Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda O‘zbekiston respublikasining qonuni ta’lim to‘G‘risida


-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish



Download 151,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/59
Sana31.12.2021
Hajmi151,01 Kb.
#268472
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
O‘RQ-637-сон 23.09.2020 Ta'lim to‘g‘risidagi qonun

30-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish

Davlat  oliy  ta’lim,  o‘rta  maxsus,  professional  ta’lim  muassasalari  va  ularning  filiallari,

shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning

filiallari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.

Iqtisodiyotning  va  ijtimoiy  sohaning  oliy  ma’lumotli  malakali  kadrlarga  bo‘lgan

ehtiyojlarini,  shuningdek  aholining  oliy  ta’lim  olishga  bo‘lgan  ehtiyojini  qanoatlantirish

maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari (markazlari, ta’lim

kampuslari) va boshqa bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.

Xorijiy  oliy  ta’lim  tashkilotlarining  bo‘linmalari  O‘zbekiston  Respublikasida  yuridik

shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.

Xorijiy  oliy  ta’lim  tashkilotlarining,  shuningdek  xalqaro  tashkilotlarning  ta’lim

muassasalari filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari faoliyatini tashkil

etish  masalalari  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga  muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi

mumkin.


Kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  bo‘yicha  davlat  ta’lim

muassasalari:

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  institutlar  va  markazlar

shaklida;




tegishli  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  hamda  idoralar  tomonidan  O‘zbekiston

Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  oliy  ta’lim

muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi.

Davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:

respublika  bo‘ysunuvida  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralari  tomonidan

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari

bilan kelishgan holda;

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  bo‘ysunuvida  tegishincha

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari

tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda;

tumanlar  va  shaharlar  bo‘ysunuvida  tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari  tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.

Nodavlat  ta’lim  muassasalarini  tashkil  etish  ularning  ta’sischilari  tomonidan  amalga

oshiriladi.

Ta’lim  tashkilotlarini  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  qonun  hujjatlarida  belgilangan

tartibda amalga oshiriladi.

Ta’lim  tashkilotlarini  tashkil  etish,  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  to‘g‘risidagi

ma’lumotlar  davlat  statistika  organlariga,  Ta’lim  inspeksiyasiga  hamda  O‘zbekiston

Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligining  hududiy  organlariga  taqdim

etiladi.



Download 151,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish