3. Falsafaning jamiyat taraqqiyoti töğrisidagi ta'limotlar asosida tadrijiy
taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yölidan borishni ilgari surgan
ta'limotlar.
Koʼpchilik tadrijiy yoʼlni maʼqul koʼradi va biz yuqorida tilga olgan
faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdori. ll Yangi davr falsafasida
tarqalgan oqimlar- Marksizm va uning * oqibatlari ri maRksizm bulib, Uning
asoschisi nemis iqtisodchisi va faylasufi K. Marks (1818 — 1883)dir. Uning
ijtimoiy falsafasi kapitalizmda sinfiy kurashning mutlaq antogonizm darajasiga
koʼtarilishi, oxir-oqibat proletariat diktaturasining oʼrnatilishi va shu yoʼl bilan
sinfsiz jamiyatga oʼtishni targʼib qiladigan, real hayotni aks ettirmaydigan
nazariyadir. Keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga aylangan bu taʼlimot
dastlab K. Marks va F. Engelьs yozgan “Kommunistik partiya manifesti ”da bayon
qilingan. Uning nazariy asoslari K. Marksning “Kapital F. Engelьsning “Аnti-
Dyuring”va “Tabiat dialektikasi ” asarlarida taʼriflab berilgan boʼlib, ijtimoiy
hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. Uborliq tushunchasini materiya bilan
aynanlashtirgan, ruhni butunlay inkor qilgan, materializm va ateizmni
mutlaqlashtirgan. Bu taʼlimotning K. Kautskiy, V. Plexanov boshliq moʼʼtadil
tarafdorlari keyinchalik sotsial-demokratiyaga koʼproq moyil boʼlishdi. Rossiyada
V.Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash yea proletariat diktaturasini
mutlaqlashtirish yoʼlidan bordilar. Buu oʼz navbatida, inqilobiy sakrash yoʼlini
tanlashga olib keldi va Rossiyani terror yoʼliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi
dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida gʼoyat salbiy oʼrin tutishi maʼlum boʼldi.
Gʼarbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari “neomarksizm” oqimini tashkil
etadilar. Koʼpgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy
emas, tadrijiy sakrash yoʼlidan borish ustuvor bulishi lozimligini eʼtirof eta
boshladilar. Аmmo ularning asl qarashlarini jamiyat, millat emas, sinf va ular
oʼrtasidagi kurash taraqqiyoti belgilaydi, degan usha taʼlimotga bogʼliqligicha
qolmoqda. Аlohida taʼkidlash lozimki, yaqingacha sobiq ittifoq va uning
ittifoqchilari hududida mutlaq hukmron boʼlgan mafkuraning taqdirini urganish,
uning tarixidan xolisona xulosa chiqarish, bu taʼlimotning qanday ayanchli
natijalarga olib kelganini bilib qoʼyish ham foydadan xoli emas. Bu borada lom-
mim demaslik foyda bermaydi. Zero, taʼlimotlar tarixi insonlar, ularning taqdiri,
yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul koʼp hollarda
muayyan gʼoyalar, mafkuralar taʼsirida roʼy beradi. Gohida minglab, millionlab
kishilarni maftun qilgan baʼzi gʼoyalar yoki mafkuralar oxir-oqibat ana shu
millionlarning zavoliga sabab boʼlishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan
marksizm va keyinroq u paydo boʼlgan hududda shakllangan natsional sotsializm
(fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida
esa biror taʼlimot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, albatta, muayyan “izm ”ga,
aqidaparastlikka olib keladi bu, oʼz navbatida, jaholat va qabohatga eltuvchi
yoʼldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi. XX asrga kelib jamiyat tarixiy
taraqqiyotiga oid taʼlimotlarni umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning
plyuralistik modeli, “lokal madaniyatlar” hamda “tsivilizatsiyalarning xilmaxilligi”
kontseptsiyalari shakllandi. Ularga kura, jamiyat tarixi — uziga xos
madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu maʼnoda u organik
tabiatdagi hayot shakllarining rangbarangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday
xilma-xillikning birligi boʼlsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning
uygʼunligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning oʼz oʼrni bor. Bu
gʼoyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler va q Shpengler (1880—1936)
hamda ingliz А. Toynbi tarixchisi А. Toynbi (1889—1975) taʼlimotlarida har
tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler oʼzining “Evropaning
soʼnishi” nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bulgan madaniyatlar
majmuidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni
koʼrsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab
madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar oʼziga xos diniy
asosga ega bulib, ularning har biri qatʼiy biologik maromga (ritmga) boʼysunadi.
Va quyidagi asosiy davrlarni bosib oʼtadi: tugʼilish va bolalik, yoshlik va kamolot.
qarilik va soʼnish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud,
deb koʼrsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va
ikkinchisi — uning tanazzuli (“tsivilizatsiya”). 0. Shpengler yevropotsentrizmga,
yaʼni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish gʼoyasiga qarshi chikdi. Har bir
madaniyatning oʼziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish gʼoyasini
mutlaqlashtirdi. Ular oʼrtasidagi oʼzaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam eʼtibor
qaratdi. Yana bir olim А. Toynbi esa oʼzining 12 jildlik “Tarixni oʼrganish” asarida
madaniyatlarning lokal rivojlanish gʼoyasini davom ettirdi. Birok, uning taʼlimoti
Shpengler kontseptsiyasidan oʼzining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan,
insonda oʼz hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot
zaruriyat va erkinlikning oʼzaro birligidan iborat ekanligini nazarda tutsa,
ikkinchidan. tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar (buddizm,
xristianlik, islom) ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh
omil gʼoyasi bilan boyitilgan. Toynbi gʼarb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga
qarab borayotganligini koʼrsatib, uning oldini olish yoʼlini maʼnaviy birlikda,
jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilishlarida, deb hisoblaydi. Umuman
olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion kontseptsiyasi
koʼpchilik faylasuflar tomonidan tan olinmokda. Xususan, industrial va
postindustrial jamiyat gʼoyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormokda. Unga koʼra,
jamiyat taraqqiyotiningbosh mezoni sanoatning rivojlanish darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |