Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


xalqaro  huquq  subyektlari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

xalqaro  huquq  subyektlari 
o'rtasida  qurol-yarog'lami  cheklash  va  qurolsizlanish  to'g'risidagi  bitim­
lar bo yicha  majburiyatlarni zimmaga olish  hamda  bunday majburiyatlar­
ni ro 'yobga chiqarish  va tekshirish mexanizmini о 'matish demakdir.  Xalqaro 
amaliyotda  xavfsizlikning  pozitiv  (ijobiy)  va  negativ  (salbiy)  kafolatlari 
farqlanadi.
2 -§ .  Kollektiv  xavfsizlik  va  uning  tizimlari
Kollektiv  xavfsizlik 

  bu  davlatlarning  tinchlikk a  tah d id   solishning 
oldini  olish  va  bunday  tahdidlarga  barham   berish  h am d a  agressiya  h a ­
rakatlarini  b a rta ra f etishga  qaratilgan  birgalikdagi  cho ra-tad b irlari  tizi- 
midir.
K ollektiv  xavfsizlikning  yalpi  va  m intaqaviy  tizim lari  mavjud.
Yalpi  kollektiv xavfsizlik  tizimining
 asosi  B M T  U stavidir.  Bunda  h ar 
to m o n la m a   tinch   ham korlik  tizim ini  barpo  etish  va  q o 'lla b -q u w a tla sh  
yo'li  bilan tinchlikka tahdidning oldini olishga tayanilishi alohida e ’tibom i 
tortadi.
T inchlik ka  tahdidning  oldini  olishga  tayanish  nizoli  vaziyatlar  y u ­
zaga  kelganda  qo'llaniladigan  usullarga  h am   xosdir.  Davlatlar:
1)  kuch  bilan  tahdid  etishdan yoki  kuch  q o 'llash d an   tiyilib  turishga;
2)  n izo lar va  vaziyatlam i  faqatgina  tin c h   yo'l  bilan  hal  etish  vosita­
lari  orqali  barqarorlashtirishga;
3)  tin ch lik   va  xavfsizlikni  saqlab  turish   uchun  o 'z   kuchlarini  bir- 
lashtirishga  m ajburdir.
H arbiy  harakatlarga  olib  kelishi  m u m k in   b o 'lg a n   jid d iy   n izo lar 
o 'c h o g 'i  alangalangan  vaziyatlarda  B M T  Xavfsizlik  K engashi,  vaziyatni 
tinchlik ka  xavf solishi,  tinchlikni  buzishi  m um kin  b o 'lg an   vaziyat  yoki 
agressiya  harakati  sifatida  baholar  ekan,  d a sta w a l,  B M T   U stavining 
39-m oddasi bo'yicha tegishli choralarni  ko'rishga kirishadi.  U  40 -m odda 
b o 'y ich a  vaziyatning  qaltis  tus  olishiga  y o 'l  qo'y m ayd ig an  m uvaqqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


choralarni joriy  etishi  m um kin.  S hundan   so‘ng  qurolli  k u ch lardan   foy- 
dalanm ay  sanksiya  q o 'llash   haqidagi  41-m od da  kuchga  kiradi.  Y a ’ni 
iqtisodiy  m unosabatlarni,  tran sp o rtlar  qatnovini  to 'xtatish,  d ip lo m a tik  
m unosabatlarni  uzib  q o'yish  shular  jum lasidandir.  Keyin  esa  qurolli 
sanksiyalar  to 'g 'risid ag i  42-m o d d an i  qo'llash  m um kin  bo 'lad i.
BMTning  tinchlikparvar  operatsiyalari  (tadbirlari)
  tinchlik   va  oso- 
yishtalikni  saqlab  tu rish d a  m uhim   o 'rin   tutadi.  Keyingi  yillarda  bu nd ay 
am aliyotlarning  ko 'lam i  to b o ra  kengaymoqda.  Ayni  vaqtda  u la r  U stav- 
da to 'g 'rid a n  to 'g 'ri  k o 'z d a tutilm agan,  balki  BM Tning um um iy  m aqsad 
va  prinsiplaridan  kelib  chiqadi.  Shu  bois  bunday  am aliyotlar  harakati 
tinchlikparvar  am aliyotlar  to'g'risidag i  m asalalam i  m un tazam   ravishda 
k o 'rib   chiqadigan  Bosh  Assam bleyaning  B M T  Ustaviga  m uvofiq  qabul 
qilgan  b ir  q a to r  rezolyutsiyalari  bilan  tartibga  solinadi.
Tinchlikparvarlik
 degani,  qurolli  kuchlam ing  o'zin i  o 'z i  h im o y a  q i­
lish  hollarini  istisno  etganda,  qurol  ishlatm asdan  va  uru shay otg an   t o ­
m o n lar  roziligi  asosida  bajaradigan  ham da  sulh  haqidagi  bitim ga  am al 
qilinishini  kuzatib  turish  uchun  m o'ljallangan  am aliyotlarini  anglatad i. 
B undan  m aqsad  —  xalqaro  nizoni  siyosiy  yo'l  bilan  hal  etilishiga  eri­
shish  y o'lid a  d ip lo m atik   harakatlam i  rag'batlantirishdan  iborat.
B M T ning  tinchlikparvar  kuchlari  ilk  bor  1948-yilda,  Isroil  d av lati­
ning  tashkil  topish  davrida,  qo'llanilgan  bo'lib,  o 'tg an   vaqt  m o b ay n id a 
ulardan  bir  n ech a  m arta  foydalanilgan.  Endilikda  B M Tning  tin c h lik ­
parvar  kuchlari  tinchlikni  va  davlat  yaxlitligini  xavf ostida  q oldirad ig an 
turli  diniy,  etn ik   negizlardagi  m ahalliy  nizolarga  b arham   b erish da  k atta 
vazifalam i  bajarm oqda.  B M T   kuchlarining  xalqaro  b o 'lm ag an   tusdagi 
nizolarni  barqarorlashtirish  borasidagi  roli  ortib  borm oqda,  b u   un in g  
faoliyatida  yangi  yo'nalish  hisoblanadi.
A m aliyotlarni  m oliyalashtirish  B M T  barcha  a ’zolarining  m ajbu ri- 
yati sanaladi.  B M T  Bosh Assambleyasi  rezolyutsiyalarida nizoli hududdagi 
m intaqaviy  tash k ilo tlar  bilan  ham korlikning  aham iyatiga  alo h id a  u rg 'u  
beriladi.
1994-yili  B M T   Assam bleyasi  B M T  xodim lari  va  u  bilan  b o g 'liq  
shaxslar xavfsizligi to'g'risidagi  konvensiya  loyihasini tasdiqlagan.  T in c h ­
likparvar  k uchlar  safida  q u rb o n lar  sonining  keskin  ortib  boray otg ani 
an a  shu  konvensiyani  qabul  qilishni  taqozo  etgan.  45-yil  m o b ay n id a 
Isroilda joylashgan  nazoratchilarsafidagi yo'qotish  39  nafar kishini tashkil 
etgan.  Ikki  yil  ichida  S om alida  BM T  kuchlari  safidan  130  n a fa r  kishi 
qurbon  bo'lgan.
B M T xodim lari sirasiga harbiylar,  politsiyachilar yoki  fuqaro shaxslar 
kontingenti,  y a ’ni  Bosh  kotib  to m o n id an   B M T  am aliyotida  q atn ash ish  
uchun  y o 'llan g an   shaxslar  kiritilgan.  B M T  am aliyoti  deg and a,  B M T ­
ning  vakolatli  organi  to m o n id a n   Ustavga  m uvofiq joriy  etgan  va  B M T
www.ziyouz.com kutubxonasi


rahbarligi  ham d a  nazorati  ostida  am alga  oshiriladigan am aliy otlar tu sh ­
uniladi.
K onvensiyada B M T ning tinchlikparvarlik am aliyotlari va  U stavning 
V II  bobiga  m uvofiq  am alga  oshiriladigan  m ajburiy  h arak atlam i  k o 'zd a 
tutuvchi  am aliyotlar bir-biridan  farqlanadi.  U  xalqaro g u m an itar h uquq 
qoM lanadigan  uyushgan qurolli  kuchlarga  qarshi  harbiy harakatlarga jalb 
etilgan  xodim larga  nisbatan  qo'llanilm aydi.  A m m o,  bu  m utlaqo  tin c h ­
likparvar  k uchlar  xodim lari  m azkur  huquq  ta ’siri  doirasida  em as  ekan, 
degan  m azm unni  anglatm aydi.  K onvensiyada  t a ’kidlanganidek,  undagi 
hech  bir narsa xalqaro gum anitar huquqning am aliyotlarda b and b o ig a n  
B M T   xodim lariga  nisbatan  qo'llanilishi  m um kinligi  yoki  bu  xodim lar- 
ning  m azkur  huquqni  hurm at  qilishga  m ajburligi  m asalalariga  daxl  qil­
maydi.
B M T   xodim lari  o 'z la ri  b o 'lib   tu rg an   m am lak at  va  tran z it  bilan 
o 'tad ig an   m am lakatning  q o nun  va  qarorlarini  hu rm at  qilishga,  o 'z   maj- 
buriyatlarining  xolisligi  va  xalqaro  aham iyatga  egaligiga  m os  kelm av- 
digan  xatti-h arakatlardan  tiyilishga  m ajburdirlar.
M intaqaviy  kollektiv  xavfsizlik  tizim i.  B M T   U stavida  m intaqaviy 
b itim lar  ham d a  m intaqadagi  harakatlarga  m os  ravishda  tin ch lik   va 
xavfsizlikni  ta 'm in la sh g a   taalluqli  m asalalam i  hal  etuvchi  org an lar 
to 'g 'ris id a   maxsus  bob  mavjud.  Bobda  an a  shu  b itim lar  va  organlar, 
sh u n in g d ek ,  ularning  faoliyati  BM T  m aqsadlari  va  prinsiplariga  mos 
kelishi  zarurligi  qayd  etilgan.  BM T  Xavfsizlik  K engashi  bunday  b itim ­
lar  va  o rg an lar  doirasida  n izolam ing  tin ch   yo'l  bilan  hal  etilishini 
ra  b atlan tirad i.  U  o 'z   rahbarligi  ostida  m ajburiy  h arak atlam i  am alga 
oshirish da  m intaqaviy  bitim lar  va  organ lard an   foydalanadi.  Kengash 
vakolatisiz  ular  m ajburiy  harak atlam i  am alga  o sh ira  olm aydi.  kollek­
tiv  tarzd a  o 'z in i  o 'z i  him oyalash  m aqsadiga  q aratilg an  h arak atlar  b u n ­
d an   m ustasno.  Kengash  tin ch lik   va  xavfsizlikni  t a ’m inlash  m aqsadida 
am alga  oshiriladigan  yoki  am alga  oshirish  m o 'ljallan g an   b arch a  ha- 
ra k atlard an   x abardor  qilinishi  shart.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotini
 tuzish  uchun  asos bo'lib 
xizm at  qilgan  1994-yilgi  Budapesht  hujjatida  qayd  etilishicha,  tashkil­
o tn in g   m aq sad i  m in ta q a d a   xavfsizlik,  b a rq a ro rlik   va  h am k o rlik n i 
ta ’m inlashga hissa qo'shishni  kuchaytirish,  shu yo'l bilan Xelsinki yakun­
lovchi  akti  prinsiplariga  muvofiq  ravishda,  Y X H T ning  yalpi  xavfsizlik 
m akonini  rivojlantirish  borasida  asosiy  o 'rin n i  egallashiga  erishishdan 
iboratdir.
1994-yildayoq  oliy  darajadagi  kengashda  Xavfsizlikning  harbiy-si­
yosiy jabhalari bo'yicha  m uom ala  kodeksi qabul  qilingan.  U nd a xavfsizlik 
b o 'lin m a s  ekani  o 'z   tasdig'ini  topgan.  H a r  bir  davlatning  xavfsizligi 
boshqa  barcha  davlatlar xavfsizligi  bilan  o 'z a ro   ch am barch as  bog’liqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishtirokchilar  o ‘z  xavfsizligini  boshqa  davlatlar xavfsizligi  evaziga  m us- 
tahkam lam aslik  m ajburiyatini zim m asiga olgan.  U lar yakka tartibd a yoki 
kollektiv  tarzda  o 'z in i  o 'z i  m udofaalash  huquqini  ro'yobga  chiqarishda 
ko'm akka  m uhtoj  d avlatlar  bilan  tezd a  m aslahatlashish  m ajburiyatini 
olganlar.  Ishtirok chilar  m avjud  tahdid  va  um um iy  qadriyatlarini  h im o ­
yalash  m aqsadida  taq o zo   etiladigan  xatti-harakatlarning  m azm u n -m o - 
hiyatini  birgalikda  k o 'rib   chiqishga  kelishib  olganlar.
Qurolli  kuchlar yakka tartibdagi  yoki  kollektiv xavfsizlik talablari  dara- 
jasiga mos bo'lishi zarur.  N azorat qilish, qurolsizlanish,  ishonch va xavfsizlik 
choralarini kuchaytirish sohalaridagi majburiyatlar tasdiqlab olingan.  K ons­
titutsiyaviy  hokimiyat  nazoratida  bo'lm agan  kuchlarga  toqat  qilmaslik  va 
ulam i  qo'llab-quw atlam aslik  borasidagi  majburiyatlar,  ayniqsa,  diqqatga 
loyiqdir. Agar davlat bunday kuchlar ustidan o'z  hukmronligini o'm atishga 
qodir bo'lm asa,  u  zarur harakatlam i  belgilab olish  uchun Y X H T doirasida 
tegishli  maslahatlashuvlami  boshlab  yuborishi  mumkin.
MDH  Nizomida
  ham   xavfsizlik  masalalariga  alohida  e ’tib o r  q aratil­
gan.  Xususan,  un d a  xalqaro  tinchlik   va  xavfsizlikni  ta ’m inlash  bo 'y ich a 
ham korlik  qilish,  q u ro l-y a ro g 'la r  va  harbiy  sarf-xarajatlarni  kam ayti- 
rishga  qaratilgan  sam arali  ch o ralar  q o'llash,  yadroviy  va  boshqa  xil 
om m aviy q irg'in  qurollarini  b arta raf etish,  yalpi  va  to 'la   qurolsizlanish- 
ga  erishish,  bahs  va  nizolarni  tinch   yo'l  bilan  hal  etish  bu  boradagi 
asosiy  m aqsadlar  sifatida  qayd  etilgan.  K o'rinib  turibdiki,  vazifalarning 
ko'lam i  ju d a  keng  va  uzoq  istiqbolga  m o'ljallangandir.
Bu  vazifalam i  bajarish  u ch u n   ishtirokchilar xavfsizlik  sohasida  yak- 
dil  siyosat  yuritishga  kelishib  olganlar.  Xavfsizlikka  tahdid  yuzaga  kel­
gan  vaziyatlarda  darh o l  B M T   Ustaviga  muvofiq  yakka  tartibdagi  va 
kollektiv  m udofaalanish  h uquqini  ro'yobga  chiqarish  tartibidagi  qurolli 
kuchlardan  foydalanishni  k o 'z d a   tutuvchi  tahdidni  b arta raf etish  c h o ­
ralarini  qo'llash  m aqsadiga  qaratilgan  o 'z a ro   m aslahatlashuvlar  m exa- 
nizm i  ishga  tushadi.  Q urolli  kuchlardan  foydalanish  to 'g 'risid ag i  qaro r 
M D H   davlatlari  rahbarlari  kengashi  yoxud  faqat  bevosita  m an faatd o r 
davlat  to m o n id an   qabul  qilinadi.
Bunday q oidalar A rab  D avlatlari  Ligasi,  Am erika  D avlatlari  T ashki­
loti,  Afrika  Birdam ligi  T ashkiloti  kabi  m intaqaviy  tuzilm alarning  ni- 
zom lariga  ham   kiritilgan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish