Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

SAKKIZINCHI  MAVZU. 
XALQARO  H UQ UQ   VA  MILLIY 
H U Q U Q N IN G   O'ZARO  M UNOSABATI
1-§.  Xalqaro  va  milliy huquqning  o ‘zaro  munosabati
2 -§.  Konstitutsiya  va  xalqaro  huquq
3 -§.  Xalqaro  huquq  normalarining  milliy  huquqqa  bo‘lgan  trans- 
formatsiyasi  (implementatsiyasi)
l - § .  Xalqaro  va  milliy  huquqning  o ‘zaro  munosabati
Xalqaro  va  milliy  huquq  (davlatning  ichki  huquqi)  turli  sohalarda 
amal  qiladigan  va  bir-biriga  bo'ysunmaydigan  mustaqil  huquq  tizimlari 
hisoblanadi.  Ayni  chog'da,  ular  o'zaro  murakkab  m unosabatlar  bilan 
bog'langandir.
Keng  m a’noda  qaralganda,  xalqaro  va  milliy  huquqlarning  harakat 
sohalari  bir-biriga  juda  yaqin  bo'lib,  u  tegishli  huquq  subyektlarining 
o'zaro  harakati  jarayonida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlarni 
qamrab  oladi  Amaliy jihatdan  yondoshganda,  xalqaro  va  milliy  huqu- 
qlaming  harakat sohasi  qanchalik o'zaro yaqin  bo'lm asin,  ular turlicha- 
dir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birinchidan,  xalqaro  huquq  subyektlari  sifatida  —  davlatlar,  milliy 
huquq subyektlari sifatida esa, jismoniy va yuridik shaxslar,  shuningdek, 
ushbu  davlatlarning  organlari  namoyon  bo'ladi.
Ikkinchidan, tartibga solish  obyekti  xalqaro huquqda —  xalqaro (dav­
latlararo)  munosabatlar,  milliy  huquqda  esa,  mamlakat  ichkarisidagi 
ijtimoiy  munosabatlar  kiradi.
Uchinchidan,  xalqaro  huquqda  normativ  manbalarni  davlatlar,  bi­
tim  asosida  yaratadi,  milliy  huquq  manbalarini  esa,  qonunlar  hamda 
davlatning  oliy  hokimiyat  va  boshqaruv organlarining  qonunosti  hujjat­
lari  tashkil  etadi.
To'rtinchidan,  milliy  huquq  normalariga  rioya  etishni  alohida  dav­
lat  majburlov  apparati  ta ’min  etgani  holda,  xalqaro  huquq  normalariga 
amal  qilishni  ta ’minlash  alohida  yoki jam oa  tarzida  majburlovchi  usul- 
lami  qo'llash yo'li bilan  ro'yobga chiqariladi, bunda  majburlovni qo'llash 
doirasi  va  shakllari  maxsus  prinsiplar  hamda  xalqaro  huquq  norm ala­
rida  belgilangan  bo'ladi.
Xalqaro  huquqning  milliy  huquq  bilan  bo'lgan  o'zaro  munosabat- 
laridagi  chuqurlashuv  ijtimoiy  hayotni  baynalmilallashtirish  bilan  belgi­
lanadi.
Xalqaro  huquq  bo'yicha  majburiyatlarni  vijdonan  bajarish  prinsipi­
ga muvofiq,  har qanday davlat o'z  hokimiyatini amalga oshirishda, ju m ­
ladan  qonunlar  va  m a’muriy  qoidalarni  o'm atishda  o'z  zimmasidagi 
xalqaro  majburiyatlarni  muvofiqlashtirib  oladi.  Shu  bilan  birga,  davlat- 
laming  suveren  tengligi  prinsipi  har  bir  davlatga  o'z  milliy  huquqiy 
tizimini  o'zi  tanlash,  shuning  barobarida,  o'z  ichki  davlat  huquqining 
xalqaro  huquq  bilan  o'zaro  munosabat  tartibini  belgilash  uchun  imkon 
beradi.  Bu  xalqaro  huquq  davlat  zimmasiga  muayyan  majburiyat  yuk- 
laydi,  uni  mamlakat  ichida  amalga  oshirish  tartibini  esa,  agar  xalqaro- 
huquqiy normada boshqa xil  qoida mavjud bo'lmasa,  milliy huquq belgi- 
laydi.
Shunday  qilib,  xalqaro  huquq  va  davlat  ichki  huquqi  ikki  mustaqil 
o'zaro bog'liq huquq tizimidir.  Ular bir-biriga muayyan  ta ’sir ko'rsatadi 
ham da  har  biri  o'z  makonida  harakat  qiladi.
Xalqaro  va  milliy  huquqning  o'zaro  munosabati  bo'yicha  uch  xil 
nuqtayi  nazar  mavjud.
Birinchi  nuqtayi  nazar tarafdorlari  xalqaro  huquqning  milliy  huquq 
normalaridan  ustunligini  e ’tirof etadilar  va  hozirgi  kunda  ko'pchilikni 
tashkil  etadilar.  Xalqaro  huquqning  ustunligi  aksariyat  davlatlarning 
konstitutsiyalarida,  xususan  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi- 
ning  M uqaddimasida ham   mustahkamlangan.  Demak,  birinchi  nuqtayi 
nazar xalqaro  huquq  ustunligi  nazariyasini  asoslaydi.
Ikkinchi  nuqtayi  nazar  bo'yicha  xalqaro  huquq  va  davlat  ichki  hu-
www.ziyouz.com kutubxonasi


quqi  o'zining  subyektlari,  manbalari,  obyektlari,  harakat  qilish  sohasi 
bo‘yicha  mustaqil  huquq  tizimlaridir.  Bu  nuqtayi  nazar  namoyondalar- 
ining  ta ’limoti  dualistik  nazariya  nomini  olgan.
Uchinchi  nuqtayi  nazar  XIX  asrda  Germaniyada  tarqalgan  b o ‘lib, 
unda  davlat  ichki  huquqining  xalqaro  huquqqa  nisbatan  ustunligi  olg‘a 
surilgan.
Xalqaro  huquq  tizimi  va  davlatning  ichki  huquqi  tizimi  bir-biridan 
umuman  ajralgan  va  alohida  holda  mavjud  bo'lmaydi.
Xalqaro  huquqda  norma  ijodkorligi  milliy  huquq  tizimlariga  ta ’sir 
ko'rsatishi  hamda  bu  davlatlarning  tashqi  siyosati  va  diplomatiyasida 
hisobga  olinishi  fakt  sifatida  e ’tirof etiladi.  Xalqaro  huquq  o ‘z  navbati­
da  milliy  qonunchilikka  ta ’sir  ko'rsatadi.  Qator davlatlarda  ratifikatsiya 
qilingan  xalqaro  shartnomalar to'g'ridan  to 'g 'ri  milliy  qonunchilikning 
bir qismiga aylanadi.  Ko'plab davlatlar qonunlarida shunday qoida belgi- 
langanki,  unga ko'ra,  qonundagi  qoidalar bilan  xalqaro shartnom a  nor­
malari  o'rtasida  tafovut  mavjud  bo'lgan  hollarda  xalqaro  shartnom a 
qoidalari  ustuvor  sanaladi.
Xalqaro huquq subyektlari, prinsip nuqtayi nazaridan olganda, xalqaro 
majburiyatlarga  rioya  qilmaganliklarini  oqlash  uchun  o'z  qonunchiligi- 
ga  havola  qilishlari  mumkin  emas.  Davlatlar  o 'z  zimmalariga  olgan 
xalqaro  majburiyatlarni  sidqidildan  bajarishlari  zarur.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish