Hozirgi zamon sotsiologiyasidagi asosiy yo’nalishlar Reja: Neopozitivizm sotsiologiyasi. Pitirim Sorokinning analitik sotsiologiyasi



Download 26,68 Kb.
bet6/9
Sana18.01.2022
Hajmi26,68 Kb.
#384389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Etnometodologiya. Etnometodologiya nazariyasining asoschilaridan biri amerikalik sotsiolog G. Garfinkel (1917 yilda tug‘ilgan) hisoblanadi. Uning o‘zi «Etnometodologiya» terminini fanga kiritgan. Etnometodologiya

«jamiyat» tushunchasini obyektiv hodisa sifatida inkor etadi. Ijtimoiy bilish- ning obyekti kishilarning tasavvur va boshidan kechirganlari hisoblanadi. Etnometodologiya real ijtimoiylik bilan ijtimoiylikka oid tasavvurlarni aynanlashtiradi.

Frankfurt maktabi va uning «tanqidiy sotsiologiyasi». Bu yo‘nalish sotsiologiyasiga XX asrning 30-40-yillarida Germaniyada Maks Xorkxaymer (1895-1973) tomonidan Frankfurt na Mayne shahri universiteti qoshidagi ilmiy tadqiqotlar institutida asos solindi. Xorkxaymer ijtimoiy antropologik nuqtai nazardan «jamiyatning tanqidiy nazariyasi»ni rivojlantirdi. Uning fikricha, ijtimoiy tizimni qo‘llab-quvvatlashda kishilarning xarakteri va fe’l-atvori hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Avtoritetning shakllanishi, oila, cherkov, ijtimoiy insti- tutlar xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Xarakter, fe’l-atvor shakllanishi jarayo- nining o‘zi mavjud ijtimoiy tartiblarga erkin bo‘ysunishni bildiradi.

Xorkxaymer «industrial jamiyat»ni tanqid ostiga olib uning orqaga ketish sababi erkin tashabbusning yo‘qligi va xukmronlik yo‘li bilan boshqarilishidir deb ta’kidlaydi.

Xorkxaymer g‘oyalarini nemis faylasufi va sotsiologi Teodor Adorno (1903-1969) qo‘llab-quvatlaydi. U insoniyat evolutsiyasiga tanqi- diy yondashib, uni tarixning «muvaffaqiyatsiz sivilizasiyasi» deb hisob- laydi. T. Adorno ijtimoiy hayotda mantiqiy usul orqali umumiylikdan xususiylikka o‘tishga oid metodologiyaga tanqidiy yondashadi. Uning fikricha, bu usul ijtimoiy hayotda individlarning ezilishiga olib keladi.

T. Adorno o‘zining asosiy asarlaridan biriga «Negativ dialektika» deb nom beradi. Bu asarida muallif ijtimoiy dialektikaning mohiyati, inkor etishlardan iborat deb ta’kidlaydi.

Frankfurt maktabining taniqli namoyondalaridan yana biri ameri- kalik faylasuf, sotsiolog Gerbert Markuze (1898-1979) hisoblanadi. Uning tanqidiy sotsiologik qarashlari juda keng muammolarni o‘z ichiga oladi. Masalan, tabiatda obyektiv dialektikani inkor etish, ijtimoiy ong va ijti- moiy borliqni aynanlashtirish, insonlarning ijtimoiy mohiyatini inkor etish va boshqa shu kabi masalalarni qamrab oladi. Markuze mavjud kapitalistik va sotsialistik tuzumni tanqid ostiga olib, bu tuzumlarda insonlar ijtimoiy voqelikning o‘zi va ijtimoiy institutlar tomonidan asoratga solingan deb ta’kidlaydi. U «industrial jamiyat»ni qo‘llab-quvvatlab, bunday jamiyatda hamma o‘zini bir xil his qiladi va bu jamiyatga hech qanday oppozit- siyaning keragi yo‘q deb hisoblaydi. Uning fikricha, agar ijtimoiy tizim xalqning ehtiyojlarini qondira olmaydigan bo‘lsa, unda jamiyatda inqilob (revolutsiya) qilish kerak. Bu inqilobni faqat o‘z sinfidan mutlaqo aloqasi uzilgan kishilar, talaba va ziyolilar amalga oshirishlari mumkin.


Download 26,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish