Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Bosh  Assambleya  —  BMTning  Ustavi  doirasida  har qanday  masala- 
larni  yoki  ishlarni  muhokama  etish  huquqidek  keng  vakolatlarga  ega 
bo'lgan  vakillik  organi.  Shuningdek,  u  BM Tning  har  qanday  organi 
vakolatiga  kiradigan  masalalarni  m uhokam a  etishi  mumkin.  Tegishli 
masalani  ko'rib chiqish  natijasi  o'laroq,  u  BM T a’zolariga va organlari­
ga,  shu jum ladan  Xavfsizlik kengashiga  ham  tavsiyalar kiritadi.  Bunday 
tavsiyalar  Xavfsizlik  kengashi  va  Xalqaro  suddan  tashqari,  BMTning 
barcha  organlari  uchun  majburiydir.
B M T  U stav id a  Bosh  A ssam bleya  fa o liy a tin in g   eng  m uhim  
yo'nalishlari  ko'rsatib  qo'yilgan.  Bosh  Assambleya  tinchlikni  qo'llab- 
quw atlash  borasidagi  hamkorlikning umumiy  prinsiplari,  shu jumladan 
qurolsizlanish prinsiplarini  ko'rib chiqish va BM T  a ’zolari hamda Xavf­
sizlik  kengashiga  tegishli  tavsiyalar  kiritish  vakolatiga  ega.
BMT Bosh Assambleyasi davlatlar o'rtasida yalpi tinchlik-osoyishtalik 
va  do'stona  munosabatlarga  xalal  berishi  m um kin  bo'lgan  har  qanday 
vaziyatni  tinch  yo'l  bilan  hal  etishga  qaratilgan  choralarni  ham  tavsiya 
etish  mumkin.  Bunda  BMT  Ustavining  maqsad  va  vazifalar bayon  etil­
gan qoidalarini buzish oqibatida yuzaga keladigan vaziyatlar ham nazarda 
tutilgan.
BMT  Bosh  Assambleyaning  asosiy  vakolatlari  sirasiga,  shuningdek, 
siyosiy  soha  bo'yicha  xalqaro  hamkorlikka  ko'maklashish  va  xalqaro 
huquq  va  uning  kodifikatsiyasi  borasidagi  progressiv  taraqqiyotini 
rag'batlantirish  masalalari  ham  kiritilgan.  Bosh  Assambleya  ishtirokida 
eng  m uhim   masalalar,  shu  jumladan  inson  huquqlari,  yadro  qurolini 
tarqatm aslik,  dengiz  tubi  va  kosmik  fazodan  foydalanish  kabi  sohalarga
www.ziyouz.com kutubxonasi


taalluqli  300  dan  ziyod  shartnoma  qabul  qilingan.  Bundan  tashqari, 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  turmush,  madaniyat,  ta ’lim,  sog'liqni  saqlash  va 
inson huquqlari sohalari bo'yicha hamkorlikka ko'maklashish  ham  Bosh 
Assambleyaning  asosiy  vazifalaridandir.
BMTning  barcha  asosiy  organlari,  shu  jum ladan  Xavfsizlik  ken­
gashi  ham o'z faoliyati to'g'risida Bosh Assambleyaga hisobotlar taqdim 
etib turadi.  U  BMT budjetini  tasdiqlaydi  va  a’zolar to'laydigan  badallar 
miqdorini  belgilaydi.  Bosh  Assambleya  Xalqaro  suddan  tegishli  kon- 
sultativ xulosalarni  so'rab  olishi  barobarida,  buni  BMTning  boshqa  o r­
ganlari  va  uning  ixtisoslashgan  muassasalari  amalga  oshirishiga  ham 
ruxsat  etishi  mumkin.
Bosh  Assambleya  vakolatlari  BMT  organlarini  shakllantirish  jab- 
hasida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  U  Xavfsizlik  kengashining  10  ta 
muvaqqat  a’zosini  va  EKOSOSning barcha  a ’zolarini  saylaydi.  U  jam i 
200  dan  ortiq  qo'shim cha  organlami  tasdiqlaydi.  Va  nihoyat  BMT  U s­
taviga tuzatishlar kiritish jarayoni ham Bosh Assambleya m a’qullagandan 
so'ng  boshlanadi.
BMT  Bosh  Assambleyasi  bir  qator  vakolatlarni  Xavfsizlik  kengashi 
bilan  birgalikda  amalga  oshiradi.  Xavfsizlik  kengashi  tavsiyasiga  m u­
vofiq,  Bosh  Assambleya  a ’zolikka  qabul  qilish,  a ’zolikni  vaqtincha  va 
butunlay  to'xtatish  to'g'risida  qarorlar  chiqaradi.  Bosh  Assambleya  va 
Xavfsizlik  kengashi  birgalikda  Xalqaro  sud  a’zolarini  ham  saylaydi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish