Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  O'zbekiston  Respublikasida



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5 -§ .  O'zbekiston  Respublikasida 
diplomatik  xizmatning  huquqiy  asoslari
Diplom atik  xizmatga  oid  eng  muhim  m asalalar,  birinchi  navbatda, 
O 'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  bilan  tartibga  solinadi. 
Konstitutsiya:  birinchidan,  O 'zbekiston  Respublikasi tashqi  siyosatining 
asosiy  prinsiplarini  m ustahkamlagan  (17 -m o d d a);  ikkinchidan,  xalqaro 
huquqning  um um e’tiro f etilgan  prinsiplari  va  normalari  m illiy  qonun- 
ch ilik d a n   u stu n ligin i  e ’ t ir o f  etgan   (M u q a d d im a ):  u c h in c h id a n , 
O'zbekistonning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimini o'm atgan.
Bundan tashqari,  O'zbekistonda tashqi  siyosat  va diplomatik huquqqa 
oid  qator  maxsus  qonunlar  qabul  qilingan.  Bunday  qonunlar jum lasiga 
quyidagilar  kiradi:  «D iplom atik  d arajalar  va  m artabalarni  o'rn atish 
t o 'g ‘ risid a » g i  O 'z b e k isto n   R e s p u b lik a s in in g   q on un i  ( 1 9 9 2 )   va 
«O'zbekiston  Respublikasining chet  davlatlarda diplomatik vakolatxona
1  Qarang:  O 'zbekiston  Respublikasining  K onsullik  ustavi.  —  Т.,  1996.
156
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish to‘g ‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respub­
likasining  qonuni  (1992).
Ushbu  qonunlar  ichida  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  chet  davlat- 
lardagi  diplom atik  vakolatxonalari  boshliqlarini  tayinlash  ham da  cha­
qirib  olish  tartibi  to‘g ‘ risida»gi  va  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  diplo­
matik  xodim lari  uchun  diplom atiya  daraja  va  m artabalari  belgilash 
to ‘g ‘ risida»gi  qonunlar 0 ‘zbekistonda diplomatik xizmatni tashkil  etish- 
ning  huquqiy  asoslarini  tashkil  etadi.
Agar  birinchi  qonun  0 ‘zbekiston  Respublikasining  diplom atiya  va­
kolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibini «Diplo­
matik  m unosabatlar  to ‘g ‘ risida»gi  1 9 6 1 -yildagi  Vena  konvensiyasiga 
hamda  boshqa  um um e’tirof etilgan  xalqaro-huquqiy  norm alar  va  qoi- 
dalarga  muvofiq belgilab bersa,  ikkinchi qonun esa,  0 ‘zbekiston  Respub­
likasining  diplom atik  xodimlari  uchun  diplom atik  darajalari  va  marta- 
balarini  belgilab  bergan.
0 ‘ zbekiston  Respublikasining chet davlatdagi diplom atik vakolatxo- 
nasining  boshlig‘ i  0 ‘ zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tom onidan  Oliy 
M ajlis  Senatiga  tayinlash  uchun  kiritiladi.  Bu  lavozim   nom zodligiga 
doir  taklifni  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  tegishli 
idoralar  bilan  kelishgan  holda  kiritadi.
0 ‘ zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  m a’ qullagan  diplom atik 
vakolatxonasi  boshlig‘ ining  nomzodini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Tash­
qi  ishlar vaziri  vakolatxona joylashgan  mamlakat  Tashqi  ishlar vazirligi- 
ga  (yozm a)  taqdim  etib,  uning  roziligini  (agreman)  so‘ raydi.
0 ‘ zbekiston  Respublikasi  diplom atik  vakolatxonasining  boshlig‘ ini 
tayinlash  vakolatxona joylashgan  mamlakatning  rasmiy  roziligi  olinga- 
nidan  keyin  am alga  oshiriladi.  Vakolatxona  joylashgan  m am lakatdan 
javob  olingunga  qadar  diplom atiya  vakolatxonasining  boshlig‘ i  lavo- 
zim iga  nom zod  xususidagi  m a’lum otlar  yopiq  hisoblanadi.
Favqulodda  va  muxtor  elchi  yoki  favqulodda  va  m uxtor  vakil  ta- 
yinlangan  m am lakatga jo ‘ nab  ketgunga  qadar 0 ‘ zbekiston  Respublikasi 
Tashqi  ishlar  vazirligi  unga  boradigan  davlatining  rahbariga  topshirishi 
uchun 0 ‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti imzolagan hamda 0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Tashqi  ishlar  vaziri  imzosi  bilan  tasdiqlagan  ishonch 
yorlig‘ ini  tayyorlaydi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining ishonchli vakiliga 0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Tashqi  ishlar  vazirining  qabul  qiluvchi  mamlakat  Tashqi  ishlar 
vazirligi  nom iga  yozilgan  maktubi  beriladi.
0 ‘ zbekiston  Respublikasi  diplom atiya  vakolatxonasining  boshlig‘ i 
quyidagi  hollarda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoni  bi­
lan  chaqirib  olinadi:
1)  diplom atiya  vakolatxonasining  boshlig‘ i  almashtirilganda;
www.ziyouz.com kutubxonasi


2)  diplom atiya  vakolatxonasining  boshlig‘ i  nomaqbul  shaxs  (perso­
na  non  grata)  deb  e ’ lon  qilinganda;
3)  davlatlar  o ‘ rtasidagi  diplomatik  munosabatlar  uzilganda;
4)  davlatlar  o'rtasida  urush  holati  e ’ lon  qilinganda;
5)  davlat  xalqaro  huquq  subyekti  sifatida  y o ‘ qolganda.
O'zbekiston  Respublikasining  chet  davlatlardagi  diplom atiya  va-
kolatxonalarining  boshqa  a ’zolari  O'zbekiston  Respublikasi  tashqi  ish­
lar  vazirining  buyrug'i  bilan  tayinlanadilar  va  chaqirib  olinadilar1.
O'zbekiston  Respublikasida  O'zbekiston  Respublikasi  diplom atiya 
vakolatxonalari  boshliqlarining  3  darajasi  belgilangan:
1)  chet  davlat  boshlig'i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda 
va  muxtor  elchi;
2)  chet davlat boshlig'i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda 
va  muxtor  vakil;
3)  chet  davlat  tashqi  ishlar  vaziri  huzurida  akkreditatsiya  qilinadi­
gan  ishonchli  vakil.
O 'zbekiston  Respublikasi  vakolatxonalarining  boshliqlari  mansub 
bo'lishi  loyiq  ko'rilgan  daraja  diplom atiya  munosabatlari  o'm atayotgan 
davlat  o'rtasidagi  ahdlashuvda  belgilab  qo'yiladi.
O 'zbekiston  Respublikasida  quyidagi  diplom atiya  m artabalari  — 
O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplo­
m atiya  xodimlariga  beriladigan  alohida  xizmat  unvonlari  belgilanadi:
1)  favqulodda  va  m uxtor  elchi;
2)  birinchi  darajali  favqulodda  va  muxtor  vakil;
3)  ikkinchi  darajali  favqulodda  va  muxtor  vakil;
4)  birinchi  darajali  maslahatchi;
5)  ikkinchi  darajali  maslahatchi;
6)  birinchi  darajali  birinchi  kotib;
7)  ikkinchi  darajali  birinchi  kotib;
8)  birinchi  darajali  ikkinchi  kotib;
9)  ikkinchi  darajali  ikkinchi  kotib;
10)  uchinchi  kotib;
1 1 )   attashe.
Favqulodda va m uxtor elchi,  birinchi va  ikkinchi  darajali  favqulodda 
va  muxtor  vakil  martabalari  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
farm onlari  bilan  berilad i.  A n a  shu  m asalalar  yuzasidan  takliflarn i 
O'zbekiston  Respublikasi  tashqi  ishlar  vaziri  kiritadi.  Boshqa  diplom a­
tik  martabalar O 'zbekiston  Respublikasi tashqi  ishlar vazirining buyrug'i
1  «O’zbekiston  Respublikasining  chet  davlatlardagi  diplom atik  vakolatxonalarining 
b o s h liq la rin i  ta y in la s h   h am d a  c h a q irib   o lish   ta rtib i  to 'g 'r is id a »   O 'z b e k is to n  
Respublikasining qonuni  (1992-yil  3-iyulda qabul qilingan) / /  O'zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  axborotnomasi,  1992.  №   9.  —349-m.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan  beriladi.  Bu  martabalami  berish  haqidagi  takliflarni  0 ‘ zbekiston 
Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  m alaka  kom issiyasi  kiritadi. 
M alaka  kom issiyasining  tarkibi  va  u  haqdagi  nizom ni  0 ‘ zbekiston 
Respublikasining tashqi  ishlar vaziri  tasdiqlaydi.  Diplom atik  martabalar 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  rahbar  va  m as’ ul 
xodim lariga  ham  beriladi.
Birlam chi  diplom atik  martaba  —  attashe  diplom atik  xizm atida  ka­
mida  bir  yil  ishlagan  kishiga  beriladi.  D iplom atik  vakolatxonalarining 
xodim lariga navbatdagi  uchinchi  kotib,  ikkinchi  kotib  martabalari  mala- 
kasiga  ham da  xoh  markaziy  devonda,  xoh  0 ‘zbekiston  Respublikasi­
ning  chet  ellardagi  vakolatxonalarida  kam ida  2 —3  yil,  birinchi  kotib, 
m aslahatchi  martabalari  esa  kamida  3—4  yil  xizm atni  muvaffaqiyatli 
o'taganligiga  qarab  beriladi.  Ishdagi  katta  yutuqlari  uchun  diplom atik 
vakolatxonasining xodimi belgilangan muddatdan oldin yuqoriroq diplo­
matik  martaba  berishga  tavsiya  etilishi  mumkin.
Favqulodda  va  muxtor  elchi,  favqulodda  va  m uxtor  vakil  marta­
balari  bir  umrga  beriladi.  Boshqa  diplom atik  martabaga  ega  bo'lgan 
shaxslar  0 ‘ zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar vazirligi  tizimidan  pen- 
siyaga  chiqqanlari  taqdirda  ularning  bu  martabalari  saqlanib  qoladi.
Favqulodda  va  m uxtor  elchi,  favqulodda  va  m uxtor  vakil,  diplo­
m atiya  m artabalaridan  0 ‘ zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirli­
gining  taqdim nom asiga  binoan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti- 
ning  farm onlari  bilan  mahrum  etiladi.  D iplom atiya  vakolatxonalarining 
boshqa  a ’ zolari  xususida  bu  m asala  yuzasidan  qarorni  0 ‘ zbekiston 
Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  m alaka  komissiyasi  taqdimiga 
ko ‘ ra,  tashqi  ishlar  vaziri  qabul  qiladi1 .

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish