarafga tekislaydi.
Center – matn maydon o‘rtasida joylashtiriladi.
Right – o‘ng tarafga tekislaydi.
Justfy – bir necha satrli yozuvlarni ikki tarafga tekislaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |