Xorda asosiy o ‘q skeleti hisoblanib, u vakuolasi bo'lgan hujayralardan tashkil
topgan. Xordalilaming tubdan taraqqiy etgan vakillarida xorda butun umrining
oxirigacha saqlanadi, yuksak xordalilarda esa organizmning rivojlanish davrida
u umurtqa pog'onasi bilan almashinadi. Xordalilarda xorda ustida joylashgan
naycha shaklida nerv to'plamlari, ovqat hazm qilish naylari bo'ladi.
Bundan
tashqari ularda embrion davrida yoki butun hayoti bo'yicha ko'p miqdorda
jabra urug'chalari mavjud. Pirovardida ularning qorin tom onida yuragi yoki uni
almashtiradigan tomirlari ham bo'ladi.
X ordalilar ja g 'siz la r (A gnatha) va ja g 'lila r (G n a th o s to m a ta ) yoki
um urtqalilar, (Y ertebrata) kenja tiplarga b o 'linadi.Jag 'sizlargalansetn ik -
lar sinfi kiradi (A m phioki). Lansetnik dengizlarning qirg'oqlarga yaqin
joylarida tarqalgan b o'lib, eng ko'p tarqalgan turi lansetnikdir (B ranchi-
ostom a lanceolatum ). Uning uzunligi bir necha sm bo'ladi. Lansetniklar
bosh qismida, miya, jag ' va yuraklari yaxshi ajratilm agan.
Tanasining o 'q qismi xordadan tuzilgan. Ayrim jinsli bo'lib otalanishi
suvda bo'lib o 'tad i. U ning xo'jalik aham iyati yo'q.
Umurtqalilar — Yertebrota.
U larning tanasi
yaxshi rivojlangan teri
qoplam i bilan o'ralgan bo'lib, terisi ikki qavat (k o 'p qavatli epiderm iss va
karium ) dan tashkil topgan. Teridan tangachalar, patlar, junlar, tuyoqlar
va tim oqlar hosil bo'lib turadi. Ularda um urtqa pog'onasi yaxshi
rivojlangan
bo'lib, ko'pchilik um urtqalilarda u skeletga aylanadi. U m urtqalilarda bosh,
ko 'z va oyoq-qo'llari yaxshi rivojlangan.
Muskul sistemasi ko'ndalangtarg'il va silliq m uskullardan tashkil topgan.
Ovqat hazm qilish organlari ancha m urakkab tuzilgan bo 'lib , ularning
ichagi uch qismga bo'lingan. U larda jigar va
oshqozon osti bezlari ham
bo'ladi. Nafas olish jabralar yoki o 'p k a yordam ida bo'ladi.
Q on aylanish sistemasi yopiq bo'lib, u k o 'p kam erali yurak arteriya va
vena kabi qon tom irlaridan tashkil topgan.
Qoni turli xil hujayralarga ajralgan b o 'lib , ochiq limfatik sistem asi
ham mavjud.
Ajratuvchi sistem asi ancha takom illashgan b o 'lib ,
u ikki buyrak va siy-
dik yo'llaridan tashkil topgan.
T uban taraqqiy etgan vakillarida ham rivojlangan nerv sistem asi -
miyasi bo'ladi. Yuksak umurtqali hayvonlarda esa miya yarim sharlari yaxshi
rivojlangan. Ularning nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemalariga
b o 'lin a d i. M axsus sezuv o rg an lari (b u ru n , k o 'z va q u lo q la ri) h am
rivojlangan. Bundan tashqari ularda oshqozon osti bezlari ham shakllangan.
Y um aloq og'izlilardan tashqari barcha um urtqali hayvonlar ayrim jin s
li organizm lar bo'lib, jinsiy deform izm yaxshi k o'zga tashlanadi.
Erkaklik
va urg'ochi jinsli bezlari, juft-juft bo'lib otalanishi tashqi va ichki bo'ladi.
91
Ba’zi bir vakillarida rivojlanish m etam orfoz usulda ham o ‘tadi.
U m urtqalilar tip i quyidagi sinflarga b o ‘linadi:
1. Y um aloq og‘izlilar (C yclostom ota).
2. Tog‘ayli baliqlar(C honrichthyes).
3. Suyakli baliqlar (O steichthyes).
4. Suvda va quruqlikda yashovchilar yoki am fibiyalar (Am phibia).
5. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliya (R eptilia).
6. Q ushlar (Aves).
7. S utem izuvchilar (M am m alia).
Do'stlaringiz bilan baham: