Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Globallashuv  sharoitida  davlatning  roli



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

2 -§ .  Globallashuv  sharoitida  davlatning  roli
Globallashuv muammosi bo'yicha bahs jam iyatning milliy va xalqaro 
miqyosda  to 'g 'ri  tashkillashtirilishi  masalasi  atrofida  olib  borilmoqda. 
Alohida e ’tibor iqtisodiy tuzilishga va iqtisodiy faoliyat subyektlari orasi­
dagi  munosabatlarga  qaratilmoqda.  Globallashtirishga  siyosatshunoslar 
ham  katta  e ’tibor  berishyapti.  Afsuski,  yurisprudensiya  bu  zamonaviy 
fanning  magistral  rivojidan  hozircha  chetda  qolmoqda.  Adabiyotlarda 
globallashuvga yetarli e ’tibor bermayotgan xalqaro-yuristlarsha’niga ham 
ko'pincha  ta ’nalar  uchram oqda2.  Ayni  shu  vaqtda  davlat  va  huquq  ha­
qidagi  fan  ijtimoiy  boshqaruv tizimini  takomillashtirish  yo'llarini  belgi- 
lashda  hal  qiluvchi  rol  o'ynashi  talab  etiladi.  Birinchi  galda,  bu  dav­
latning  rolini  aniqlashga  tegishlidir.
Bu  savol  bo'yicha  ikki  asosiy  nuqtayi  nazar  mavjud  bo'lib,  birinchi 
nuqtayi  nazar tarafdorlarining fikricha,  kapitalizm to'lig'icha erkin  raqo- 
batliligi bilan inson erki va uning farovonligini ta ’minlashga imkon beruv­
chi jam iyatni  tashkillashtiradigan  yagona  tizimdir.  Shunga  binoan  dav­
latning  tartibga  soluvchi  roli  yo'q  darajaga  keltirilishi  lozim.  Ba’zi  m u­
taxassislar  jam iyatning  bosh  tashkiloti  sifatida  davlatning  roli  tushib 
ketganligi  haqida  yozishmoqda  va  hatto  milliy  davlatlarning  tugashini 
ta ’kidlashmoqda.  Global  jarayonlar  boshqaruvida  bosh  o'rin  yirik  kor- 
poratsiyalarga  berilmoqda.
Bu  konsepsiya  Rim  klubi  kabi  e ’tiborli  forum   ishida  ham  o 'z  aksini 
topdi.  E.  Toflem ing  tasdiqlashicha,  milliy  davlatlar  tizimi  asta-sekin 
«dunyo tizimiga o'xshash,  uni ta ’minlashga qodir bo'lgan,  mutlaqo yangi 
siyosiy  chegaralarni  talab  qiluvchi»3  transmilliy  korporatsiyalar dunyosi 
tom onidan  siqib  chiqariladi.

Kissinger H.
  D ip lo m a c y .  N e w   Y o rk ,  1994.  —  P.  26.
1
  E u ro p e a n   J o u r n a l  o f   I n te r n a tio n a l  L aw .  1998.  № 4 .   —  P .  7 51.

Tofjler A.
  T h e   T h ir d   W av e.  N e w   Y o rk ,  1980.  - P .   3 4 4 .
www.ziyouz.com kutubxonasi


TN K   dunyo  tartibini  ta ’min  etishi  mumkinligiga  bo'lgan  ishonch 
real  emasligi  tez  orada  m a’lum  bo'lib  qoldi.  Bu jihatdan  Butun jahon 
banki  tutgan  yo'l  ibratlidir.  K o'p  yillar  davomida  Bank  milliy  hokimi- 
yatchilik  va  borgan  sayin  kuchayib  borayotgan  byurokratiyaga  qarshi 
chiqqan  edi.  Biroq,  1997-yili  u «O'zgaruvchan  dunyoda davlat»  muam- 
mosiga  bag'ishlangan  maxsus  hisobotini  nashr  etdi.  Hisobotda  e ’tirof 
etilishicha,  davlatsiz barqaror iqtisodiy,  ijtimoiy taraqqiyot  mumkin emas. 
U ning  bu  taraqqiy o td a  boshqaruvchidan  ko 'ra  ko 'p ro q   sherik  va 
ko'maklashuvchi omil  sifatida muhim  rol o'ynashi talab etiladi.  E ’tiborga 
loyiq tomoni shunda,  bankning mulohazasi bo'yicha davlatsiz hech qan­
day maqsadlarga erishib bo'lmaydi,  lekin uning vazifasi boshqarish emas, 
balki  bank  va  korporatsiyalarga  ko'maklashishdir.
Katta biznes vakillari  orasida  davlatning vazifasi  yirik kapital  uchun 
zarur bo'lgan mamlakat ichkarisidagi va jahon maydonidagi tartib-qoidani 
saqlab  turishda  e ’tibor  qozongan.
Um um an  davlat  rolining  pasayib  ketishi  haqidagi  konsepsiya  glo­
ballashuv  orqali  ochilgan  im koniyatlardan  keng  foydalanuvchi  yirik 
kompaniyalarga ega AQSHda  ko'proq tarqalgan.  Yevropada kapitalizm 
hayot  darajasini  oshishida optim al  tizim sifatida qaralishiga  moyil  kon­
sepsiya  ko'proq  om m alashgan.  Lekin  davlatlarning  erkin  raqobatni 
madaniylashgan  darajaga  qo'yishi  talab  qilinadi.
Yevropalik  mutaxassislar  davlat  rolini  e ’tirof etish  bilan  bir  vaqtda 
ko'p  qismini  u  faqat  boshqa  davlatlar  bilan  o'zaro  aloqada  amalga 
oshirishi  mumkin  bo'lgan,  uning  funksiyalarini  birlashtirishni,  inter- 
natsionalizatsiya qilishni (baynalmilallashuvini) ta ’kidlashmoqda.  Nemis 
professori S. Xobe qaralayotgan savolga bag'ishlangan asosiy ishida davlat 
tushunchasining  o'zini  tubdan  o'zgartirish  lozimligini  yozadi.  Uning 
fikricha,  davlatning  xalqaro  hamkorlik  uchun  ochiq  bo'lishining  o'zi 
davlat  tizim ining  konstitutiv  elem entidir  (unsuridir)1.
Davlatning barcha faoliyati baynalmilallashuviga shubha yo'q.  Lekin 
bu aslo uning roli pasayishini bildirmaydi. Xalqaro munosabatlarda davlat 
boshqa  davlatlar bilan birlashadi  va o 'z  mustaqilligiga ko'ra,  o 'z   chega- 
ralarida tartib-qoidani ta ’minlaydi.  Natijada davlatning roli  ijtimoiy jara- 
yonlarni  boshqarishda  nafaqat  pasayadi,  balki  lozim  darajada  o'sadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish