Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana25.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#703870
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
Interfaol ta’lim metodlari

Ta’lim metod
lariniig tarkibiy tuzilishi
 
Ta’lim metodlaridan tegishli maqsadlarda samarali foydalanish uchun har bir metodning tarkibiy 
tuzilishi to’risida zarur tushunchalarga ega bo’lish talab qilinadi. Ta’lim metodlari ta’lim-tarbiya 
jarayonini amalga oshirishning tegishli pedagogik- psixologik va ilmiy-metodik asoslariga ega. 
Ular ko’zlangan maqsadlarga erishish yo’lidagi murakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga, 
xususiyatlarga ega bo’lgan faoliyat turidir. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarining tarkibiy 
tuzilishiga doir umumiy ma’lumotlarni qisqacha keltirib o’tamiz. 
Ta’lim metodlari turli tarkibiy tuzilishga ega bo’lib, ular usul, yo’l, bosqich, bo’lak, qism, modul, 
algoritm kabi tushunchalar bilan ifodalanadigan tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi, Ular orasida 
usullar alohida ajralib turadi. Quyida ularning qisqacha ta’riflarini keltiramiz: 


39 
Usul –
metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy kismi, metodni amalga oshirish bo’yicha 
qo’llanadigan harakatlarning turlarini belgilaydi. 
Yo’l – 
metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarni bajarish shaklini belgilaydi. 
Bosqich – 
metodni amalga oshirish jarayonining mazmun va vaqt bo’yicha muayyan darajadagi 
ketma-ketligini bildiradi. 
Bo’lak –
metodning tarkibini istalgan turli kattalikda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi. 
Qism –
metodning tarkibini muayyan mantiqiy asosda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi. 
Modul – 
metodni hosil qiluvchi eng kichik tarkibiy bo’laklarini bildiradi. 
Algoritm –
metodning tarkibiy tuzilishidagi muayyan tartibda takrorlanuvchi modullari yiindisini 
hamda metodni amalga oshirish jarayonidagi harakatlarning muayyan tartibda takrorlanib turuvchi 
majmuasini bildiradi. 
Ta’lim metodlarida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, 
shakllari o’z aksini topadi. 
Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga uzviy boliq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni 
o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga 
tegishlicha ta’sir ko’rsatadi. 
Har bir ta’lim metodining tarkibiy tuzilishida shu metodning o’ziga xos bo’lgan ob’ektiv va 
sub’ektiv jihatlar ajralib turadi. 
Metodlarning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik koidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar 
va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining 
shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi. 
Metodlarning sub’ektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va mavjud 
sharoitga boliq bo’ladi. 
Ta’lim metodlari ko’p parametrlarga ega va ko’p o’lchovli bo’lib, ularning bu xususiyatlari ta’lim-
tarbiyaviy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish shakllarining turli-tumanligi bilan 
boliq. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarini tasniflashda ham har turli yondashuvlar mavjud. 
Buning natijasida ta’lim metodlarining ko’plab tasniflari kelib chiqqan. Quyida ularni qisqacha 
ko’rib chiqamiz. 
Ta’lim metodlari tasnifi – bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Ma’lumki, 
didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi. Bunga ko’ra ta’lim metodlari 
tizimi Usish, o’zgarishda, harakatda bo’lib, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha 
o’zgarishlarni xnsobga olgan holda rivojlanb borishi hisobga olinadi. Shunga muvofiq ularni 
tasniflashda ham ushbu ro’y berayotgan o’zgarishlar tegishlicha aks etib boradi. 
Ta’lim metodlarini tasniflashda ularning an’anaviyligi, didaktik maqsadi, bilish faoliyati harakteri, 
o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari. O’quv- bilish faoliyatini 
motivastiyalash va stimullash xususiyatlari, o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat 
qilish va o’z-o’zini nazorat qilish xususiyatlari kabi belgilariga asoslaniladi. 


40 
Ta’lim metodlarini tasniflash shakllariga doir ayrim misollarni ko’rib chiqamiz. 
1.
An’anaviy ta’lim metodlari tasnifi. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar 
tashkil etadi. 
Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko’rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash 
va video metodlar. 
2.
Didaktik maqsadi bo’yicha tasn
ifi. 

ilk bor bilimlarni o’zlashtirish metodlari;

egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 
3.
Ta’limning umumiy maqsadiga ko’ra metodlar tasnifi:

bilimlarni egallash; 

malaka va ko’nikmalarpi shakllantirish;

bilimlarni 
qo’llash;

ijodiy faoliyat; 

mustahkamlash metodlari; 

bilim, malaka va ko’nikmalarpi tekshirish metodlari.
4.
Idrok etish 

bilish faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar tasnifi:

tushuntirish 

illyustrativ (axborot 

resteptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari
: bilimlar “tayyor 
holda” tavsiya etiladi; bunda bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (restepsiya) 
qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; 

reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki 
tushuntiriladi; bilimlar ongli o’zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi 
hamda bilimlarning mustahkamligi tez-
tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.

muammoli bayon qilish metodi; 

qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda 
egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo’yicha mustaqil fikr 
yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; 

tadstistiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilimlar 
egallanadi. 
5.
Ta’lim metodlarining binar (qo’sh) va polinar (ko’pqirrali) tasnifi.
Binar tizim dars berish metodi va o’rganish metodi majmuidan iborat. Uni quyidagi jadval 
ko’rinishida yaqqol ifodalash mumkin (1 -jadval). 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish