KIRISH
Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo'lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo'yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan disketa yordamida ko'chirib olinadi. Lekin qo'shimcha axborot zarur bo'lib turgan vaqtda disketa ko'tarib yurish ko'pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish prinsipi taklif qilingan. Kompyuterlarni birlashtirish vazifasini ikki yo'nalishda bajarish mumkin. 60-70- yillarda uzoqlashgan terminallar sistemasi tushunchasi paydo bo'ldi. Bu tushunchaning ma'nosi shundan iboratki, terminal displey va klaviaturadan iborat bo'lib, bir nechta terminal bitta yirik hisoblash mashinasiga ulangan bo'ladi. Bunda bir nechta foydalanuvchi bitta kom-pyuterdan bir vaqtning o'zida foydalanishlari imkoniyati yaratiladi. Bu terminallar hozirgi shaxsiy kompyuterlarning ajdodlari bo'lib, ularning bosh kompyuter bilan bog'lanish tex-nologiyasi 70-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan lokal tarmoqlarga asos bo'ldi. Bunday tarmoqlar o'z ishi uchun qo'shimcha qurilmalar talab qilsada (kengaytirish platasi, kabel), u kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Bitta kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, yuqorida aytganimizdek, lokal tarmoqlar deb nomlanadi. Lokal tarmoqlarga misol tariqasida Local Area Networks, LANs, Ulan tarmoqlarini keltirish mumkin. XX asr oltmishinchi yillarining oxirida uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash imkoniyatini beruvchi global tarmoqlar vujudga keldi. Bunday tarmoqlarda hattoki turli mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash mumkin bo'ladi. Lokal va global tarmoqlarning ishlashidagi o'zaro farqi shundaki, lokal tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarning o'zaro muloqati kompyuterlarning ishiga ta'sir qilmaydi, global tarmoqda esa boshqa kompyuterga murojaat qilish uchun bir nechta amallar ketma-ketligini bajarish kerak: tarmoqqa kirish, kerak kompyuterning koordinatlarini (tarmoq adresini) ko'rsatish, aloqa ulanishini kutish va h.k. Shunga qaramay, global tarmoqlar ko'p hajmdagi axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi BundaytarmoqlargaUsenet, Relsom, Fido, Palnet, Vitnet, GlasNet tarmoqlarini misol sifatida keltirish mumkin.Modem va elektron pochta. Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa vositalari rivojlangan bugungi kunda bunga ehtiyoj ham yo'q. Telefon tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo'lmagan elektron qurilma bo'lib, kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog ko'rinishli signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni sonli signalga o'tkazadi va kompyuterga beradi. Signalning raqamli ko'rinishidan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator deb ataladi.
Signalning analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilmademodulyator deb ataladi. Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi va uning nomi yuqoridagi ikkita qurilmaning nomidan kelib chiqadi:
Ma'lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko'rsatilgan: Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadiganbo'lib, o'zining korpusiga ega va alohida qurilmadir. Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi mumkin, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin. Har qanday global tarmoqning asosiy qismi elektron pochta hisoblanadi. Elektron pochtasiz har qanday global tarmoq o'z mohiyatini Ishlash prinsipiga ko'ra elektron pochta oddiy "qog'ozli" pochtani eslatadi. Xatni biror odamgayetkazish uchun uning manzili va unga yaqin joylashgan pochta nomerini bilish kifoya. Manzilga yetish uchun xat bir nechta pochta bo'limlaridan o'tadi.
Elektron pochtaning ham, qog'ozli pochtaning ham afzalliklaridan biri - xatni o'zingizga ma'qul bo'lgan vaqtda yuborishingiz mumkin, qabul qilib oluvchi esa o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda xatni olishi va o'qishi mumkin.
Elektron pochta xizmatidan hozirgi vaqtda juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Masalan, jamg'arma banklarida bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul o'tkazish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tez bajarilganligi bois, samaralidir.
Hozirgi vaqtda elektron pochtani dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lgan SprintMail, MCI Mail, AT&T Mail va h.k. aloqa xizmatlari mavjud.
Hozirgacha alohida olingan kompyuter imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdik. Bir kompyuter avtonom holda masalalarni hal qilish, ma'lumotlar omboridan kerakli axborotni olish va undan foydalanishni bemalol uddalay oladi. Ammo kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar tashqi axborot tashuvchilar (disketlar, SD - disklar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bir necha alohida kompyuterlarni birlashtirib, lokal kompyuter tarmog'ini (LKT) yaratish mumkin. Mazkur tarmoq ikki va undan ortiq
kompyuterlarning ichki resurslari (xotira, ma'lumotlar, amaliy dasturlar va boshqalar) dan, tashqi qurilmalar (printer, diskyurituvchi va boshqalar) dan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Xo'sh, ishni bu kabi tashkil etishning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, ma'lumotlardan birgalikda foydalanish shunday sistemalar yaratish imkonini beradiki, ularda ko'riladigan masalalarni alohida kompyuterda bajarish umuman mumkin emas yoki samarasiz bo'ladi. Masalan, siz bilan avvalgi boblarda tanishgan ma'lumotlar omboridagi mahsulotlarni hisobga olish misolini ko'raylik. Mazkur ma'lumotlardan kamida uch guruh xodimlar: ombordagi ashyolarni hisobga oluvchilar, ularni sotuvchilar va rahbarlar foydalanadilar. Mazkur xodimlarning ayrimlari ashyolarni hisobga olish kitobini yuritsa, ayrimlari moliyaviy hujjatlarni tayyorlaydilar, uchinchilari esa ashyolarni boshqarish (xarid qilish, sotish uchun mijoz topish ) bilan shug'ullanadilar. Agar biz bu masalani alohida-alohida kompyuterlarda hal qilganimizda edi, mavjud ma'lumotlarning nusxasini har bir kompyuterda saqlash va u o'zgarganda, disketalar yordamida ma'lumotlarning barcha kompyuterlardagi variantini o'zgartirishimiz kerak bo'lar edi. Ombordagi ashyolar soni hamda nomi tez o'zgarib turishini inobatga olsak, har safar ma'lumotlar omborining o'zgargan ko'rinishini har bir kompyuterda yangilab turish samarasiz ish bo'lgan bo'lur edi. Ikkinchidan, lokal kompyuter tarmog'idan foydalanish turli texnik vositalarga ketadi-gan xarajatlarni keskin kamaytiradi. Faraz qiling, bir korxonada o'nta xodim kompyuterdan foydalanib, o'z masalalarini hal qiladi. Ular uchun o'nta kompyuter va o'nta printer bo'lishi kerak. Bir tipdagi murakkab masalalarniyechayotgan bu kompyuterlar uchun qimmatbaho xotira qurilmasi ham ishlatiladi. Undan tashqari doimo yangilanadigan ma'lumot omborini har bir kompyuterdagi nusxasini saqlash, biridan ikkinchisiga o'tkazish uchun kerak bo'lgan tashqi axborot tashuvchi vositalardan anchagina ishlatish va, demak, xarid qilish kerak bo'ladi.
Lokal kompyuter tarmog'i bu masalani qanday hal qiladi?
Kompyuterlardan biri tarmoqdagi asosiy kompyuter etib tanlanadi. Uni fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlaymiz. qolganlari esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan yoki o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Ishchi stansiyalar avvalgidek avtonom kompyuter vazifasini ham bajaraveradi: u operasion sistemasining hamda ma'lumotlar fayllarini xotirasida saqlaydi. Ammo butun tarmoqning ishini tarmoq operasion sistemasi boshqaradi. Uning aksariyat qismi fayl serverda saqlanadi, ayrim elementlari esa ishchi stansiyalarida ham mavjud bo'ladi.
Tarmoqqa bir yoki bir necha printer va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqning resurslarini ishlatishda ayrim amallarni cheklashi mumkin. Bu hol informatsion sistemasidagi axborotlar va ma'lumotlarning to'kisligini saqlash imkonini beradi. Tarmoqda ishlaydigan dasturlar avtonom kompyuterlar uchun foydalanadigan dasturlar kabi tuziladi. Ammo mazkur dastur ma'lumotlar bazasini o'zgartirishni nazarda tutsa, boshqa foydalanuvchilar ma'lumotlarni o'zgartirishni cheklashi kerak bo'ladi, chunki ma'lumotlarga bir vaqtda bir necha foydalanuvchi murojaat qiladi va uni o'z masalasiga moslashtirib, o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ishchi stansiyalardan tarmoqdagi printerga bosmaga chiqarish uchun uzatilgan xujjatlar navbatma-navbat chop etiladi. Lokal kompyuter tarmog'i ishini mutaxassislar - ma'murlar boshqaradi. Tarmoqda ishlashda foydalanuvchi o'zining avtonom kompyuteri xotirasidan tashqari qo'shimcha xotiralardan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Biror ishchi stansiyasiga ma'lumot ko'payishi uchun serverdagi biror diretoriyaga fayl ko'rinishida yozishyetarli. Lokal kompyuter tarmog'i ni hududiy va xalqaro tarmoqlardan farqlash lozim. Lokal kompyuter tarmog'i alohida olingan joyda tashkil etilib, unda kompyuterlar o'zaro va tarmoq platalari bilan bog'lanadi. Hududiy yoki xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar esa telefon, radio va hatto sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.
Multimedia. "Multimedia" so'zini o'zbek tiliga o'girganimizda "ko'p muhit" degan ma'noni anglatadi. Multimedia - maxsus texnologiya bo'lib, u kompyuter texnik vositalari va dasturli ta'minoti yordamida rasmlar va matndan iborat axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish imkonini beradi.
Multimedia uchun dasturlar, texnik vositalar ishlab chiqish mustaqil yo'nalish bo'lib, undan foydalanuvchi tasavvurida multimedia texnalogiyasini multimedia axborotlaridan bevosita foydalana olish imkonini beradigan apparatli vositalar; multimedia axborotlarini ish-lata oladigan dasturlar va multimedia axborotlarini tashuvchi texnik vositalar tashkil etadi. Kompyuterni multimedialik deb hisoblash uchun u ma'lum bir texnik vositalar va dasturlarni o'z ichiga olmog'i lozim. Bugungi kunda multimedia dasturlari bozorini o'rganish bo'yicha Xalqaro Kengash tuzilgan bo'lib, uning ko'rsatmasi bo'yicha multimedia va uning dasturlari normal ishlashi uchun kompyuter kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:
- rusumi 486DX va ishlash chastotasi 25 MGs ;
- tezkor xotirasi 4 Mb va doimiy xotirasi 160 Mb;
Har biri muayyan foydalanuvchi talablariga muvofiq qo'llaniladigan ko'plab kompyuter tasniflash tizimlari mavjud. Foydalanuvchilarning hisoblash ishlarini bajarish talablari texnik va dasturiy vositalarni maxsus tanlash va sozlash bilan ta'minlanadi. Odatda bu vositalar bir-biriga bog'langan va bir tuzilishga birlashtirilgan.
1.1Tuzilishi-elementlar va ularning aloqalari majmui.
Texnik, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar tuzilmalarini ajratib ko'rsatish. O'z muammolarini hal qilish uchun kompyuterni tanlash, foydalanuvchi texnik va dasturiy modullarning funktsional imkoniyatlari bilan qiziqadi
Shu bilan birga, foydalanuvchi individual modullarning muayyan texnik va dasturiy ta'minotini amalga oshirishga emas, balki hisob-kitoblarni tashkil etishning umumiy masalalariga qiziqmaydi. Ikkinchisi kompyuter arxitekturasi tushunchasiga kiritilgan bo'lib, uning mazmuni juda keng. Kompyuter arxitekturasi-kompyuterlar qurilgan apparat va dasturiy vositalarning ko'p bosqichli ierarxiyasi. Har bir daraja ko'p tomonlama qurilish va foydalanishga imkon beradi. Darajalarni aniq amalga oshirish kompyuterning tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini belgilaydi. Kompyuterlarning me'moriy va tizimli qurilishi tafsilotlari kompyuter texnologiyalari mutaxassislarining turli toifalari bilan shug'ullanadi. Elektron muhandislar alohida texnik qurilmalarni ishlab chiqadi va ularni bir-biri bilan bog'lash usullarini ishlab chiqadi. Tizim dasturchilari texnik vositalarni boshqarish dasturlarini, darajalar o'rtasidagi axborot almashinuvini, hisoblash jarayonini tashkil qilishni yaratadilar. Dastur dasturchilari yuqori darajadagi dasturiy paketlarni ishlab chiqadilar, bu esa foydalanuvchilarning kompyuter bilan o'zaro hamkorligini va o'z vazifalarini hal qilishda zarur xizmatni ta'minlaydi. Ushbu mutaxassislar arxitektura tushunchasini tor ma'noda ko'rib chiqadilar. Ular uchun eng muhim tarkibiy xususiyatlar apparat va dasturiy ta'minotni aniqlaydigan kompyuter komandalari to'plamida to'plangan. Kompyuter foydalanuvchilari arxitekturani kompyuter (inson-mashina interfeysi) bilan o'zaro aloqasi bilan bog'liq bo'lgan yuqori darajadagi jihatlar orqali ko'rib chiqadilar, bu esa uning tuzilishini belgilaydigan kompyuter xususiyatlarining quyidagi guruhlaridan iborat:
- kompyuterning texnik va ekspluatatsion xususiyatlari (ishlash va ishlash, ishonchlilik ko'rsatkichlari, dostover-nosti, aniqlik, operativ va tashqi xotira hajmi, umumiy o'lchovlar, texnik va dasturiy ta'minotning narxi, operatsion xususiyatlari va boshqalar.);
- kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi funktsional modullarining xususiyatlari va tarkibi; texnik va dasturiy vositalar tarkibini kengaytirish qobiliyati; strukturani o'zgartirish qobiliyati;
- kompyuter dasturlari va xizmat ko'rsatish xizmatlarining tarkibi (operatsion tizim yoki muhit, amaliy dasturlar paketlari, dasturiy avtomatlashtirish vositalari).
Kompyuterning eng muhim xususiyatlari-tezlik va ishlash. Bu xususiyatlar yaqindan bog'liq.
Tezlik kompyuterlar tomonidan bir soniyada amalga oshiriladigan muayyan buyruqlar soni bilan tavsiflanadi.
Ishlash-bir vaqtning o'zida kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning miqdori (masalan, standart dasturlarning soni).
Ishlash va ishlash xususiyatlarini aniqlash juda murakkab muhandislik va ilmiy vazifadir, hozirgi kunga qadar yagona yondashuv va hal qilish usullari mavjud emas.
Muqobil tezlikni o'lchash birliklaridan biri MIPS (ikkinchi soniyada Million Instrumentions — soniyada bir million operatsiya) bilan o'lchanadigan qiymat edi va saqlanib qoldi. Bu erda operatsiyalar odatda qo'shimcha turdagi eng qisqa operatsiyalarni ko'rib chiqadi.
Dasturlarda ilmiy-texnik muammolarni hal qilishda suzuvchi nuqta operatsiyalarining ulushi keskin oshadi. Katta bir protsessorli mashinalar uchun MFPOPS (soniyada bir million Floating Point Operations — soniyada bir million suzuvchi nuqta operatsiyalari) da ifodalangan tezlik xarakteristikasi ishlatiladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun bu raqam deyarli hal qilinadigan vazifalar va kompyuterning strukturaviy xususiyatlari tufayli qo'llanilmaydi.
Kompyuterning yana bir muhim xususiyati-xotira qurilmalarining hajmi. Bir vaqtning o'zida xotiraga joylashtirilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarning tarkibiy qismlari soni bilan o'lchanadi. Ushbu ko'rsatkich bir vaqtning o'zida xotirada qaysi dastur va ma'lumotlar to'plamini joylashtirish mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
Ishonchlilik-muayyan sharoitlarda kompyuterning ma'lum bir vaqt ichida kerakli funktsiyalarni bajarish qobiliyati (ISO standarti (xalqaro standartlar tashkiloti) -2382 / 14-78). Ishonchliligi kompyuterning tuzilishi va kerakli ish rejimlarini (sovutish, changdan himoya qilish) ta'minlaydi.
Aniqlik-deyarli teng qiymatlarni ajratish qobiliyati (ISO — 2382/2-76 standarti). Qayta ishlash natijalarini olishning aniqligi, asosan, kompyuter sinfiga qarab, 32, 64 va 128 ikkilik oqimlar bo'lishi mumkin bo'lgan kompyuterlarning hajmi bilan belgilanadi. Ishonchlilik-axborotning mulki to'g'ri qabul qilinadi. Ishonchlilik aniq natijalarni olish ehtimoli bilan tavsiflanadi. Belgilangan ishonchlilik darajasi kompyuterning apparat-dasturiy nazorati bilan ta'minlanadi. Malumot vazifalarini hal qilish va takroriy hisob-kitoblarni amalga oshirish orqali ishonchlilikni nazorat qilish usullari mavjud. Ayniqsa, mas'uliyatli holatlarda boshqa kompyuterlarda nazorat qarorlari va natijalarni taqqoslash amalga oshiriladi.
Sifatli turli xil kompyuterlardan foydalanishni talab qiladigan inson faoliyatining uchta global sohasi mavjud.
Birinchi yo'nalish an'anaviy — kompyuterlarni hisoblashni avtomatlashtirish uchun ishlatish. Ushbu yo'nalishning o'ziga xos xususiyati yaxshi matematik asosga ega bo'lishdir. Kompyuterning ikkinchi sohasi ularni nazorat qilish tizimlarida qo'llash bilan bog'liq. 60-yillarda, kompyuterlar avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarish konturlariga jadal kirib bora boshlaganda paydo bo'ldi. Hisoblash mashinalarining bunday ishlatilishi ularning tuzilishini o'zgartirishni talab qildi. Boshqaruvda ishlatiladigan kompyuterlar nafaqat hisob-kitoblarni ta'minlashi, balki ma'lumotlarni to'plashni avtomatlashtirish va qayta ishlash natijalarini taqsimlashlari kerak edi.Kompyuterning tarkibiy o'zgarishlari bilan bir vaqtda hisob-kitoblarning tabiatida sifatli o'zgarishlar yuz berdi. Faqat matematik hisob-kitoblarning ulushi doimo kamayib bormoqda va bugungi kunda barcha hisoblash ishlarining 10% haqida. Mashinalar qayta ishlashning yangi turlari uchun tobora ko'proq foydalanila boshlandi: matnlar, grafikalar, tovushlar va boshqalar.
Uchinchi yo'nalish sun'iy aql muammolarini hal qilish uchun kompyuterdan foydalanish bilan bog'liq. Sun'iy intellektning vazifalari aniq natijani emas, balki ko'pincha statistik, ehtimollik ma'nosida hisoblangan. Bunday vazifalarning ko'plab misollari bor: robototexnika muammolari, teoremalarning dalillari, matnlarni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, to'liq bo'lmagan ma'lumotlarni hisobga olgan holda rejalashtirish, prognozlarni tuzish, murakkab jarayonlar va hodisalarni modellashtirish va boshqalar.
Ushbu yo'nalish doirasida ilm-fan va texnikaning ko'plab sohalarida ma'lumotlar bazalari va ma'lumotlar bazalari, ekspert tizimlari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda.
1.2 Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga o‘tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
Ko‘pincha “mahalliy tarmoqlar” (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko‘rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan kompyuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab kompyuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin, ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki noto‘g‘ridir.
Ba’zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni uzviy bog‘lovchi tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo‘lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yo‘naltirgichlar (marshrutizatori) va ko‘priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bo‘lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo‘lishi kerak bo‘lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo‘lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo‘lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda esa o‘rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bo‘lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema’nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak bo‘ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko‘rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qo‘llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bo‘lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko‘p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan so‘ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga to‘g‘ri keladi.
1.3Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi
Kompyuter tarmog‘ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda odatda biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo‘llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki topologiya tushunchasi avvalam bor mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‘lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki, hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.
shina (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‘liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‘zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi
yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyutrlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‘z aloqa yo‘llaridan foydalanadi
halqa (kolso, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya’ni halqasimondir
Do'stlaringiz bilan baham: |