12.1. Far manager dasturida yangi fayl yaratish Fayl papkada yangi fayl yaratish uchun Shift+F4 klavishlarini bosish kerak. So’ng yangi faylga nom kiritish oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada faylga nom va kengaytma kiritilgandan so’ng, Enter klavishi bosiladi. Fayllar bilan ishlaganda klavishalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
F2 – faylni kompyuter xotirasiga tez saqlab qolish.
Shift+F2 – faylni boshqa nom bilan saqlash.
F6 – faylni ko’rish yoki tahrirlash rejimiga o’tish.
F7 – matn ichidagi so’zni izlash.
Shift+F7 – izlashni davom ettirish.
Ctrl+F7 – so’zni izlash va boshqa so’zga o’zgartirish.
F8 – Windows yoki Dos kodiga o’tkazish.
Alt+F8 – boshqa satrga tez o’tish.
F10 yoki ESC – fayldan chiqish.
Eslatma: Agar faylni saqlamasdan F10 yoki ESC klavishi bosilganda kompyuter quyidagi xabarni chiqaradi (12.6.-rasm):
12.6.-rasm. Fayl bilan ishlashni tugash jarayoni so’rovlari Bu oynada yunalish klavishlardan foydalanib kerakli buyruqni tanlab Enter klavishasi bosiladi.
Shift+F10 – faylni saqlab chiqish.
Shift+←↑→↓ – so’zni blokka olish.
Ctrl+A – barcha so’zlarni blokka olish.
Shift+Delete – blokni o’chirish.
Ctrl+C yoki Ctrl+Insert – blokdan almashuv buferiga nusxa olish.
Ctrl+V yoki Shift+Insert – kursor turgan joyga almashuv buferidan qo’yish.
Ctrl+Y – kursor pozistiyasidan satrni o’chirish.
Ctrl+T – o’ng tomondan so’zni o’chirish.
Fayllarni to’plamga kiritish Biror faylni tanlash (ya’ni to’plamga kiritish uchun) shu faylni ajratib, kursorni uning ustiga keltirib va Insert klavishini bosish kerak. Agar Insert tugmasi takroran bosilsa, tanlash bekor qilinadi.
Biror umumiy belgisiga ko’ra fayllar to’plamini tanlash uchun klaviaturaning o’ng qismidagi [+] klavishi bosiladi va shu umumiy belgi kiritiladi, so’ngra Enter klavishi bosiladi.
Umumiy belgisiga ko’ra fayllarni tanlashni bekor qilish uchun klaviaturaning ung qismidagi [-] klavishi bosiladi va umumiy belgi kiritiladi, so’ngra [Enter] tugmasi bosiladi. Tanlangan fayl (fayl to’plami) ekranda sariq rangda ko’rinadi. Qora-oq displeyda esa ravshanroq bo’lib ko’rinadi. Ekranning quyi qismida esa tanlangan fayllar soni va ularning xotirada egallagan hajmi haqidagi axborot chiqadi. To’plamga kiritish umumiy belgilar:
*.* – barcha fayllarni to’plamga kiritish.
*.faylning kengaytma nomi – faylning kengaytma nomiga qarab fayllar to’plamga kiritiladi (masalan *.DOC).
??o*.* – uchinsi [o] harf bilan boshlangan barcha kengaytmali fayllarni to’plamga kiritish. U xolda katalogdagi barcha fayllar to’plamga kiritiladi. Tanlangan fayllar to’plami ustida maxsus tugmalardan foydalanib, quyidagi amallarni bajarish mumkin:
[F5] - nusxasini boshqa katalogga ko’chirish;
[F6] - boshqa katalogga ko’chirish yoki qayta nomlash;
[F8] – o’chirish.